Ucell siz haqingizda qayg‘uradi va qo‘shimcha qulayliklar yaratishda davom etadi.
Endi Kompaniya ofislariga yoki dilerlik nuqtalariga borib yurish shart emas. Siz uydan chiqmasdan turib, osongina raqam ulatishingiz mumkin.
Masofadan turib ulanish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1. +99893 180 0000 yoki 8123 raqamiga qo‘ng‘iroq qilasiz va buyurtma qoldirasiz
2. Bizning xodimimiz kerakli raqamni tanlash uchun Sizga qo‘ng‘iroq qiladi
3. Raqamni tez orada Siz ko‘rsatgan manzilga eltib berishadi.
Har qanday vaziyatda ham yaqinlaringiz bilan aloqada qoling!
Ulanish shartlari
• Buyurtmani rasmiylashtirish paytida abonent o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasini to‘g‘ri ko‘rsatishi shart. Agarda ma’lumotlar hujjatning aslidagiga mos kelmasa, raqam ulanmaydi.
• SIM-kartani yetkazib berish muddati 3 kalendar kunigacha bo‘lishi mumkin. Zarurat tug‘ilsa, abonent bilan qayta bog‘lanishadi va yetkazib berish muddatini xabar qilishadi.
• Belgilangan raqamli SIM-kartani rasmiylashtirishda, raqam buyurtma qilinayotganida shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan abonentning shaxsan o‘zi, hujjatning asli bilan ishtirok etishi shart.
• Raqamning faollashtirilishi SIM-karta yetkazib berilganidan keyin ish kunining oxirigacha amalga oshiriladi.
• Raqamni faqat u mansub bo‘lgan hududdagina ulatish mumkin.
Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Sessiya vaqti tugadi. Sahifani yangilang va qayta to’ldiring
Ichki hato ro’y berdi. Keyinroq xabar qoldirishga urinib ko’ring. Rahmat!
Xabar uzunligi - 512 simvol.