Abonentlarga
Yangiliklar
2021
02
25
«Perfect 10»

«Perfect 10»

Hurmatli abonentlar,

Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 25.02.2021 kunidan Mobi Tel Inform kontent-provayderi bilan hamkorlikda «Perfect 10» viktorinasi joriy etilmoqda!

«Perfect 10» (keying o‘rinlarda «Tez10») – bu interaktiv va maroqli web-servis bo‘lib, unda ishtirokchilar har kuni savollarga javob berishlari va turli qimmatbaho sovrinlar uchun kurashishlari mumkin bo‘ladi. Abonentga 10 ta savol va har bir savol uchun 10 soniyadan vaqt taqdim etiladi. Agar abonent barcha savollarga to‘g‘ri javob bersa, u qimmatbaho sovrin yutib olish imkonini qo‘lga kiritadi. Onlayn rejimda eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan ishtirokchilar jadvali aks ettiriladi.

Xizmatni ulatish uchun, quyidagi opsiyalardan birini qo‘llang:
  1. *414# USSD-buyrug‘ini tering;
  2. 4141 raqamiga istalgan (alohida buyruqlardan tashqari) matnli SMS yuboring;
  3. https://tez10.uz saytida «Tez10» xizmatini ulatish tugmachasini bosing.
Xizmatga obunani bekor qilish uchun:

- 4141 raqamiga «Stop» so‘zini SMS orqali yuboring.

Ma’lumot olish uchun:

- 4141 raqamiga «Help» so‘zini SMS orqali yuboring.

Ulatish va narxlash shartlari:

Birinchi obuna bo‘lishda birinchi kun bepul, keyingi kundan abonent to‘lovi 1684 so‘m/kun bo‘ladi. To‘lov yechib olinganida abonentga 20 ochko va 10 savoldan iborat testdan o‘tish imkoni taqdim etiladi.

Agar obuna bo‘lgan abonentning hisobida kunning boshida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, u holda unga ishtirok etishning 3 varianti taklif etiladi:

- 1263 so‘m yechilishi, bunda 15 ochko va testdan o‘tish imkoni taqdim etiladi
- 842 so‘m yechilishi, bunda 10 ochko va testdan o‘tish imkoni taqdim etiladi
- 421 so‘m yechilishi, bunda 5 ochko va testdan o‘tish imkoni taqdim etiladi.

Agar abonent testdan o‘tsa va yana 10 ta savolga javob berishni istab qolsa, bu holda u «Restart» funksiyasini faollashtirishi lozim bo‘ladi. Abonentdan 1684 so‘m yechib olinadi va takroran testdan o‘tish imkoni paydo bo‘ladi.

To‘g‘ri javoblar uchun ochkolar belgilanishi:

0 to‘g‘ri javob – 0 ochko
1 ta to‘g‘ri javob – 5 ochko
2 ta to‘g‘ri javob – 10 ochko
3 ta to‘g‘ri javob – 15 ochko
4 ta to‘g‘ri javob – 20 ochko
5 ta to‘g‘ri javob – 50 ochko
6 ta to‘g‘ri javob – 80 ochko
7 ta to‘g‘ri javob – 100 ochko
8 ta to‘g‘ri javob – 130 ochko
9 ta to‘g‘ri javob – 150 ochko
10 ta to‘g‘ri javob – 200 ochko

G‘oliblar 3 toifaga bo‘linadi:

- 12 oy mobaynida har kuni 1 500 000 so‘mni barcha savollarga ko‘rsatilgan vaqtda to‘g‘ri javob berib ulgurganlar oladi;
- 12 oy mobaynida har oyda 15 000 000 so‘mni oy davomida eng ko‘p miqdorda ochko to‘plaganlar oladi;
- 12-oy tugashi bilan bosh sovrin – 150 000 000 so‘mni yil davomida eng ko‘p miqdorda ochko to‘plagan ishtirokchi oladi.

Qo‘shimcha ma’lumotni https://tez10.uz saytidan olish mumkin.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.