Abonentlarga
FunZone
Aksiya va viktorinalar

Aksiya va viktorinalar

Xizmat nomi Xizmat haqida Xizmat raqami Xizmat narxi, QQS bilan Kontent-provayder Xizmat turi
«Boyib keting!» Hurmatli abonentlar!

2020-yil 01-maydan Ucell kompaniyasi «ArBoost» MChJ kontent-provayderi bilan hamkorlikdagi «Boyib keting!» aksiyasining yo‘lga qo‘yilishini e’lon qiladi.

«Boyib keting!» aksiyasi doirasida abonentlar hisobni to‘ldirish va/yoki aksiyadagi to‘g‘ri javoblar evaziga ballar oladilar. Eng ko‘p miqdorda ball to‘plagan abonentlar sovrinlarga ega bo‘ladilar. Mazkur aksiya lotereya yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi.

Aksiyada ishtirok etish tartibi:
Aksiyada ishtirok etish uchun abonent quyidagi harakatlardan birini yoki bir nechtasini bajarishi lozim:
- 6767 raqamiga SMS-xabar yuborish yo‘li bilan, win.ucell.uz saytida, yoki @UCell_campaign_bot Telegram-boti orqali «Boyib keting!» aksiyasiga ulanish.

«Boyib keting!» aksiyasiga obuna bo‘lish narxi abonent tomonidan tanlangan toifaga bog‘liq holda QQS bilan 842, 1263 va 1684 so‘mni tashkil etadi. Ishtirokchi tomonidan mobil telefonidan 6767 raqamiga yuboriladigan SMS-xabarlar narxlanmaydi.

«Boyib keting!» aksiyasiga obunani bekor qilish uchun 6767 raqamiga STOP so‘zini SMS-xabar tarzida yuborish, yoki @UCell_campaign_bot Telegram-boti orqali obunani o‘chirish lozim.
Birinchi SMS-xabariga javoban ishtirokchi o‘zi ulangan aksiya, narxlari, o‘tkazilishining qisqacha shartlari haqidagi ma’lumotlarni hamda qoidalariga eltuvchi havolani oladi. Qo‘shimchasiga ishtirokchi «Boyib keting!» aksiyasi bo‘yicha birinchi savolni va javob variantlarini oladi.
Aksiya savollariga javoblar ishtirokchi tomonidan 6767 raqamiga, yoki win.ucell.uz saytiga, yoxud @UCell_campaign_bot Telegram-boti orqali yuboriladi.
Ishtirokchi aksiya savoliga javobini yuborgan har bir SMS-xabarga javoban, oldingi savolga javob natijasini va «Boyib keting!» aksiyasining keyingi savolini SMS-xabar tarzida oladi.
Ishtirokchida «Boyib keting!» aksiyasi ulangan holatda, aksiya savollari har kuni 10:00:00 dan to 23:29:59 gacha bo‘lgan davrda yuboriladi.
Aksiyada win.ucell.uz sayti yoki @UCell_campaign_bot Telegram-boti orqali ishtirok etilganida, savollar endi SMS-xabar ko‘rinishida yuborilmaydi va faqat win.ucell.uz veb-sayti doirasida yoki Telegram messenjeri vositasida taqdim etiladi.
Soat 23:30:00 da joriy kun yakunlari chiqariladi. Tegishli sovrin turi uchun ball to‘plash qoidalariga muvofiq hammadan ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi aksiyaning joriy kuni g‘olibi deb e’lon qilinadi, bu haqda ishtirokchining o‘ziga SMS-xabar yuboriladi.

