“COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) vakillarining abonentlar bilan uchrashuvi Kompaniya uchun allqachon yaxshi an’anaga aylanib bo’lgan. Yangi yil ta’tilidan so’ng, 3 yanvar kuni, “Ucell- Andijon” mintaqaviy bo’lim direktori Baxtiyorjon Turdiyev Buloqboshi tumani Balandchek shaharchasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tumandagi mobil aloqa sifati muhokama qilindi.
Diyonat ko’chasida yashovchi Fayzullo Ibadullaev Kompaniyaga Internet tezligini va tumanidagi mobil aloqa sifatini yaxshilash borasida yaqinda Kompaniyaga murojaat etgan edi. Ucell mutaxassislari bilan birgalikda Baxtiyorjon Trudiyev abonentlar qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Murojaat etuvchiga 2020 yilda yangi 4G tayanch stantsiyalari sezilarli darajada oshishi haqida ma’lum qilindi. Kompaniya muhandislari mamlakat bo’ylab aholi murojaatlarini inobatga olgan holda, ularni o’rnatish bo’yicha rejalarni qaytadan ko’rib chiqishdi. Tayanch stantsiyalar sonini ko’paytirish qarori qabul qilindi, bu bir necha karra ko’paytirishni anglatadi. Bundan tashqari, allaqachon o’rnatilgan qurilamalar o’tkazish quvvati yanada oshadi. Ularni zamonaviylashtirish bo’yicha reja mavjud, shu jumladan, uzoq joylashgan hududlar ham inobatga olingan.
Fayzullo Ibadullaev, “Balandchek” shaharcha aholisi nomidan Kompaniya vakillariga uning murojaatiga vaqtida javob berganlari hamda yuzma-yuz uchrashuvda ochiq munosabat uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Andijon viloyatida Ucellning 700 mingdan ko’proq faol abonentlari istiqomat qiladi. Ularning qulayligi uchun 252 ta dilerlik shahobchalar ochilgan, ulardan 25 tasi MONO ofislardir. Mintaqaviy ofisda 25 ta xodim o’z faoliyatini yuritadi.