Abonentlarga
Yangiliklar
2021
09
15
01.10.2021-y.dan Prepaid tizimi xizmatlarini taqdim etish shartlaridagi o‘zgarishlar

01.10.2021-y.dan Prepaid tizimi xizmatlarini taqdim etish shartlaridagi o‘zgarishlar

Hurmatli abonentlar!

Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, 01.10.2021-y. sanasidan xizmatlarini taqdim etish shartlarida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi:
  • Abonentlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratuvchi xizmatlarning ishi optimallashtiriladi. Abonentlar o‘z tarif rejalariga bog‘liq bo‘lmagan holda abonent to‘lovining navbatdagi yechilish sanasini *200#, *450#, *900# so‘rovlari orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi.
  • Yagona *900# so‘rovi yordamida abonentlar o‘z limitlarining qoldiqlari haqida, ularning amal qilish muddatlari xususida yanada batafsil ma’lumotlar olishlari mumkin bo‘ladi.
  • Tafsilotlar bo‘yicha savollar tug‘ilsa, abonentlar «Hisob-kitob» xizmati (*411#) yordamida o‘zlarining shu kungi va oldingi ikki kundagi xarajatlari haqidagi, aynan so‘rov vaqtidagi holatga ko‘ra aniq ma’lumotlarni olishlari mumkin. Ma’lumot PDF, Excel, Html formatlarida taqdim etiladi; shuningdek, «SMS-tafsilot» xizmati (*400#) orqali olganda abonentlarning chiqimlari xizmat turidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratilgan bo‘ladi.
  • Xizmatni o‘chirish zarurati tug‘ilganida abonentlar «Xizmatlarni o‘chirish» (*350#) xizmatidan foydalanishlari mumkin, u xizmatlarni alohida holda yoki guruhlar bo‘yicha o‘chirish imkonini beradi
  • «Student» va «Mahalla» tarif rejalari abonentlari *551# o‘rniga *120# terib, ochiq tarif rejalariga mustaqil ravishda o‘tishlari mumkin.
  • «Diyorim» tarif rejasiga, *717# o‘rniga *120# so‘rovi yordamida o‘tish mumkin.
  • «Minnatdormiz!» tarif rejasiga, *335# o‘rniga *120# so‘rovi yordamida o‘tish mumkin.
  • «Oddiy» tarif rejasi abonentlari TAS-IX, Facebook, Telegram, WhatsApp uchun kunlik bonus qoldig‘ini *102# o‘rniga *103# USSD-so‘rovi yordamida tekshirishlari mumkin.
  • «Tarmoq ichida 0» xizmati doirasida taqdim etilgan limitlar qoldiqlarini tekshirish – *102# o‘rniga *109#.
  • «Azizlarim» tarif rejasida guruhning umumiy hisobidagi pul mablag‘laridan faqat mazkur tarif rejasidagi maxsus opsiyalar xaridi uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • «Special», «Special+» tariflar tizimlarida, «Drive» tarif rejasida va «Istalgan raqam» aksiyasida oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining samarali yechilishidan boshlab bir oy oraliqda bir marta yechiladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining so‘nggi samarali yechilish kuni hisoblanadi.
  • «Istalgan raqam» xizmati doirasidagi tarif rejalarida va «Special», «Special+» tariflar tizimlarida, agar oylik abonent to‘lovining yechilish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi, limitlar esa belgilanmaydi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan darhol tarif rejasi shartlariga ko‘ra abonent to‘lovi yechiladi va oylik limitlar to‘liq belgilanadi. Oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi, ya’ni, tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining navbatdagi yechilishi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining so‘nggi samarali yechilish kunidan 1 oy o‘tgach yechiladi.
  • «Drive» tarif rejasida: agar oylik abonent to‘lovining yechilish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi, limitlar esa belgilanmaydi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan darhol tarif rejasi shartlariga ko‘ra abonent to‘lovi yechiladi va oylik limitlar to‘liq belgilanadi. Oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi, ya’ni, tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining navbatdagi yechilishi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining so‘nggi samarali yechilish kunidan 1 oy o‘tgach amalga oshadi.
  • Quyidagi holatlarda tarif rejasi bo‘yicha limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi:
    • agar oylik abonent to‘lovining samarali yechilishi va oylik limitlarning belgilanishi oyning 24-sanasida amalga oshgan bo‘lsa, u holda tarif rejasi doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha (shu kuni ham) foydalana oladi;
    • agar oylik abonent to‘lovining samarali yechilishi va oylik limitlarning belgilanishi oyning 31-sanasida amalga oshgan bo‘lsa, u holda limitlardan abonent keyingi oyning oxirgi kunigacha foydalana oladi. Masalan, agar keyingi oy 30 kunlik bo‘lsa – oyning 29-sanasigacha (shu kuni ham); fevral oyining 28/27-sanasigacha; agar keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa – 30-sanasigacha.