Ballarni olish:
- «Boyib keting!» aksiyasi doirasida har bir to‘g‘ri javob uchun ishtirokchi 200 ball oladi. Har bir noto‘g‘ri javob uchun – 0 ball. Savollarning eng ko‘p miqdori sutkasiga 9 savoldan oshmaydi;
- Har kuni «Boyib keting!» aksiyasiga obuna to‘lovi amalga oshirilganidan so‘ng har bir ishtirokchi 200 ball oladi;
- Mobil telefoni hisobini to‘ldirishdagi har 1000 so‘m uchun ishtirokchiga 20 ball beriladi. Bunda bir vaqtning o‘zida ikkitadan oshiq bo‘lmagan hamda sutkasiga 100 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan hisob to‘ldirish inobatga olinadi;
Aksiya ishtirokchisi istalgan paytda o‘zi to‘plagan ballari miqdorini va joriy kun reytingidagi o‘z o‘rnini bilishi mumkin, buning uchun 6767 raqamiga ТОП (yoki TOP) so‘zini SMS-xabar tarzida jo‘natishi yoki win.ucell.uz saytidan ko‘rishi lozim.

Obuna toifalari:
1-toifa – o‘z hisobini to‘ldiruvchi barcha abonentlar, shuningdek, «Boyib keting!» aksiyasiga ulangan abonentlar. Narxi – kuniga 842 so‘m. 1-toifada aksiya ishtirokchilari kuniga 3 savol oladilar.

2-toifa – kuniga 1263 so‘mlik narxdagi «Boyib keting!» aksiyasiga ulangan abonentlar. 2-toifa doirasida ishtirokchi-abonentlar kuniga 6 savol oladilar.

3-toifa – kuniga 1684 so‘mlik narxdagi «Boyib keting!» aksiyasiga ulangan abonentlar. 2-toifa doirasida ishtirokchi-abonentlar kuniga 9 savol oladilar.

G'oliblarni aniqlash va sovrinlarni berish
1-toifa:
- Kunlik sovrin - 200 000 so'm
- Oylik sovrin - 2 000 000 so'm
- Yangi yil sovg'asi (2020 yil 31 dekabr) - 5 000 000 so'm
- Bosh sovrin-15 000 000 so'm

2-toifa:
- Kunlik sovrin-300 000 so'm
- Oylik sovrin - 5 000 000 so'm
- Yangi yil sovg'asi (2020 yil 31 dekabr) - 10 000 000 so'm
- Bosh sovrin – 50 000 000 so'm

3-toifa:
- Kunlik sovrin-500 000 so'm
- Oylik mukofot-10 000 000 so'm
- Yangi yil sovg'asi (2020 yil 31 dekabr) - 50 000 000 so'm
- Bosh sovrin-100 000 000 so'm

Aksiyaning kundalik sovrini g'olibi har kuni 23:29:59 holatiga ko'ra belgilanadi, kalendar oyining oxirgi kunlari bundan mustasno.
Joriy kunning eng ko'p ballarini to'plagan ishtirokchi quyidagi formula bo'yicha g'olib deb topiladi:
Formula bo'yicha eng ko'p ball to'plagan ishtirokchi:
Foydalanuvchi reytingi = A + B + 1 / T
Bunda:
A- hisobni to'ldirish uchun ballar
B - Aksiyada ishtirok etish uchun ballar
T- abonentning savollariga javob berishning umumiy vaqti (millisekundlar).

Har oylik aksiya sovrinlari g'oliblarini aniqlash 2020 yil 31 may, 2020 yil 30 iyun, 2020 yil 31 iyul, 2020 yil 31 avgust, 2020 yil 30 sentyabr, 2020 yil 31 oktyabr, 2020 yil 30 noyabr, 2021 yil 31 yanvar, 2021 yil 28 fevral, 2021 yil 31 mart, 2021 yil 31 mart, 2021 yil 30 apreda amalga oshiriladi.
Tanlangan toifadagi kalendar oyi davomida eng yaxshi 6 kunlik natijalar summasi bo'yicha eng yuqori reytingga ega bo'lgan ishtirokchi g'olib va sovrin sohibi bo'ladi.
Yangi yil aksiyasi g'oliblari 2020 yil 31 dekabr yakuni bo'yicha aksiyani o'tkazish davrida aniqlanadi. Tanlangan toifalar doirasida 2020-yil dekabr oyida barcha kundalik natijalar summasi bo'yicha eng ko'p ball to'plagan ishtirokchi g'olib deb e'tirof etiladi.
Aksiyaning asosiy sovrinlari g'oliblarini aniqlash aksiya o'tkazilish davrida aksiyaning oxirgi kuni yakunlari bo'yicha amalga oshiriladi. Tanlangan toifadagi aksiya davomida eng yaxshi 20 kunlik natijalar summasi bo'yicha eng ko'p ball to'plagan ishtirokchi g'olib deb e'tirof etiladi.

