2015 yilning 18 dekabr kuni Guliston shahrida Ucell Kompaniyasining ijtimoiy tashabbuslari qatoridan joy olgan “Ucell Quvonch Makoni” loyihasi doirasida 8-chi
bolalar maydonchasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu loyiha 2015 yilning iyirik tashabbuslaridan biri bo’lib, uning doirasida respublikaning har bir viloyatida o’yingohlar qurilishi rejalashtirilgan. Jami 7 ta maydoncha - Farg’ona, Qarshi, Urganch, Nukus, Buxoro, Jizzax, Samarqand viloyatlarida qurib bitkazildi va mahalliy aholining sevimli maskaniga aylanib, ulgurdi. O’yingohlarning qurilishida zamonaviy texnologiyalardan foydalanildi. Eng asosiysi, bolalar havfsizligi hisobga olingan.
Komila Karimova, 4 yosh: «Maydoncha menga juda yoqdi. U juda ham ajoyib. Bunaqasini faqat multfilmlarda ko’rganman. Endi esa shuday maydoncha mening mahallamda. Bu juda yaxshi. Raxmat».
Maydonchalarning qurilishi har bir viloyatda o’ziga xos tarzda o’tmoqda. Bu albatta respublikaning har bir viloyatida mavjud bolgan qadriyatlarga nisbatan o’zgacha diqqat va e’tibordan darak.
Nurota Hakimov, mahalla oqsoqoli: «Ucell Kompaniyasining ushbu loyihasi hurmat va ishonchga loyiq. Ochilish marosimi ko’ngli to’lgan ota-onalar va bolalar uchun haqiqiy bayramga ulandi. Ucell Kompaniyasiga Guliston bolalari uchun haqiqiy Yangi Yil sovg’asi uchun minnatdorchilik bildiramiz».
Quvnoq boshlovchilar bolalar bilan raqsga tushib, sovg’alar ulashdilar. Tantanali ochilish marosimida ijodkor bolalar o’z chiqishlari bilan yig’ilganlarni hushnud etdilar.
Nazira Zokirova, mahalla fuqarosi: «Maydoncha juda shinam va qulay ekan. Bog’cha va maktabdan so’ng bolalar bilan aylanish uchun maxsus maskan qurilgani juda ma’qul bo’ldi. Bolalarimiz shod, bizga bundan ortiq nima kerak?!».
Aytib o’tish joizki, ushbu loyiha bolalarning sog’lom va ma’nan yetuk inson bo’lib yetishishida hamda oilalarning o’z vaqtlarini havfsiz va qiziqarli qilib o’tkazishlariga qaratilgan. Rejaga ko’ra O’zbekiston bo’ylab zich joylashgan mahallalarda 12 ta maydoncha qurilishi ko'zda tutilgan. Kompaniya loyihani amalga oshirishda o’z yordamini ayamay kelayotgan Informatsion Texnologiyalar va Aloqalarni rivojlantirish Vazirligi, viloyat va shahar hokimliklari, Infranet Asia kompaniyasiga hamda ushbu loyihada ishtirok etgan joylardagi istiqomat qiluvchi mahallalarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Sessiya vaqti tugadi. Sahifani yangilang va qayta to’ldiring
Ichki hato ro’y berdi. Keyinroq xabar qoldirishga urinib ko’ring. Rahmat!
Xabar uzunligi - 512 simvol.