Abonentlarga
Yangiliklar
2014
09
30
An’anaviy ICTExpo-2014 Milliy Axborot Texnologiyalari ko‘rgazmasi natijalari

An’anaviy ICTExpo-2014 Milliy Axborot Texnologiyalari ko‘rgazmasi natijalari

2014 yilning 24-26 sentyabr kunlari bir paytning o‘zida uchta shaharda – Toshkent, Urganch va Gulistonda an’anaviy ICTExpo-2014 Milliy Axborot Texnologiyalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 26-sentyabr kuni esa Infocom-2014 haftaligi doirasida ko‘rgazmaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ko‘rgazma ishtirokchilari bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirlanib, ularga sovg‘alar topshirildi. Besh yil davomida har yil Ucell Kompaniyasi "Eng ko‘p tashrif buyurilgan stend" nominatsiyasiga loyiq deb topilib, bu yil ushbu mukofot 3 ta shahar – Toshkent, Urganch, Guliston bo‘yicha yana Ucell Kompaniyasiga taqdim etildi. Ushbu mukofot millionlab abonentlarning Ucellga bo‘lgan ishonchidan darak!

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar xotirasida Ucell stendi uzoq muddatga muhrlandi. O‘zbekistonda ilk bora Sphero 2 o‘yini hamda virtual reallikni taqdim etuvchi Oculus Rift ko‘zoynaklari ko‘rgazma doirasida sinovdan o‘tkazildi. Sphero 2 – bu kichik koptok bo‘lib, uni iOS va Android qurilmalar bilan Bluetooth-ulanish orqali boshqarish mumkin. Koptok ichiga LED-yoritgichlar, giroskop, kompas va akselerometr mustahkam o‘rnatilgan. Sphero 2 yordamida sharlar poygasi uyushtirilib, kimning shari birinchi bo‘lib marraga yetib kelgan bo‘lsa, g‘olib Ucellning esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldi. 3 ta shahar bo‘yicha natijalarni birlashtirgan holda shuni mamnuniyat bilan tilga olamizki, umumiy hisobda 15 Skate Aqua smartfon, 82 modem va 102 ta fleshka o‘z egasini topdi.

Ucell stendida, tashrif buyuruvchilar Oculus Rift ko‘zoynaklari yordamida nafaqat virtual reallik, balki takrorlanmas hissiyotlarni baxsh etgan o‘yin ishtirokchisiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar

Sphero 2 va Oculus Rift kabi innovatsion namoyishlardan so‘ng, Ucell stendi oldida tanlovlar - diqqat markazdan joy oldi. Kompaniyamizga mehri baland muxlislar barcha savollarga to‘gri javob berishdi. Ucell faoliyati, tarif, xizmat, aksiyalar haqida berilgan savollar viktorinasida to‘gri javob bergan omadli yoshlar "Baxting bor ekan!" aksiyasida hammaga tanish barabandan o‘z sovg‘alarini olishga erishdilar.

Sehrgar Dmitriy Polyakov tadbirga biroz sehr berdi, Sergey Zlotnikov raqs jamoasi tomonidan ijro etilgan "Ragga Djem" raqsi yig‘ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Ko’rgazmaning eng baland nuqtasidan Ucellga bo‘lgan mehr va muhabbatni suratga olgan kvadrakopter ajoyib fleshmobni taqdim etdi. Selfi uchun tayyorlangan maxsus joyda #ЯсUcell #ICTEXPO2014 heshteglari bilan 50 ga yaqin surat tanlanib, bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizdan joy oldi.

Marketing Departamenti Direktori Agshin Gadjiyev Ucellning ko‘rgazmadagi ishtirokini quyidagicha sharhladi: "Biz har yil Ucellning yangi mahsulot va texnologiyalarini ommaga taqdim etish uchun ko‘rgazmada qatnashib kelyapmiz. Shuningdek, ko‘rgazma - abonent va Kompaniya o’rtasida ko‘prik vazifasini o’tab, mijoz hohish va istaklari bilan tanishish uchun ochiq dialog muhitini yaratadi. Bu yil Ucell 3 ta shahar bo‘yicha "Eng kop tashrif buyurilgan stend" mukofotiga erishdi. Bu iste’molchining biz yuritayotgan faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortayotgani hamda bildirilgan ishonchdan darak".
Shuningdek, an’anaviy ICTExpo-2014 Milliy Axborot Texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida Ucell O‘zbekiston bozoridagi biznesni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion texnologiyalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanini tashkil etdi.

Ucell Kompaniyasi har bir abonentga bildirilgan ishonch va tanlov uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi!

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.