Xizmatni faollashtirish/o'chirish tartibi
Faollashtirish:
USSD-so'rov *676#;
6767 raqamiga 1, 2, 3 yoki boshqa matnli SMS;
win.ucell.uz veb-saytida avtorizatsiya qilgandan keyin tegishli havolani bosing;
Tegishli tugmani bosish orqali Telegram-botdagi telefon raqamini tasdiqlaganingizdan so'ng.

O'chirish:
USSD-so'rov *676*0#
6767 raqamiga STOP matni bilan SMS

Obunaning holatini tekshirish uchun 6767 raqamiga Info buyrug‘ini jo‘natish lozim.

Xizmat narxi

"Boyib keting" aksiyasi, 1-toifa – 842 so‘m QQS bilan;
"Boyib keting" aksiyasi, 2-toifa –  1263 so‘m QQS bilan;
"Boyib keting" aksiyasi, 3 toifasi – 1684 so‘m QQS bilan.

Aksiya o'tkazilish muddati: 01.05.2020 dan 30.04.2021 gacha.
Aksiya tashkilotchisi: "ArBoost" MCHJ»

Batafsil: win.ucell.uz
6767, 35790, 24680, 13579 "Boyib keting" aksiyasi, 1-toifa, narxlanish 35790 qisqa raqamidan ko’rinmas SMS orqali – 842 so‘m QQS bilan;

"Boyib keting" aksiyasi, 2-toifa, narxlanish 24680 qisqa raqamidan ko’rinmas SMS orqali –  1263 so‘m QQS bilan;

"Boyib keting" aksiyasi, 3 toifasi,  narxlanish 13579 qisqa raqamidan ko’rinmas SMS orqali – 1684 so‘m QQS bilan.
ArBoost SMS
«PRIME Light»  2020-yil 1-maydan 2020-yil 31-dekabrgacha PRIME global platformasi O‘zbekiston Respublikasi hududida promo-aksiya o‘tkaziladi. Promo-aksiya doirasida qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladi.

PRIME mahsulotlarini qadoqlashda reklama kodi (stiker) qo'llaniladi. Mahsulotni xarid qilishda, Abonent (Ishtirokchi) stikerni o'chiradi va stiker ostida bosilgan promo-kodni 6800 qisqa raqamiga yuboradi.
Shunday qilib, abonent hisobiga 10 000 so'm yoki boshqa
qimmatbaho sovg'alarni yutishi mumkin
.
Aksiyaning mukofot jamg'armasi quyidagilardan iborat:
- Abonent hisobini to‘ldirish: 10,000 so'mdan - 10000 dona.
- Qo'shimcha sovg'alar: Smart TV - 10 dona, Android smartfoni - 10 dona.
- Bosh sovrin - 5 dona Spark mashinasi.
Tashkilotchi, aksiya qoidalari, sovg'alar soni, ularni olish vaqti, joyi va tartibi to'g'risida ma'lumot manbai - www.pr1me.uz yoki +998781501881.

