Abonentlarga
Yangiliklar
2018
05
16
Rossiya operatorlarining mobil hisoblaridan Ucell mobil hisoblariga o‘tkazmalar

Rossiya operatorlarining mobil hisoblaridan Ucell mobil hisoblariga o‘tkazmalar

Endi Rossiyaning "MTS", "Megafon", "Bilayn" va "Tele2" operatorlari abonentlari Ucell abonentlarining mobil hisoblarini bitta klik yoki SMS yuborish orqali to‘ldirishlari mumkin.

Rossiyaning yuqorida ko‘rsatilgan operatorlari abonentlari, qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, kunning istalgan vaqtida o‘zlarining Rossiya raqamlari hisoblaridan 15 000 rublgacha pul o‘tkazishlari mumkin. Buning uchun "MOBI.Money" to‘lov tizimi sahifasiga kirish yoki rublda ifodalangan to‘lov miqdorini 3116 raqamiga SMS tarzida yuborish kifoya.

Qanday to‘ldiriladi?

O‘z hisobidan Ucell mobil hisobiga mablag‘ o‘tkazish uchun "MTS", "Megafon", "Bilayn" yoki "Tele2" abonenti o‘z mobil telefonidan quyidagi tarzda SMS yuborishi mumkin:
  1. 3116 qisqa raqamiga tegishli matnli SMS* yuboriladi (misol):
99893XXXXXXX 100 yoki
99894XXXXXXX 100
bunda: XXXXXXX – hisobi to‘ldiriladigan raqam;
100 – rublda ifodalangan miqdor.
O‘tkazma miqdori rublda, probellarsiz, nuqtalarsiz va vergullarsiz yaxlit son tarzida, 15 000 rublgacha ko‘rsatiladi.

  1. Operatordan SMS-xabar keladi, unda rublda yechiladigan mablag‘ miqdori haqidagi ma’lumot hamda to‘lovga rozilikni tasdiqlash so‘rovi bo‘ladi.

  2. To‘lovni tasdiqlovchi javob SMS-xabari yuboriladi.


  3. Javoban haqi to‘langan xizmat va yechilgan mablag‘ miqdori ko‘rsatilgan SMS-xabar keladi.

"MTS" xizmatlarini ko‘rsatish shartlari

"Megafon" xizmatlarini ko‘rsatish shartlari

"Bilayn" xizmatlarini ko‘rsatish shartlari

"Tele2" xizmatlarini ko‘rsatish shartlari


Diqqat:

Pul mablag‘lari Ucell raqamining asosiy hisobiga o‘tkaziladi.
Valyuta konvertatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Markaziy Bankining o‘tkazma paytidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Konvertatsiyada o‘tkazma miqdorining 3,5% miqdorida haq olinadi.

Pul mablag‘larini Ucell mobil raqamiga o‘tkazishda quyidagicha hajmda komissiya haqi yechib olinadi:

"MTS" – 2%;
"Megafon" – 5%;
"Bilayn" – 5%;
"Tele2" – 5%.

Komissiya haqi mablag‘ yuboruvchi abonentning qo‘shimcha hisobidan yechib olinadi. Masalan, agar siz Ucell abonentining raqamini "Megafon" raqamidan 100 rublga to‘ldirsangiz, tasdiqlovchi SMS-xabarda hisobingizdan 105 rubl yechishga so‘rov keladi.
Konvertatsiya uchun komissiya (3,5%) hisobga olingan holda, 100 rubl o‘tkazilganida, Ucell abonenti hisobi 96,5 rublga (RF MB kursi bo‘yicha so‘mda) to‘ldiriladi
Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.