Abonentlarga
Yangiliklar
2021
02
23
«Musiqalar Saltanati»

«Musiqalar Saltanati»

Hurmatli abonentlar,

25.02.2021 dan boshlab SDS Carrier Solutions content-provayderi bilan hamkorlikda “Musiqalar saltanati” yangi xizmatini ishga tushirganimizni mamnuniyat bilan xabar qilamiz!
«Musiqalar Saltanati» xizmati – bu butun jahonda ommalashgan «Kuyni toping» o‘yini asosida ishlab chiqilgan viktorina. Mazkur quvnoq musiqiy onlayn test foydalanuvchilarga chambarakdagi qo‘shiq qaysi ekanini topish va o‘zining musiqiy ko‘nikmalari yordamida sovrin yutib olish imkonini beradi.
Foydalanuvchi chambarakni aylantiradi va undagi tegishli ochkoga ega bo‘lgan tasodifiy musiqani oladi. Agar foydalanuvchi to‘g‘ri javob bersa (musiqani yoki xonandani 10-15 soniyada topsa), u ochkolar oladi. O‘ynashda davom etib, u turli sovrinlar yutib olish uchun o‘z imkoniyatlarini oshiradi. Xizmat barcha brauzerlar orqali spinwin.uz portalida amal qiladi.
Har oy yakunlariga ko‘ra eng ko‘p miqdorda ochko to‘plagan 1 obunachi g‘olib sifatida tanlanadi va sovringa IPHONE 12 PRO oladi. Agar abonent oylik sovrinni yutib olsa, u holda u bitta davr (bir yil) davomida takroran sovrin yutib ololmaydi. Bordi-yu ikki yoki undan oshiq abonent bir xilda eng ko‘p ball to‘plasa, u holda kuylarni hammadan oldin to‘g‘ri topgan kishi g‘olib deb tanlanadi.

Xizmatga obuna bo‘lish uchun:
- 6303 raqamiga SMS tarzida istalgan bir so‘zni (STOP, СТОП, Stop1, Stopall so‘zlaridan tashqari) yuboring.
-  Landing Page orqali obuna bo‘ling: spin-win.uz

Xizmatga obunani bekor qilish uchun:
- 6303 raqamiga SMS tarzida STOP yoki СТОП so‘zini yuboring.

Ulanish va narxlash shartlari:
Birinchi ulanishda barcha abonentlar o‘yinni 1 kun bepul o‘ynash imkoniga ega bo‘ladilar.
Ulanishning ikkinchi kunidan (xizmatga birinchi marta ulanish holatida), abonent hisobidan har kuni obuna uchun kunlik abonent to‘lovi – QQS bilan 1263 so‘m yechib olinadi.
Agar abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hisobdan qisman narxlash qiymati (QQS bilan 842 so‘m yoki QQS bilan 421 so‘m) yechib olinadi.
Abonent to‘langan miqdorga muvofiq ballarga va o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi:
1263 UZS – abonent 150 ball oladi hamda chambarakni 21 marta aylantirishi va 21 ta qo‘shiqni topishi mumkin bo‘ladi; 842 UZS – abonent 100 ball oladi hamda chambarakni 14 marta aylantirishi va 14 ta qo‘shiqni topishi mumkin bo‘ladi; 421 UZS – abonent 50 ball oladi hamda chambarakni 7 marta aylantirishi va 7 ta qo‘shiqni topishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, abonentlar har bir to‘g‘ri javob uchun ballar to‘playdilar. To‘g‘ri javoblar uchun beriladigan ballar savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra farqlanadi va portalda chambarakni aylantirganda aks etadi. Obunachilarda 6303 raqamiga Da, Yes, Ha, OK, 100 kalit so‘zlarini o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha so‘rovlar yuborib, o‘z ballarini ko‘paytirish va sovrinlar yutish uchun qo‘shimcha musiqiy parchalarni olish imkoni mavjud. Har bir qo‘shimcha so‘rov narxi – QQS bilan 1263 UZS. Shuningdek, qo‘shimcha savollar to‘plami uchun so‘rov yuborganida, agar abonent hisobida to‘liq qiymatni to‘lashga mablag‘ yetarli bo‘lmasa, bunda ham qisman narxlash qo‘llanadi. Narxlash turidan (to‘liq / qisman) kelib chiqib, abonent shunga mos miqdorda ballarni va shunga mos miqdorda chambarakni aylantirish imkonini qo‘lga kiritadi.
Qo‘shimcha ma’lumotni spin-win.uz saytidan olish mumkin. 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.