Agar Siz o‘zbek tilini o‘rganishga kirishish, o‘z lug‘at boyligingizni yanada kengaytirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, u holda ta’lim jarayonining o‘zi ham "Uzster" xizmati bilan Siz uchun ancha yoqimli mashg‘ulotga aylanadi. Ta’lim asosida har bir abonent raqami uchun tizim tomonidan yaratiladigan shaxsiy o‘quv rejasi yotadi. "Uzster" xizmati jamg‘armasida izohli lug‘atdagi so‘zlar tarjimasi, imlo tekshiruvi, foydalanuvchilar orasida so‘zlarni bilish bo‘yicha o‘yin "duel"lari va boshqa ko‘plab foydali funksiyalar mavjud.
Xizmatga obuna bo‘lish uchun *847# qisqa raqamiga so‘rov yuborishingiz kerak, javoban Sizga quyidagicha tasdiqlovchi xabar keladi: "Sizning arizangiz qabul qilindi, SMS kuting". Shundan keyin Sizga xizmat narxi, boshqarish buyruqlari va birinchi topshiriq ko‘rsatilgan SMS-xabar ham yuboriladi.
"Uzster" xizmati doirasida Siz:
-
o‘quv rejasiga ko‘ra har kuni o‘zbek tilidagi so‘zlarni, sinonim va antonimlarni bilishga oid savollarga javob berishingiz mumkin, buning uchun Siz shunchaki to‘g‘ri javob variantini tanlashingiz va uni bepul SMS-xabar yoki USSD-menyu orqali yuborishingiz kifoya;
-
bepul SMS-xabar yoki USSD-menyu orqali yuborish mumkin bo‘lgan to‘g‘ri javoblarni berish tezligi bo‘yicha ikki nafar foydalanuvchi orasida o‘tkaziladigan o‘yin "duel"larida ishtirok etishingiz mumkin;
-
5680 bepul raqamiga istalgan so‘zni yuborib qulay "So‘zlar musahhihi" funksiyasini ulatishingiz mumkin, shundan keyin tizim so‘zning yozilishidagi xatolarni ajratib ko‘rsatadi, so‘zning tavsifini va uni qo‘llashga oid misollarni keltiradi.
"Uzster" xizmatiga obuna bo‘lish uchun 4100 qisqa raqamiga istalgan SMS-xabar yoki *847# raqamiga USSD-so‘rov yuboring.
Xizmat narxi QQS bilan kuniga $0.12. Kundalik narxlash uchun 5680 qisqa raqamidan kiruvchi SMS-xabar qo‘llaniladi.
Obunani bekor qilish uchun
4100 qisqa raqamiga SMS-xabar (
Стоп, Stop, Stop1 yoki
1) yuboring.