Hurmatli abonentlar,
Endi hatto hisobingizda mablag‘ yetarli bo‘lmasa ham siz «Ko‘ngilochar Ucell video-ovozli portali»dan foydalana olasiz.
Ushbu sodiqlik dasturi IVR-portalning doimiy foydalanuvchisi bo‘lgan abonentlar uchun INTECH provayderi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Sodiqlik dasturi faqat 3 (uch) kundan oshiq vaqt mobaynida IVR-portal foydalanuvchisi bo‘lgan, 3 (uch) martadan oshiq mablag‘ yechilgan holda IVR-portalda xizmatlardan foydalanayotgan abonentlar uchungina amal qiladi.
Sodiqlik dasturi xizmatning 50%dan oshiq chegirma bilan taqdim etilishi orqali IVR-portaldan imtiyozli foydalanish shartlarini o‘z ichiga oladi. Bunda abonentga hech bir funksional cheklovisiz, barcha servislardan (xizmatlardan) foydalanish imkoni taqdim etiladi.
Agarda xizmat obunasi uchun to‘lov vaqtida hisobingizda mablag‘ (294.7 UZS) yetarli bo‘lmasa, u holda sizda INTECH provayderining sodiqlik dasturini olish hamda 7575 servis raqami bo‘yicha «Ko‘ngilochar Ucell video-ovozli portali» xizmatidan 50%dan oshiq chegirma bilan (126,3 UZS evaziga) foydalanish imkoni paydo bo‘ladi.
Sodiqlik dasturi bir martalik tarzda taqdim etiladi va uni ketma-ket ikki martadan oshiq amalga oshirib bo‘lmaydi. Xizmatlarning yana 50%lik chegirma bilan taqdim etilishi bir necha bor samarali narxlanishdan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
Sodiqlik dasturi bo‘yicha narxlanish 9122 raqamidan kiruvchi ko‘rinmas SMS vositasida amalga oshiriladi.
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Sessiya vaqti tugadi. Sahifani yangilang va qayta to’ldiring
Ichki hato ro’y berdi. Keyinroq xabar qoldirishga urinib ko’ring. Rahmat!
Xabar uzunligi - 512 simvol.