Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell Kompaniyasi dunyoning eng zo’r arbitrini taqdirladi!
15YAN2016

Ucell Kompaniyasi dunyoning eng zo’r arbitrini taqdirladi!

2016 yilning 15 yanvar kuni Ucell Kompaniyasi dunyoning eng zo’r arbitri – ishonchli hamkori, do’sti va abonenti Ravshan Irmatovni taqdirlash marosimini tashkil etdi. Ravshan Irmatov Globe Soccer Awards 2015 mukofotini qo’lga kiritdi. Ushbu mukofot Evropa Klublar Uyushmasi tomonidan tashkil etilgan. Mukofot nafaqat o’zbek futboli, balki O’zbekiston uchun ham katta yutuq, xalq uchun g’urur va iftixor timsoliga aylandi. Uchrashuv barcha ishtirokchilarga iliq kayfiyat ulashdi. Axir Ravshan Ucell Kompaniyasi uchun nafaqat abonent balki oila a’zosi hamdir. Tadbirda kompaniya departamentlarining rahbarlari va hodimlaridan tashkil topgan futbol jamoasi ishtirok etdi.

Hakamni Ucell Kompaniyasi bilan 5 yillik do’stona munosabatlar bog’lab turupti. Arbitr kompaniya xizmatlaridan foydalanibgina qolmay, doimiy hamkorlik ham qilib kelmoqda. Ravshan Irmatov kompaniyaning bir necha reklamalarida suratga tushgan va rasman Ucellning yuzi hisoblanadi. Uchrashuv doirasida Irmatovga uning shaxsiy hayoti, g’alaba va mukofotlari haqida savollar berildi. 

G’oliblar eng yaxshisiga munosib! Ushbu shiorga amal qilgan holda, kompaniya arbitrga Wi-Fi router va modemni o’z ichiga olgan 4G to’plamini taqdim etdi. Kompaniya Direktori Tonu Grunberg hakamga sovg’alarni topshirar ekan, uchrashuv ishtirokchilariga mustahkam sog’liq va yangi zafarlar tiladi. Kompaniya uchun millionlar timsoli 4G yetakchi texnologiyasidan foydalanishi, quvonarli hol albatta. Ucell Kompaniyasi 2014 yilning 1 dekabr kuni o’z abonentlari uchun 4G/LTE ni taqdim etdi. Ucell bugungi kunda Toshkent shahrida eng keng qamrovli 4G tarmog’iga ega. Zamon bilan birga qadam tashlovchi kompaniya, samarqandlik abonentlar uchun ham 4G xizmatini taqdim etdi. Bugungi kunda kompaniyaning 8.5 dan ortiq abonentlari, istalgan vaqtda o’z yaqinlariga qo’ng’iroq qilib, yaxshi xabarlar ulashishlari mumkin.

Ravshan Irmatovni futbol olamining eng istiqbolli hakami deb atashmoqda. 2014 yil u Jahon Chempionatidagi 9 ta o’yinda hakamlik qilib, o’z rekordini o’rnatgan. Ta’kidlab o’tishimiz joizki, Globe Soccer Awards 2015 taqdirlash marosimi 2015 yilning 27 dekabr kuni Dubayda bo’lib o’tdi. Mukofot egalarini futbolchi va trenerlardan tashkil topgan hay’at a’zolari aniqlab berishgan.

Ucell Kompaniyasi O’zbekistonda sport turlarining rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi. So’zlarimizga
O'zbekiston milliy Paralimpiya uyushmasi, O'zbekiston boks federatsiyasi bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik isbot bo’la oladi. Kompaniya boks, yengil atletika, suzish va boshqa sport turlari bo’yicha o’zkaziladigan milliy va halqaro musobaqalarni qo’llab-quvvatlaydi. Ucell shuningdek, o’z hodimlari o’rtasida sport musobaqalarini ham o’tkazadi. 2008 yilda millionlar o’yiniga qiziquvchi hodimlar o’rtasida Ucell futbol jamoasi tashkil etilgan. Jamoaning eng muhim uchrashuvi bu – O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan doimiy ravishda o’zkazilib kelinayotgan turnir hisoblanadi. 2014 yilda Ucell jamoasi ushbu turnir doirasida 1-chi ligaga chiqib, faxrli 2-chi o’rinni egallagan. 2015 yil esa Ucell jamoasi 1-chi ligada 3-chi o’rinni egallab, respublika bosqichiga yo’l olgan. Ucell jamoasining orttirgan tajribasi navbatdagi uchrashivlarda o’ziga bo’lgan ishonchni oshirishda va yutuqli o’rinlarga erishishda kuch bo’lishiga ishonchimiz komil!   

 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.