Abonentlarga
Yangiliklar
2019
09
25
Ucell mobile challenge 2019

Ucell mobile challenge 2019

Ucell hamda O‘zbekistondagi birinchi IT Park hamkorlikda dasturchilar uchun yangi tanlov – «Ucell mobile challenge 2019»ni e’lon qilishdi. Unda tegishli malakalarga ega bo‘lgan hir bir kishi o‘z kuchini sinab ko‘rishi va pul yutuqlarini yutib olish imkonini qo‘lga kiritishi mumkin!

Tanlovning asosiy maqsadi mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasidagi eng yaxshi texnologik g‘oyalarni izlash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mazkur g‘oyalarni bevosita tanlovning o‘tkazilish muddatidayoq prototip tarzida realizatsiya qilinishiga erishishdir.

«Ucell mobile challenge 2019» jami uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
  1. Savdo ilovalari (kafe va restoranlar, savdo vakillari uchun tizim, savdo maydonchasi);
  2. Mamlakat aholisi va mehmonlariga foydali ilovalar (turizm, taksi);
  3. FinTech sohasi ilovalari (skoring tizimi, kredit platformasi, pul mablag‘lari monitoringi va hisobini yuritish hamda moliyani boshqarish platformasi, neobank, smartfon orqali to‘lov).
Shuningdek, bo‘lajak ishtirokchilar o‘z ilovalarining quyidagi talablarga javob berishini ham hisobga olishlari lozim: ilova abonentning uyali telefon raqamiga bog‘lanadigan, monetizatsiya usuliga ega bo‘lishi, bitta yoki undan ortiq biznes-vazifani hal etishi, boshqa tizimlar bilan oson integratsiya qilinishi, tezda joriy etila olishi, ishga tushirish va egalik qilish uchun oqilona narxli, axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan xavfsiz, intuitiv tushunarli interfeysli bo‘lishi.

Tanlovda yakka holda ham, jamoa bo‘lib ham qatnashish mumkin.
Tanlov g‘oliblari 2019-yil 25-noyabr kuni, 2019-yil 19-oktabrdan to 10-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan 23 kunlik xakatondan so‘ng aniqlanadi.

Unda quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
  • birinchi o‘rin — 300 mln. so‘m;
  • ikkinchi o‘rin — 200 mln. so‘m;
  • uchinchi o‘rin — 100 mln. so‘m.
Barcha xohlovchilar shoshilishlari darkor, chunki arizalar qabul qilishning so‘nggi muddati – 2019-yil 13-oktabr! «Ucell mobile challenge 2019» tanlovida ishtirok eting va yirik pul yutug‘ini qo‘lga kiriting!

*Arizalarni quyidagi manzillarda jo‘natish mumkin: https://it-park.uz/ru/ucell/ (rus) yoki https://it-park.uz/uz/ucell-ariza/ (o‘zb). Ariza topshirish bilan siz «Ucell mobile challenge 2019» tanlovi qoidalarini va ommaviy ofertani qabul qilgan bo’lasiz.
*Tanlov doirasida taqdim etilgan va sovrinli o‘rinlardan istalgan birini egallagan mahsulot mulk sifatida Ucell kompaniyasi hisobiga o‘tkaziladi.

Loyiha hamkorlari:
  1. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi
  2. Smile Mobile kontent-provayderi. 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.