6800 raqamiga chiquvchi SMS-xabar narxi – 96.83 so‘m.
6800 96.83 so‘m PLAY MOBILE SMS
«FLASH»
Promo aksiyasi
2020-yil 1-maydan 2020-yil 31-dekabrgacha FLASH global platformasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida promo-aksiya o‘tkaziladi. Promo-aksiya doirasida qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladi.
• FLASH mahsulotlarini sotib olayotganda, abonent (aksiya ishtirokchisi) FlashUp banka kaliti ostidagi harf kodini topadi.
Uni www.flashup-jackpot.uz saytida yoki 7800 qisqa raqamiga SMS orqali ro'yxatdan o'tkazish kerak.
• Abonent (aksiya ishtirokchisi) harflarga 1 dan 9 gacha bo'lgan toq raqamlardan birini qo'shib, seyf kodini bilib oladi.
• Kodni topgan abonent (aksiya ishtirokchisi) jekpot va boshqa qimmatbaho sovg'alarni oladi!
Tashkilotchi, aksiya qoidalari, sovg'alar soni, ularni olish vaqti, joyi va tartibi to'g'risida ma'lumot www.flashup-jackpot.uz veb-saytida. Ishonch telefoni: +998935435435.

7800 raqamiga chiquvchi SMS-xabar narxi – 96.83 so‘m.
7800 96.83 so‘m PLAY MOBILE SMS
“Super Portal” xizmati doirasida “Omadli raqam” aksiyasi “Super Portal” xizmati doirasida “Omadli raqam” aksiyasi 5555 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib “tanishuvlar shahri”ga kirish, quyidagi SMS-xizmatlardan foydalanish imkonini beradi: valyutalar kursi, kunlik bioritm, avtosug‘urta.

Aksiya 2020-yil 1-martdan 31-martgacha davom etadi hamda “Omadli raqam” aksiyasi o‘tkazilishi paytida “Super Portal” xizmati bepul taqdim etiladi.

Akisya haftasiga 3 marta o‘tkaziladi: dushanba, seshanba va chorshanba kunlari. Samsung A10c smartfonlari o‘ynaladi.

Har bir smartfon o‘yini doirasida (barcha mobil operatorlar orasidan) faqat bitta ishtirokchi tanlanadi. Sovrindorlar ihtiyoriy tarzda «LUX CONTENT» XK tomonidan ishlab chiqarilgan dastur orqali tanlab olinadi (dastur randomizer dasturi prinsipi asosida ishlaydi).
Batafsil ma’lumotlar uchun kontent-provayder abonent bo‘limiga murojaat qilish mumkin: +998 78 1400501. Sayt: www.luxcontent.uz
5555 0,00 so‘m LUX CONTENT IVR
«AKFA LIGHTING»  2020-yil 1-martdan 2020-yil 31-dekabrgacha AKFA LIGHTING global platformasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida promo-aksiya o‘tkaziladi. Promo-aksiya doirasida qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladi.

Aksiyada Ucell abonentlari quyidagi shartlarga rioya qilib ishtirok etishlari mumkin:
“AKFA LIGHTNING” mahsulotining qadog‘iga promo-kod (stiker) yopishtiriladi. Abonent (aksiya ishtirokchisi), mahsulotni xarid qilib, stikerni o‘chiradi hamda stiker tagidagi promo-kodni 8600 qisqa raqamiga jo‘natadi. Shunday qilib, abonent qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladigan “Boriga baraka” teleko‘rsatuvining ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Aksiya haqida batafsil ma’lumot (aksiya tashkilotchisi, muddati va o‘tkazilishi muddati, o‘ynaladigan sovrinlar, olish mumkin bo‘lgan joyi va vaqti haqida) https://akfalighting.uz/  saytida.

8600 raqamiga chiquvchi SMS-xabar narxi – 96.83 so‘m.
8600 96.83 sum PLAY MOBILE SMS
Oltin Kalit promo aksiyasi "Level Up Solutions" MChJ tomonidan "Oltin kalit" aktsiyasining uzaytirilishi.

"Oltin Kalit" aksiyasi 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytiriladi.

