Abonentlarga
Internet
Ma'lumot
Ucelldan 5G

Ucelldan 5G

Ucell yangi – beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasini taqdim etadi!

Endi Ucelldan 5G Internet har bir abonent uchun amal qiladi!

5G – bu:

 Yuqori 1 Gb/soniya tezlikdagi mobil Internet;

 Bugunoq smartfoningizda juda tezkor, barqaror internet;

 Biznes, ko‘ngilochar o‘yinlar, muloqot va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan mobil Internetdan tushunarli va qulay tarzda foydalanish;

 Har bir abonent uchun ma’qul va hamyonbop tarif rejalari. 

QR: 5G


5G ga qanday ulanish mumkin?

• Siz ko‘rsatgan manzilda Ucell 5G qamrovi mavjudligiga ishonch hosil qilish;
• Mobil qurilmangiz 5G Band 78 (3500 Mgs chastotasida) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashini tekshirish;
• 5G funksiyali mobil qurilmalardan (Modem, Router yoki Smartfon) eng maqbul turini tanlash;
• Amaldagi tarif va raqamni saqlab qolgan holda, mavjud raqamingizga bepul 5G xizmatini ulatish;
• 5G xizmatini ulatish uchun Ucell savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga yoki 8123 raqami orqali Call-markazga murojaat qilish lozim;
• Qamrov hududiga bog‘liq holda tarmoqni (5G/4G/3G/2G) avtomatik qidirish va tanlash uchun tarmoqning "Avto" rejimini tanlash. Tarmoqni tanlash ustunligi – 5G dan 2G tarmog‘iga. 5G funksiyali qurilmalar oldingi avlod – 3G va 2G tarmoqlarida ham faoliyat ko‘rsatadi;
• Ovozli xizmat va USSD-so‘rovlar 5G tarmog‘ida amal qilmaydi.

Ucelldan o‘ta yuqori tezlikdagi 5G bilan yangi imkoniyatlar eshigini oching!

Ilova qilingan faylda Band 78 chastotasini qo'llab-quvvatlaydigan qurilmalarning taxminiy ro'yxati bilan tanishish mumkin. Shunga qaramay, 5G tarmog'ining amal qilishi ko'plab omillarga bog'liq. Shu jumladan, mobil qurilmaning ishlab chiqaruvchi tomonidan o'rnatilgan dasturiy ta'minotiga. Shuni inobatga olishingizni so'raymizki, ayrim mobil qurilma ishlab chiqaruvchilar 5G tarmog'Idan foydalanishni dasturiy ta'minot darajasida vaqtincha cheklashmoqda, chunki tarmoq qamrovi kamligi tufayli 5G tarmog'Idan foydalanishda qiyinchiliklarga yo'l qo'ymaslik kerak.

Hurmatli abonent,
5G tarmog‘i rejimi faqat ma’lumot uzatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u ovozli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklashi hamda abonent raqamini zaxiralashi mumkin, bu esa pulli xizmatlardan foydalanishga, shu jumladan abonent to‘lovining yechilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
5G tarmog‘i ishlashining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, agarda internetdan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, mobil qurilmangiz sozlamalari yordamida tarmoq rejimini 2G yoki 3G ga o‘tkazib qo‘yishni tavsiya etamiz.
Qamrov hududi

Bugungi kunda 5G Internet faqat Toshkent shaharida (Toshkent City hududida) amal qiladi. Ucell yangi hududlarni o‘zlashtirish jarayonida bo‘lib, tez orada ushbu tarmoq shaharning boshqa tumanlarida va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham amal qila boshlaydi.
 
Internet-to‘plami

"Cheksiz 5G" Internet-to‘plami.

To‘plam narxi - 5000 so‘m.
Amal qilish muddati - 5 kun.
Internet-to‘plamni Kompaniya ofislarida yoki 8123 raqamidagi Call-markazi yordamida faollashtirish mumkin.
Cheksiz internet-trafik faqat 5G baza stansiyalarining qamrov hudidida amal qiladi.
Xizmat yoqilganida, abonent hisobining holatidan qat’i nazar, internet-to‘plam narxi to‘liq yechib olinadi.

Quyidagi xizmatlardan biri ulangan bo‘lsa, "Cheksiz 5G" xizmatini faollashtirish imkoni mavjud emas: "Cheksiz Internet-to‘plamlar", "Mega BOOM", "Tungi Internet", "Tungi Internet-to‘plamlar", "Maksimal Internet", "TAS-IX uchun Internet-to‘plamlar", "Tunda 4Gni sinab ko‘ring", "Trafik+", "Navro‘z 2021", shuningdek "Uchar internet", "Special Unlim", "Special Unlim Turbo", "Drive" tarif rejalarida.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.