Abonentlarga
Yangiliklar
2018
12
06
“Mening kabinetim” yanada qulay bo‘ldi!

“Mening kabinetim” yanada qulay bo‘ldi!

"Mening kabinetim" har qanday masalani Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markazi (Call Center)ga murojaat etmasdan turib, mustaqil tarzda hal etishga yordam beradi. Bu yerda siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
  • shaxsiy ma’lumotlaringizni ko‘rish;
  • o‘z hisoblaringiz va holatingiz bo‘yicha axborot olish;
  • batafsil tafsilotni olish;
  • xizmatlarni ulash/o‘chirish, tarif rejangizni almashtirish;
  • abonentlarga SMS-xabar, Kompaniyaning abonentlar bo‘limiga murojaat yuborish.
Kabinetga endi doimiy parol orqali kirish mumkin bo‘ldi; uning yordamida siz hatto telefoningiz yoningizda bo‘lmasa va bir martalik parol olish imkoni yo‘q bo‘lsa ham kira olasiz.

Buning uchun siz quyidagi harakatlarni amalga oshirishingiz lozim:

1. "Doimiy parol bo‘yicha" kirish turini tanlaymiz:



2. Keyin "Doimiy parolni ro‘yxatga olish" bandini tanlang va siz "Parolni ro‘yxatga olish" sahifasiga o‘tasiz:



Siz bir martalik parolni *233# so‘rovi orqali yoki havolaning ustiga bosib, SMS tarzida olishingiz lozim.
So‘ng esa siz keyinchalik "Mening kabinetim"ga kirishda qo‘llamoqchi bo‘lganingiz "Doimiy parol"ni kiritishingiz zarur.
Barcha kerakli ma’lumotlarni kiritib bo‘lgach, doimiy parolni ro‘yxatdan o‘tkazing.

Samarali tarzda ro‘yxatdan o‘tgach, ko‘rsatilgan raqamingizga quyidagi SMS keladi:
Hurmatli abonent, siz doimiy parolni samarali tarzda o‘rnatdingiz. Iltimos, uni eslab qoling va o‘zingizning xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida, o‘rnatilgan parolni uchinchi shaxslarga ma’lum qilmang. Kompaniya parolning sir saqlanishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

3. Agar siz doimiy parolni unutib qo‘ysangiz, u holda uni quyidagicha usulda osongina almashtirishingiz mumkin bo‘ladi:
  • Bosh sahifada "Doimiy parol bo‘yicha" kirish turini tanlang
  • “Doimiy parolni unutib qo‘ydingizmi?” deb yozilgan joyga bosingKeyin "Parolni almashtirish" oynasida siz aynan "Doimiy parol"ni ro‘yxatdan o‘tkazgandagi jarayonlardan o‘tasiz.


4. Shuningdek, siz doimiy parolni "Mening kabinetim" portalining o‘zida ham o‘rnatishingiz mumkin.
"Kabinet" bo‘limida "Sozlash" bandi  "Doimiy parol" varaqasiga o‘ting.
Parolni kiriting, keyin uni "Parolni tasdiqlang" katagida qaytadan kiriting va "Almashtirish"ni bosing.



E’tibor bering!

Parolni kiritishga uch marta noto‘g‘ri urinish "Mening kabinetim"ga kirishni 30 daqiqaga bloklab qo‘yadi.

Shuningdek, endi siz Ucell tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarni nafaqat alohida-alohida, balki bir vaqtning o‘zida ham o‘chirishingiz mumkin.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.