“Oltin kalit”. Abonentga o‘yin ishtirokchisiga aylanib, qimmatbaho sovrinlar yutish imkoniyatini beradigan SMS-xizmat. Sovrinlar o‘yin o‘tkazayotgan hamkor tomonidan beriladi. Batafsil ma’lumotlar promo-kod ko‘rsatilgan mahsulotning yorlig‘ida.

Abonent promo-mahsulot (suv va boshqa ichimliklar) qopqog‘ining tagidan topgan o‘n xonali kodni 7889 raqamiga jo‘natadi, shu bilan aksiyadagi ishtirokini tasdiqlaydi. SMS narxi – 100 so‘m. Xizmat bir martalik.
7889 100 so‘m Level Up Solutions SMS
Maccoffee «Level Up Solutions» MChJ va «MILLENIUM DISTRIBUTION» MChJ bilan hamkorlikda promo-aksiya joriy etilganligi haqida e’lon qilishadi.

2020 yil 1-fevraldan 2021-yil 1-fevralgacha (shu kuni ham) promo-qadoqli Maccoffee-dan mahsulot sotib olib, siz O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan aksiya ishtirokchisi bo‘lishingiz mumkin.

Aksiyada quyidagi shartlarga amal qilgan holda Ucell abonentlari ishtirok etishlari mumkin:

• Promo qadoqli Maccoffee mahsulotini xarid qilish.
• Qadoqning ichki tomonida o‘nta sonli kodni topish va uni 3223 raqamiga SMS tarzida jo‘natish.

Kod jo‘natilganidan so‘ng abonent kod yutuqli yoki yutuqsizligi haqida javob SMS oladi,

Aksiya g‘oliblari yutilgan sovrin hamda murojaat etish kerak bo‘lgan manzil yozilgan SMS oladilar.

3223 raqamiga har bir chiquvchi SMS narxi – 125 so‘m.
Kiruvchi SMS – bepul.
Abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lmaganida abonent promo-aksiyada ishtirok eta olmaydi.

Abonent 3223 raqamiga SMS yuborib, shu bilan aksiya shartlariga hamda aksiya tashkilotchilaridan SMS-xabar olishga to‘liq rozilik bildiradi.

Aksiya haqida batafsil ma'lumot (aksiya tashkilotchisi, uni o'tkazish shartlari va qoidalari, o‘ynalgan sovrinlar, olish joyi va vaqti) www.maccoffee.uz veb-saytida va +99781293223 telefon raqami orqali.
3223 125 so'm Level Up Solutions SMS
«Hisobla, G‘olib bo‘l!» «Hisobla, G‘olib bo‘l!» bu – foydalanuvchilarga kun va/yoki kalendar oyi mobaynida oddiy matematik misollarni yechgan va ko‘ngilochar kontentni olgan holda sovrinlar yutib olish imkonini beruvchi viktorinadir.

