Diqqat! Ulanish uchun mumkin bo‘lgan bo‘sh raqamlar ro‘yxati. “Simple” toifasidagi raqamlarni faqat bo‘sh raqamlar ro‘yxatidan tanlab ulatish yoki bron qilish mumkin.
“Simple” toifasidagi raqam(lar)ni buyurtma qilish faqat quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
1. “Simple” toifasidagi aniq abonent raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
2. Raqam ilgari boshqa abonent tomonidan buyurtma qilinmagan bo‘lishi kerak.
3. Raqam bo‘sh va texnik jihatdan ulanishga tayyor bo‘lishi kerak. “Simple” toifasidagi raqam(lar)ni muayyan raqamlar kombinatsiyasi yoki niqob bo‘yicha izlash va taqdim etish ko‘zda tutilmagan.
Pullik toifadagi raqam(lar)ni buyurtma qilish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
1. Raqam ilgari boshqa abonent tomonidan buyurtma qilinmagan bo‘lishi kerak.
2. Raqam bo‘sh va texnik jihatdan ulanishga tayyor bo‘lishi kerak.
Raqamlar narxlari O‘zbekiston Respublikasi so‘mida ko‘rsatilgan. Barcha narxlar QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.