Hurmatli abonentlar,
2022-yil 17-may sanasidan boshlab "Mening xizmatlarim" va "Men Kimman?" xizmatlari bepul taqdim etiladi.
"Men Kimman?" xizmati doirasida *450# USSD-so‘rovini jo‘natib, Siz quyidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin:
-
So‘rov yuborilgan abonent raqami;
-
SIM-karta nomiga rasmiylashtirilgan abonentning FIO;
-
ushbu raqam uchun amalda bo‘lgan tarif rejasi;
-
tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechiladigan sana;
-
so‘rov yuborish vaqtiga ko‘ra raqam holati;
-
ushbu raqam tegishli bo‘lgan tizim.
"Mening xizmatlarim" xizmati doirasida *401# USSD-so‘rovini jo‘natilganda, javob tariqasida kelgan SMSda Sizdagi faol pullik xizmatlar bo‘yicha quyidagi ko‘rinishda ma‘lumot olasiz:
-
Xizmatning nomi – Xizmat uchun yillik/oylik/haftalik/kunlik abonent to‘lovi
Har bir xizmat doirasida bir kunda besh martagacha so‘rov yuborish mumkin.
Shu bilan birga, "Mening xizmatlarim" va "Men Kimman?" xizmatlari bepul taqdim etilishi munosabati bilan, ushbu xizmatlarning "Qadrdonlar!" sodiqlik dasturi doirasida amal qilishi to‘xtatiladi, mazkur dastur yaqin kelajakda yangi imtiyozlar bilan to‘ldiriladi.