Viktorinada SMS-xabarlarni qo‘llab-quvvatlovchi mobil telefonga ega bo‘lgan istalgan Ucell abonenti ishtirok eta oladi. «Hisobla, G‘olib bo‘l!» viktorinasini faollashtirish uchun abonentlar 9800 qisqa raqamiga istalgan (СТОП, STOP, STOP1, INFO kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni SMS tarzida jo‘natishlari lozim. Faollashtirish so‘roviga javoban, abonentga SMS-bildirishnoma jo‘natiladi; unda ushbu xizmat, narxlari va obunani bekor qilish shartlari haqida batafsil ma’lumot, shuningdek, birinchi savol – viktorinaning birinchi topshirig‘i (oson matematik misol) ham keladi. Abonent misolning javobini o‘sha SMS-xabarning o‘ziga javob tarzida, o‘sha qisqa raqamga jo‘natishi kerak. Masalan, abonentga «2+1*3=?» yuboriladi, abonent to‘g‘ri javob – 5 ni topishi va o‘sha SMSning o‘ziga javoban xizmatning 9800 qisqa raqamiga yuborishi lozim.
Viktorinada ishtirok etish uchun kunlik abonent to‘lovi – QQS bilan 1684 so‘m/kun. Kunlik abonent to‘lovi yechilganida abonent sovrinni yutib olish uchun qo‘shimcha 100 ballni hamda 20 savolga javob berish imkonini qo‘lga kiritadi. Har bir to‘g‘ri javob abonentga 10 ball beradi. Noto‘g‘ri javob ballarni bekor qilmaydi, foydalanuvchi navbatdagi savolni oladi.
Har bir ishtirokchining umumiy reytingi olingan (kunlik to‘lov va har bir to‘g‘ri javob uchun) ballar asosida shakllanadi.
Har bir ishtirokchining kunlik reytingi sutka davomida olingan ballardan tashkil topadi. Kunlik sovrinni bitta ishtirokchi haftada faqat bir marta yutib olishi mumkin.
Har bir ishtirokchining haftalik reytingi joriy hafta mobaynida olingan ballar miqdoridan tashkil topadi. Agar foydalanuvchi haftalik sovrinni yutib olsa, bir oy davomida u takroran sovrin yutib ololmaydi.
Har bir ishtirokchining oylik reytingi joriy oyda olingan ballar miqdoridan iborat bo‘ladi. Agar foydalanuvchi oylik sovrin yutib olsa, keyingi olti oy mobaynida takroran oylik sovrin yutib ololmaydi.
Har bir ishtirokchining yillik reytingi butun vaqt davomida (yil mobaynida) olingan ballardan tashkil topadi.
Agarda ikki yoki undan ortiq abonent bir xil miqdorda ball to‘plasa, u holda ular orasidan savollarga hammadan oldin javob bergani, masalani oldin yechib bo‘lgani g‘olib deb tanlanadi.
Obunani bekor qilganidan so‘ng abonent viktorinani yana bir marta bepul faollashtira oladi; buning uchun 9800 qisqa raqamiga istalgan (СТОП, STOP, STOP1, INFO kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni, shu jumladan, obunadan voz kechishdan oldin olingan so‘nggi savolga javobni ham SMS tarzida jo‘natishi kifoya.
Barcha abonentlar viktorinaga ilk bor ulanishda bir kun bepul ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritadilar.
Agar abonent o‘z obunasini to‘xtatsa va keyin qayta ulansa (shu kunning o‘zida), qayta ulanishda uning hisobidan obuna uchun shu kunning o‘zida (qayta) to‘lov yechiladi. Xizmatga obuna uchun to‘lov abonentning xizmat obunasini bekor qilishigacha yoki raqami tizimdan o‘chirilishida yechib boriladi. Kontent-provayder kun davomida bir necha marotaba xizmat uchun mablag‘ yechishga urinadi. Abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, narxlash amalga oshadi. Abonent xizmatdan faqat abonent to‘lovi yechilganida foydalanishi mumkin.

Baxtli soatlar: ushbu vaqt mobaynida to‘g‘ri javob yuborib, abonent odatdagidan 2 karra ko‘proq ball ishlab olish imkoniga ega bo‘ladi. Viktorina ishtirokchilari o‘rnatilgan vaqt oralig‘i haqida faol ishtirokchilar bazasiga SMS-tarqatma jo‘natish orqali xabardor qilinadilar.
O‘rnatilgan vaqt oralig‘ida ishtirokchi tomonidan jo‘natiladigan xabarlar soni cheklanmaydi.
Xizmat qulay bo‘lishi uchun, agar abonent xizmatning to‘liq qiymatini – 1684 so‘mni to‘lay olmaydigan bo‘lsa, unga qisman to‘lash va shunga mos miqdorda savollar va ballar olish imkoni beriladi: 1263 so‘mga – 15 savol va 75 ball, 842 so‘mga – 10 savol va 50 ball, 421 so‘mga – 5 savol va 25 ball. Qisman to‘lov abonent hisobida to‘liq to‘lovni yechish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa kontent-provayder tomonidan yechiladi.

