COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) barcha: abonentlar, hamkorlar, aktsiyadorlar, davlat va tijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ochiq muloqot tarzida faoliyat olib boradi.
O'zbekistondagi №1 uyali aloqa operatori faoliyati bilan bog'liq eng sara ma′lumot bilan "Kompaniya yangiliklari" bo'limida tanishib chiqishingiz mumkin.
Yangiliklarni birinchilar qatorida kuzatib boring.
Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi
Ucell. Joylarda abonentlar muammolari tezkorlik bilan yechim topmoqda
Bugungi kunda (“Ucell” savdo belgisi ostida) “COSCOM” MChJ 7, 5 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Kompaniya tomonidan har bir taklif etilib kelinayotgan yangi mahsulot yoki qo’shimcha xizmat bu Kompaniyadagi barcha bo’linmalarning bahamjihatlik bilan amalga oshirgan ishining natijasidir. Har kuni Kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislarini o’z ichiga olgan jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimiz turli burchaklarida joriy etish maqsadida faoliyat olib boradilar. Bunga iste’molchilarning murojaatlari bilan bog’liq doimiy ravishda joylarga tashrif buyurishlar ham o’z xissasini qo’shib kelmoqda.
Surxondaryo. "Bog'cha" qishloq fuqarolar yig'inida uchrashuv
Ucell bosh ofisga mamlakatning turli mintaqalaridan qo'ng'iroq va murojatlar kelib tushishni davom etmoqda. Har kuni Kompaniya mutaxassislari jamoasi barcha muammolarni tezda hal qilish uchun ma'lumotlarni o`rganib, ularni mintaqaviy bo'linmalarga yuboradilar. Shu kunlarda Surxondaryo viloyatidan aloqala sifatini yaxshilash iltimosi bilan xat kelib tushdi. Ucell-Termiz xodimlari o'z abonentlari bilan uchrashdilar.
Qashqadaryoning Nishon tumanidagi uchrashuvlar
"Har yerda mavjud va hamma uchun foydali" tamoyiliga amal qilgan holda, COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) har bir abonentning xohish va istaklarini inobatga olishga harakat qilmoqda. Oktyabr oyi abonentlar bilan uchrashuvlarga boy bo'ldi. Shu kabi ikkita uchrashuv Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida bo'lib o'tdi.
"Baxtli yil" viktorinasi sentyabr oyi g'oliblari sovg'alarini olishdi
Ucell va kontent-hamkori Smile Mobile tomonidan tashkillashtirilgan "Baxtli yil" viktorinasining sentabr oyi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Yigirma beshta abonentga pul mukofotlari topshirildi. Beshta omadli abonent Nexia Ravon 3-da yo'lga tushdilar.
Kompaniya xodimlari o'rtasida tennis musobaqasi
Sir emaski, sport mashg'ulotlari hayotga zavq bag'ishlaydi, immunitetni mustahkamlaydi, raqobat ruhini uyg'otadi va ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, u miyadagi metabolik jarayonni yaxshilaydi va uning faol ishlashiga hissa qo'shadi. Xodimlarga g'amxo'rlik bilan, "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) tez-tez sport tadbirlarini o'tkazib turadi. Kecha, M. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti zalida xodimlar o'rtasida stol tennisi musobaqalarining final bosqichi bo'lib o'tdi, g'oliblar aniqlandi.
Samarqand viloyatining Ishtixon va Qo'shrabot tumanlaridagi uchrashuvlar
Samarqand viloyatining ko'plab aholisi Ucell uyali aloqa operatoriga dunyo bilan bog'lanish masalasini ishonadi va faol foydalanuvchilar qatorida xizmatlar sifatini yaxshilashga hissa qo'shadilar. Shu kunlarda viloyatning Ishtixon va Qo'shrabot tumanlarida yana ikkita uchrashuv bo'lib o'tdi. Kompaniyada yaqinda o’rnatilgan tartibga ko’ra, "Ucell-Samarqand" mintaqaviy bo'lim direktori vazifasini bajaruvchi Kamol Muhamadiyev boshchiligidagi mutaxassislar guruhi uchrashuvga jo'nab ketishdi.
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!