Ucell O‘zbekistonda birinchi bo‘lib o‘z rasmiy saytida
tarmoq qamrovining interfaol xaritasini joriy etmoqda. Interfaol xarita kengroq funksiyalarga egaligi bilan statik xaritalardan ajralib turadi. Uning asosiy afzalliklaridan biri – masshtablashtirish, xaritaning istalgan qismidagi detallarni kattaytirib va kichraytirib ko‘rish imkonidir. Shuningdek, xarita Ucellning 2G, 3G va 4G tarmoqlari qamrov hududlarini bir vaqtning o‘zida yoki alohida-alohida ko‘rish imkoniyatini ham qo‘llab-quvvatlaydi; buning evaziga abonentlar tarmoq qamrovini mittitumanlargacha aniqlikda ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Qolaversa interfaol xarita hududlarni shaharlar nomi bo‘yicha ham qidirish funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Ucellning ushbu xizmati tobora takomillashib, yangilanib va yanada qulaylashib boradi.
Ucell abonentlari rasmiy saytda tarmoq qamrovining interfaol xaritalarini tomosha qilganlarida trafik sarflanmaydi.
Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!