Xizmatga obunani bekor qilish uchun 9800 raqamiga STOP buyrug‘ini jo‘nating; Obunaning holatini tekshirish uchun 9800 raqamiga INFO buyrug‘ini jo‘natish lozim.
Viktorina tashkilotchisi: «SDS Carrier Solutions» MChJ
Viktorinaning amal qilish muddati: 15.01.2020 dan 14.01.2021 gacha.

Batafsil: www.9800.uz
9800, 9801, 9802 1684 so'm/kun.  Xizmatning qulay bo‘lishi uchun, agar abonent xizmatning to‘liq qiymatini – 1684 so‘mni to‘lay olmaydigan bo‘lsa, unga qisman to‘lash va shunga mos miqdorda savollar va ballar olish imkoni beriladi: 1263 so‘mga – 15 savol va 75 ball, 842 so‘mga – 10 savol va 50 ball, 421 so‘mga – 5 savol va 25 ball. SDS Carrier Solutions SMS
Tizer promo aksiyasi Tizer mahsulotining qadog‘iga promo-kod (stiker) kiritiladi. Abonent (aksiya ishtirokchisi) mahsulotni xarid qilib, stikerni o‘chiradi hamda 3100 raqamiga stiker ostidagi promo-kodni jo‘natadi.
Shunday qilib, abonent qimmatbaho sovg’alar o’ynaladigan «O’zingTanla» teledasturi ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Aksiya haqida batafsil ma’lumot (aksiya tashkilotchisi, o‘tkazilishi muddati va qoidalari, o‘ynaladigan sovrinlar, joylar hamda topshirish sanasi) www.tizer.uz saytida.
Promo-aksiya 2020-yilning 31-dekabr sanasigacha amal qiladi.
3100 84,2 so‘m/ SMS PLAY MOBILE SMS
Smile Tea promo aksiyasi 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha
Smile Tea mahsulotini xarid qilib, O‘zbekiston Respublikasi hududida promo-aksiya ishtirokchisiga aylanish mumkin.

Smile Tea mahsulotining qadog‘iga promo-kod (stiker) kiritiladi. Abonent (aksiya ishtirokchisi) mahsulotni xarid qilib, stikerni o‘chiradi hamda 9500 raqamiga stiker ostidagi promo-kodni jo‘natadi.

Aksiya haqida batafsil ma’lumot (aksiya tashkilotchisi, o‘tkazilish muddati va qoidalari, o‘ynaladigan sovrinlar, joylar hamda topshirilish sanasi) www.wowpromo.uz saytida.

9500 raqamiga bitta chiquvchi SMS-xabar narxi – 100 so‘m.
9500 100 so‘m/SMS PLAY MOBILE SMS
«Omadli raqam» Aksiyasi Aksiya 2019-yil 12-fevraldan 29- fevralgacha «Info Shahri» xizmati obunachilari orasida bepul o‘tkaziladi. Aksiyada ishtirok etish uchun abonent «Info Shahri» xizmati obunachisi bo‘lishi lozim. Mazkur xizmatga obuna bo‘lish uchun 5454 qisqa raqamiga X kodini jo‘natish lozim.
Sovrin sifatida quyidagilar o‘ynaladi:
- Samsung A10 smartfoni
Aksiyaga obunani bekor qilish uchun “STOP X” kodini 5454 raqamiga yuboring.
Batafsil ma’lumot 781400501 telefoni orqali yoki https://sports.uz/oz/page/omadli-raqam saytida.
5454,
0720,
5005
5454 raqamiga kiruvchi va chiquvchi SMS – 0 so‘m. Aksiya tugashi bilan 505,2 so‘m/kun ЧП "Lux Content" SMS
«Omad qolingda» aksiyasi Mazkur servis yordamida abonentlar, savollarga javob berib, turli sohalar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari, shuningdek, g‘olib bo‘lsalar sovrin yutib olishlari mumkin. Aksiya ishtirokchisi har kuni asosiy o‘yin bo‘yicha 10 savol oladi, ularga javob berishi va ball to‘plashi mumkin. Asosiy o‘yinni o‘ynagach, abonent 50 savoldan iborat bonus bosqichida ishtirok etishi mumkin, bu bilan o‘yin kuni mobaynida g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatini oshiradi. Bonus bosqichidagi savollarga yuboriladigan har bir javob pullidir. Agar abonent o‘z natijasini yaxshilashni istasa, unga asosiy o‘yinni qayta o‘ynash imkoniyati taqdim etiladi, buning uchun tegishli «Re» SMS-so‘rovini 4015 qisqa raqamiga yuborishi lozim. O‘yin kuni natijalariga ko‘ra tizim shu kundagi asosiy o‘yinlardan birining eng yaxshi natijasini hamda bonus bosqichida to‘plangan ballarni qabul qiladi. «Omad qo‘lingda» xizmatiga obuna uchun kunlik abonent to‘lovi – 1263 so‘m. Abonentlar faqat abonent to‘lovi samarali yechib olingan taqdirdagina savollarga javob berishlari va viktorinada ishtirok etishlari mumkin.

