COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) barcha: abonentlar, hamkorlar, aktsiyadorlar, davlat va tijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ochiq muloqot tarzida faoliyat olib boradi.
O'zbekistondagi №1 uyali aloqa operatori faoliyati bilan bog'liq eng sara ma′lumot bilan "Kompaniya yangiliklari" bo'limida tanishib chiqishingiz mumkin.
Yangiliklarni birinchilar qatorida kuzatib boring.
Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi
IT Parkning mingta rezident kompaniyalari
IT Park rezident kompaniyalari soni bugungi kunga qadar 996 taga yetib, yil boshidan buyon 190% oʻsish koʻrsatkichiga ega boʻldi! Shu bilan birga, 736 ta kompaniya Toshkentda, 260 tasi esa viloyatlarda joylashgan.
Jizzax viloyatida Sayyor qabul
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston GovTech yetuklik indeksida o‘z o‘rnini yaxshiladi
2022-yil 16-noyabrda Jahon banki guruhi tomonidan “GovTech Maturity Index 2022” hisoboti e’lon qilindi, unga ko‘ra, O‘zbekiston 198 davlat orasida 43-o‘rinni egalladi (2020-yilga nisbatan +37 pog‘ona yuqori)va davlatni raqamli transformatsiyalash hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi yetakchi davlatlar “A” guruhiga kiritildi. Mazkur guruhga 69 ta davlat kiritilgan bo‘lib, yetakchi pog‘onalarni Koreya Respublikasi, Braziliya va Saudiya Arabistoni egallagan.
18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Bugun O‘zbekistonda Davlat bayrog‘i kuni nishonlanadi. O‘zbekiston davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda sobiq Sovet bayrog‘ini yangisiga almashtirgan birinchi mustaqil davlat bo‘ldi
Uсell Samarkand Marathon 2022’da
Kecha 6-noyabr kuni Kompaniyaning 35 nafar xodimi har yili o‘tkaziladigan xayriya yugurish marafoni - Samarkand Marathonda qatnashdi. Tadbir 40ta davlatdan 3300dan oshiq ishtirokchini birlashtirdi. Musobaqalar quyidagi masofalar bo‘yicha o‘tkazildi: marafon (42,195 km), yarimmarafon (21,0975 km), 10 km.ga yugurish, 2 km.ga yugurish va 5 km.lik skandinavcha yurish.
“Sayyor qabul” Jizzax viloyatida
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida Jizzax viloyati axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasining navbatdagi “Sayyor qabul”i bo'lib o'tdi
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!