Kompaniya yangiliklari
2015 yilda global harakatlar vaqti kirib kelyapti! Ucell – dunyoni yaxshilik sari o’zgartirish uchun sabab bo’ladigan Global Maqsadlarni (The Global Goals for Sustainable Development) qarshi oladi!
15SEN2015

2015 yilda global harakatlar vaqti kirib kelyapti! Ucell – dunyoni yaxshilik sari o’zgartirish uchun sabab bo’ladigan Global Maqsadlarni (The Global Goals for Sustainable Development) qarshi oladi!

2015 yilda dunyo rahnamolari va dunyo millatlarida qashshoqlikni yo’q qilish, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlarga erishish, atrof-muhit muhofazasini mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish, sayyoramizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo’lida o’z kuchlarni birlashtirishdek noyob imkoniyat tug’iladi. 2015 yilda global harakatlar vaqti kirib kelyapti! Bu haqda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun BMT Bosh Assambleyasida o’tkazilgan brifing doirasida e’lon qildi. Brifing doirasida u, 2015 yil davomida olib boriluvchi birinchilar qatoridan joy olgan faoliyatlar haqida so’z yuritdi. Butun dunyo bo’ylab joylashgan turli hil mamlakatlardagi kompaniyalar va mashhur shaxslar global voqelikga o’z munosabatlarini bildirgan holda, dunyoni yaxshilik sari o’zgartirish uchun sabab bo’ladigan Global Maqsadlarni qo’llab-quvvatlashmoqda. Ucell TeliaSonera guruhi tarkibiga kiruvchi kompaniyalar bilan bir qatorda, global maqsadlarga erishish jarayoniga qo’shiladi, o’z navbatida esa bu maqsadlar dunyoni yaxshilik sari o’zgartirishga olib kelib, yurtimizdagi jamiyat barqarorligi uchun o’z hissasini qo’shadi.

Boshqa dunyo operatorlari bilan bir qatorda Ucell katta mobil harakatda ishtirok etadi: dunyoning 26 ta telekommunikatsion guruhlari Global Maqsadlar haqida – 4.8 milliard mijozlar va 1.5 million hodimlar 125 ta mahalliy aloqa operatorlari orqali dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari e’lon qilishadi.*   
 
Ucell Kompaniyasi O’zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan, yo’naltirilgan ijtimoiy konsepsiyasini qo’llab-quvvatlagan holda, dunyoni yaxshilik sari o’zgartirish uchun turtki bo’ladigan Global Maqsadlarni qarshi oladi. Ucell O’zbekiston ijtimoiy hayotining muhim qismi hisoblanibgina qolmay, insonlar hayotini aniq misollar yordamida yaxshilik sari o’zgartirishga o’z hissasini qo’shib kelmoqda va:

- Aloqa infratuzilmasini rivojlantirib, mamlakatimizning barcha nuqtalarida istiqomat qilib kelayotgan 9 mln.ga yaqin aholini mobil aloqa bilan ta’minlab kelmoqda.
- Yoshi va daromadidan qat’iy nazar, har bir insonni hamyonbop internet bilan ta’minlab, dunyo bilimlariga eshik ochmoqda.
- Insonlarning turli hil hayotiy vaziyatlarida o’z hamkorliklari doirasida ularga ko’mak ko’rsatib kelmoqda. 
- Ota-onalarga ularning farzandlari dars tugagandan so’ng xavotir olmaslikka, qariyalarga esa o’z vaqtida nafaqalarini olishga, uzoq viloyatlarda istiqomat qiluvchi talabalarga mablag’ va vaqtni tejashlari uchun imtihon javoblarini masofadan turib qabul qilish, chet-elda xizmat qilayotgan fuqarolarga yaqin insonlarining mobil hisoblarni masofadan to’ldirish imkoniyatini taqdim etib kelmoqda.

Ucell Kompaniyasi maxsus “All-In” (Barcha uchun kommunikatsiya) deb nom olgan strategiyasini ishlab chiqdi. Unga ko’ra insonlar hayotini qulay, oson va yaxshilik sari o’zgatiradigan xizmatlar joriy etilib, qo’llanilishi nazarda tutilgan.

Kundalik maqsad va g’oyalardan tashqari, Ucell o’z aloqa tarmog’ini kengaytirish uchun investitsiyalar kiritmoqda. Bundan tashqari Kompaniyaning yillik ijtomiy dasturiga - ta’lim, madaniyat, sport, bolalar rivojlanishi kabi yo’nalishlarni qo’llab-quvvatlash nazarda tutilgan. Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va front orti fidoiylari uchun joriy etilgan “Minnatdormiz” aksiyasi, TATU talabalarining amaliy mashg’ulotlari uchun mo’ljallangan 2G/3G/4G laboratoriyalari, Qoraqalpog’iston Respublikasining yosh va iqtidorli talabalarini internet yordamida qo’llab-quvvatlash, yurtimizning barcha viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan „Ucell Quvonch Makoni” deb nom olgan bolalar maydonchalari kabi loyihalar – millionlab yurtdoshlarimiz yuraklaridan joy olishga ulgurdi. 

2015 yilning 25 sentyabr kuni dunyoning 193 mamlakatidagi rahnamolar tarixiy voqelikda ishtirok etadilar. Mamlakatlar 17 ta global maqsadlarni bajarishga kelishib oladilar. http://www.globalgoals.org/ru/

*Barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan Global Maqsadlarni ilgari suruvchi aloqa operatorlari ro’yxatiga quyidagilar kiradi: TeliaSonera, Vodafone, Virgin, Telefonica, Bharti Airtel, Reliance Communications, Telstra, Ooredoo, Telenor, KT, NTT Docomo, TIM, Turkcell, KPN, EE, Vimpelcom, Safaricom, Zain Group, SK Telecom, Singtel, Optus, Tata, Tesco Mobile, GiffGaff, The Peoples Operator, Ericsson bilan barobar Rogers.
http://globalgoals.teliasonera.com/

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.