Obunani to‘xtatish uchun STOP so‘zini 4015 qisqa raqamga yuboring.
4015, 4012, 4013 *415# 1263 so'm ООО "Speed Network Group" SMS
«Baxtli yil» viktorinasi «Baxtli yil» - bu Ucell viktorinasi bo'lib, unda ishtirok etgan abonent har kuni 30 ta savol oladi. Har bir to'g'ri javobi uchun abonentga 50 ball beriladi, noto'g'risi uchun - 10 ball.

12-dan 31-maygacha "Baxtli yil" viktorinasining maxsus bosqichi o‘tkaziladi.
KUNDALIK SOVRINLAR: 3 000 000 so‘m (haftalik va oylik sovrinlarni topshirish kunlari bundan mustasno).
• Kontent-xizmatning maxsus bosqichida 17 nafar g‘olib aniqlanadi. Kun yakuni bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan har bir ishtirokchi 3 000 000 so‘mdan oladi.

HAFTALIK SOVRINLAR: 50 000 000 so‘m (har yakshanba).
• Hafta yakuni bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan har bir ishtirokchi (3 nafar) g‘olib aniqlanadi.

To'plangan ballar haqida ma'lumot olish uchun 1010 raqamiga «BALL» buyrug'ini yuborish lozim. Viktorinada qatnashishdan voz kechish uchun «STOP» buyrug'ini yuborish zarur. Batafsil ma'lumot olish uchun 1010 raqamiga «HELP» buyrug'ini yuborish kerak. 1010 raqamiga barcha chiquvchi va kiruvchi xabarlar bepul. Kunlik abonent to'lovi - 1684 so'm.

Viktorinada ishtirok etishdan avval, viktorina shartlari bilan 1010.ucell.uz saytida tanishib chiqishingizni so'raymiz.

Narxlanishlar 6434 (yoki 64341) raqamidan ko‘rinmas kiruvchi SMS orqali amalga oshiriladi.
1010, 6434, 64341 Kunlik abonent to‘lovi – 1684 so‘m. Smile Mobile SMS
«KRON TELEKOM NETVORK» XKdan aksiya Ucell abonentlari Redmi Note 8T smartfonini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar!

Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

- tegishli xabar jo‘natilganida IVR 777 ovozli xizmatiga obuna bo‘lish;

- xizmat bo‘yicha abonent to‘lovini to‘lash va xizmatning faol foydalanuvchisi bo‘lish;

Xizmat 3 kun davomida bepul taqdim etiladi!

Keyin abonent to‘lovi kuniga 421 so‘mni tashkil etadi.

Aksiya 1 oy davomida o‘tkaziladi. G‘olib YouTube'da tasodifiy tartibda aniqlanadi.

Aksiya tashkilotchisi - "KRON TELEKOM NETVORK" XK

Ommaviy oferta: www.cmc.uz
       

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.