  • «Special Unlim» va «Special Unlim Turbo» tarif rejalarida:
    • oylik abonent to‘lovining yechilishida tarif rejasi doirasidagi limitlar o‘zi belgilangan taqvimiy oyning oxirigacha amal qiladi.
    • «Reset» xizmatini faollashtirganda oylik limitlar o‘zi belgilangan taqvimiy oyning oxirigacha amal qiladi.
  • «Drive», «Special Unlim» va «Special Unlim Turbo» tarif rejalari abonentlari tarif rejasi doirasidagi internet-trafik limiti qoldig‘ini *103# yordamida ham tekshira oladilar.
  • Tarif rejasini almashtirishda, bitta tarif rejasidan boshqasiga o‘tish uchun, abonent hisobidagi minimal mablag‘ 3 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim. «Special+» tarif rejalariga o‘tish holatida, o‘tish uchun hisobda 3 000 so‘m va yana tanlangan tarif rejasi oylik abonent to‘lovining to‘liq qiymatidan kam bo‘lmagan mablag‘ bo‘lishi lozim.
  • «Special+» tarif rejalariga *120# so‘rovi vositasida o‘tish mumkin bo‘ladi.
  • «Istalgan raqam» aksiyasining tarif rejalari abonentlari *120# so‘rovi yordamida mazkur aksiya doirasidagi tarif rejalariga va boshqa tarif rejalariga (aksiya shartlarini bajargan holatda) o‘tishlari, shuningdek, shartlarning bajarilganlik holatini tekshirishlari mumkin bo‘ladi.
  • «Special», «Special+» tariflar tizimlaridan va «Istalgan raqam» aksiyasining tarif rejalaridan o‘tishda, barcha limitlarning qoldiqlari limitlarning amal qilish muddatlari oxirigacha saqlanadi.
  • Cheksiz tarif rejalari doirasida olingan daqiqalardan tarif rejasini almashtirgandan keyin foydalanib bo‘lmaydi.
  • «Special+»va «Special+ BN» tarif rejalariga yangi ulanishda, birinchi oylik abonent to‘lovi, abonent hisobida tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining to‘liq yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lsagina yechiladi. Oylik abonent to‘lovining to‘liq yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent to‘lovi yechilmaydi va abonent raqami Faol holatga o‘tmaydi. Agar abonent raqami ulatilganidan keyingi 72 soat mobaynida Faol holatga o‘tmasa, raqam tizimdan o‘chiriladi va Shartnoma bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.
  • «Mahalla» tarif rejasi, «COSMO», «Kayfiyat», «Tantana» tariflar tizimlari, shuningdek, «Active», «Special» («Special Unlim» va «Special Unlim Turbo» tarif rejalaridan tashqari), «Special+» tizimlarining va «Istalgan raqam» aksiyasining tarif rejalari doirasida taqdim etilgan oylik limitlarning amal qilish muddatlari joriy (32 kunlik) oylik sikl o‘rniga 1 oyni tashkil etadi; tarif rejasi bo‘yicha limitlarning foydalanilmagan qoldiqlaridan (agar mavjud bo‘lsa) yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi.
  • «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmatiga yangi ulanishda, tegishli pullik toifadagi raqam ulanganidan keyin, hisobda «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati bo‘yicha to‘lovning to‘liq yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lsagina xizmat uchun birinchi oylik to‘lov yechiladi. Agar hisobda xizmat uchun to‘lovning to‘liq yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun to‘lov yechilmaydi va abonent raqami Faol holatga o‘tmaydi. Agar abonent raqami ulatilganidan keyingi 72 soat mobaynida Faol holatga o‘tmasa, raqam tizimdan o‘chiriladi va Shartnoma bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.
  • «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik to‘lov xizmat uchun oylik to‘lov samarali yechilgan kundan boshlab oyiga bir martalik oraliqda yechiladi. Xizmat uchun navbatdagi to‘lovning yechilish sanasi xizmat uchun to‘lovning so‘nggi samarali yechilish kuni hisoblanadi.
  • Muddati avtomatik uzaytiriluvchi «Qulay daqiqalar» to‘plamlari to‘plam uchun mablag‘ samarali yechilgan kundan boshlab har 30 kunda (to‘plam qiymatini to‘liq to‘lash uchun hisobda mablag‘ yetarli bo‘lsa) belgilanadi. Agar abonent chiquvchi qo‘ng‘iroqni to‘plamning so‘nggi amal qilish soatida amalga oshirib, suhbatni keyingi sutkada (ya’ni to‘plamning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng) tugatsa, unda butun qo‘ng‘iroq sessiya boshlanish vaqtiga ko‘ra to‘plam bo‘yicha sarflanmagan limitlarni hisobga olgan holda narxlanadi. Tarif rejasini «Oddiy» yoki «Diyorim»ga almashtirganda, «Qulay daqiqalar» to‘plami doirasida taqdim etilgan daqiqalardan toki ularning amal qilish muddati oxirigacha foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.