Abonentlarga
Yangiliklar
2021
12
16
Ucell yangi CRM va billingga o‘tdi

Ucell yangi CRM va billingga o‘tdi


 
Millionlab kompaniya abonentlarining har bir harakati billingda aks etadi. Bu kuniga milliardlab amaliyotlarni bajaruvchi ulkan apparat majmuyi.
Ucell mobil aloqa operatori yangi billing va CRM tizimlariga ulandi, ularda har soniyada millionlab operatsiyalar amalga oshadi.
Ikki yildan oshiq davom etgan uzoq muddatli murakkab loyiha yakunlandi va uni amalga oshirishda O‘zbekiston va Rossiyadan 100ga yaqin mutaxassis jalb etildi.
Bu jarayonni katta tezlikda yurib ketayotgan bir poyezddagi yo‘lovchilarni parallel relsdagi qo‘shni poyezdga ko‘chirishga qiyoslash mumkin. To‘xtamasdan, sekinlashmasdan, yo‘nalishni o‘zgartirmasdan va tezlikni pasaytirmasdan.
Natijada kompaniya mijozlar bilan aloqalar va hisob-kitoblarni boshqarishning yangi to‘liq funksiyali tizimiga ega bo‘ldi.
Loyiha haqida «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) axborot texnologiyalari direktori Denis Kozlov so‘zlab berdi:
 
Аbonentlarni qiziqtirayotgan asosiy savol kundek ravshan: «Yangi tizim yakuniy isteʼmolchiga qanday afzalliklarni taqdim etadi?».
— Juda o‘rinli savol. Qisqacha aytganda, yangi billing bizga bozorga yangi mahsulotlarni olib kirish vaqtini qisqartirishda yordam beradi – abonentlar moslashuvchan, raqobatbardosh mahsulotlarga, shuningdek, xizmatlarning milliy valyutadagi tarifikatsiyasi va multivalyuta tarifikatsiyasi xizmatlariga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, abonentlar bazasining o‘sishini hisobga olgan holda, kompaniya xizmatlari ro‘yxati kengayishi hamda mobil maʼlumotlarni uzatish hajmlarining o‘sishi ko‘zda tutilgan. Rejadagi Ucell 4G tarmog‘ining sezilarli o‘sishi va mobil maʼlumotlarni uzatish qamrovini yanada oshirish, abonentlar bazasini kengaytirish sharoitida Ucellning yangi mahsulot va xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga oid dolzarb biznes masalalarini hal etishga qodir zamonaviy CRM va billing yechimlarga o‘tish hayotiy zarur choralardan biri hisoblanadi.
 


— Yangi billingga o‘tish yakunida Ucellda nimalardan voz kechish va qanday natijaga erishish ko‘zda tutilgan?
— Loyiha 2019-yilda start oldi. Loyihaning yakunlanishi mobil operatorga strategik maqsadlarni muvaffaqiyatliroq hal etishga yordam beradi. Quyidagi zaruratlar loyihani joriy etishga undadi:
•          Аvvalgi eskirgan axborot texnologiya tizimlarini optimallashtirish va almashtirish
•          Billing dasturiy taʼminotining faqat bir yetkazib beruvchi apparat majmuyiga bog‘liq bo‘lishidan voz kechish.
Yangi tizimga ulanish natijasida biz qanday qo‘shimcha afzalliklarga ega bo‘ldik?
•          «Mobil qullik»ning bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlash (MNP — mobile number portability — mobil telefon raqamlarini olib yurish imkoniyati).
•          O‘zbekistondan tashqarida tezkor internetga ulanish tarifikatsiyasi, LTE rouming imkoniyati.
•          5G texnologiyasi bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar tarifikatsiyasi.
•          Oldindan to‘lov asosida xizmat ko‘rsatish abonentlari daromadlari bo‘yicha hisobot shakllantirish imkoniyati: umuman, yangi hisobot tizimi.
•          Yakka tartibdagi, korporativ mijozlar va «aqlli qurilmalar»: B2B/B2C/M2M foydalanuvchilari uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shaxsiy kabinetlari.
 
 
•          Billing/CRM imkoniyatlariga egalik qilishning boshqariladigan narxi.
Bu bir necha yil davomida ishlab beradi.



— Siz bir necha yil davomida ishlab berishi haqida gapiryapsiz. Uyali aloqa operatorlari qancha muddatda billingni o‘zgartiradi va Ucell uchun bu yangilik qanchaga yetadi?
— BSS/CRM yangi yechimidan unumli foydalanish muddati 7 yildan oshiqni tashkil etadi.
Fursatdan foydalanib, loyihaning o‘zi haqida ikki og‘iz gapirib o‘tmoqchi edim. Ucellda u Nexign kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Nexign jamoasi kompaniyaning eng yaxshi mutaxassislarini o‘z ichiga olgan, ular Rossiya va O‘zbekistonning turli shaharlari, xususan, Sankt-Peterburg, Moskva, Toshkent, Krasnodar vakillaridir.
Umumiy hisobda loyiha ustida Nexign tomonidan – 50 nafardan ortiq ekspert, Ucell tomonidan – Infrastruktura bloki vakillari, 40ga yaqin ekspert ishtirok etdi. Tijorat bloki – xizmat ko‘rsatishning barcha segment va kanallari, marketing mutaxassislari ham faol jalb qilindi.
Infrastruktura bo‘linmalarining yetakchi ekspertlari, shuningdek, hamkasblar rolini alohida taʼkidlab o‘tishni istardim:
  • Аnvar Mustagizov, loyiha rahbari;
  • Dilmurod Аbdurahmonov, Аxborot texnologiyalarida loyiha buyurtmachisi;
  • Sanʼat Hasanov, billingni foydalanishga topshirish va rivojlantirish bo‘limi rahbari;
  • Yuriy Pak, Tijorat bloki biznes-hamkori;
  • Husan Tursunov;
  • Jasur Shermatov;
  • Tohir Mirzayev;
  • Ivan Remezov;
  • Dmitriy Chigatayev;
  • Vladimir Аnufriyenko;
  • Yevgeniy Stoyakin;
  • Bahodir Tairov.
Har qanday yangi tizim singari, yangi billing tizimini joriy etish barqarorlashtirishni talab etadi: shu kunlarda kompaniya ushbu jarayonni yakunlamoqda.
 
Ucell Tijorat direktori Georgiy Churavsov izohi:
— Yangi billing tizimi imkoniyatlari abonentlarimiz talablarini qondirishga yanada moslashish, keng qamrovdagi mijozlarga yo‘naltirilgan yangi mahsulot va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi. Yangi billingni ishga tushirish orqali kompaniya yangi tarif rejalarini yo‘lga qo‘yish va ularning o‘zgarishlarini bozor talablariga javob bergan holda, tezroq qayd etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangi billingga o‘tish orqali Ucell mijozlar bilan aloqani boshqarishning to‘laqonli tizimiga ega bo‘ldi va bundan keyin butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab abonentlar bilan yanada samaraliroq muloqotni yo‘lga qo‘ya oladi.


 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.