Yangi yil bayrami kunlari qo‘ng‘iroqlar sifatini yaxshilash va SMS-xabarlarning yetkazilishida kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ayrim xizmatlar vaqtincha amal qilmaydi.
31.12.2019 kuni 22:00 dan 01.01.2020 kuni 04:00 gacha quyidagi xizmatlar amal qilmaydi:
31.12.2019 kuni 22:00 dan 01.01.2020 kuni 04:00 gacha tizim xabarnomalari amal qilmaydi (SMS-xabarlar va boshqalar)
31.12.2019 kuni 22:00 dan 01.01.2020 kuni 04:00 gacha Kompaniyaning qo‘shimcha xizmatlarini ulash bo‘yicha USSD-so‘rovlar amal qilmaydi. Zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha servislarni oldinroqdan faollashtirib qo‘yishni tavsiya etamiz.
Shuningdek, bayram kunlari quyidagi xizmatlar amal qilmaydi:
-
Onlayn qo‘llab-quvvatlash («Mening kabinetim» servisi doirasida Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash xizmati) – 2020-yil 1-yanvar kuni (2-yanvardan xizmat odatiy rejimda amal qiladi);
-
"Navbatsiz" xizmati – 2020-yil 1-yanvar kuni (2-yanvardan xizmat odatiy rejimda amal qiladi).
31.12.2019 kuni 23:00 dan 01.01.2020 kuni 03:00 gacha qo‘ng‘iroqlar, SMS/MMS va internet-xizmatlar kechikish bilan narxlanadi.
31.12.2019 kuni 22:00 dan 01.01.2020 kuni 04:00 gacha hisoblarni tekshirish uchun quyidagi so‘rovlar amal qilmaydi: *100# va *109#.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.