Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Mehnatni muhofaza qilish nazariyasi va amaliyoti
14OKT2019

Mehnatni muhofaza qilish nazariyasi va amaliyoti



“Ucell-Urganch” va “Ucell-Nukus” mintaqaviy bo’limlarida mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’quv mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. Oktabr oyining 9 va 10 kunlari (“Ucell” savdo belgisi ostida) “COSCOM” MChJ mutaxassislari va rahbarlari “Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi” va “Shifokordan oldingi birinchi yordam ko’nikmalari” bo’yicha bilimlarini yangiladilar.

O’tkazilgan o’quv mashg’ulotlarning natijalariga ko’ra, Kompaniyaning 28 nafar xodimi baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarini mustahkamladilar. Kompaniya xodimlarini o’qitish uchun Mehnat muhofazasi bo’limi boshlig’i Murod Sagatov va Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha yetakchi muhandis Shavkat Radjabaliyev hududlarga tashrif buyurishdi.

Kompaniyaning har bir xodimi xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil etish bo’yicha bilimlarga ega bo’lishi kerak. Aynan shu sabab, o’quv mashg’uloti bo’lim rahbarlari hamda oddiy mutaxassislar uchun ham tashkil etildi. O’quv mashg’uloti nafaqat baxtsiz hodisalar bilan bog’liq bo’lgan xavflarni oldini olish maqsadida, balkim kutilmagan vaziyatlarda tezkorlik bilan harakat qilish ko’nikmalarini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan. Shuning uchun Nukus va Urganchda xavf-xatarlarni kamaytirish bo’yicha nazariy tavsiyalar bilan cheklanmadilar. Barcha olingan ma’lumotlar amaliy mashg’ulotlar yordamida mustahkamlandi.

Birinchi yordam ko’rsatish ko’nikmalariga o’rgatish jarayonida har bir ishtirokchiga tibbiy manekendan foydalangan holda birinchi yordam ko’rsatish usullari o’rgatildi.

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha yetakchi muhandis Shavkat Radjabaliyev ta’kidlashicha,
- Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yangi mafkuraning muhim jihati bu allaqachon sodir bo’lgan baxtsiz hodisalarda harakat qilish jarayonidan ular haqida ogohlantirishga o’tish, Kompaniya xodimlarining sog’ligini saqlashga yo’naltirilgan bartaraf etish choralarini joriy etish demakdir. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha ko’rsatmalar va o’quv mashg’ulotlarni tashkillashtirish va o’tkazish ushbu choralardan biridir.


Tez kunlarda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi va birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha o’quv mashg’ulotlari Kompaniyaning boshqa mintaqaviy ofislarida ham bo’lib o’tadi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.