Abonentlarga
Internet
Internet xizmatlar
Yangi oylik internet-to‘plamlar

Yangi oylik internet-to‘plamlar

Arzon narxda, ko‘proq hajimga ega bolmoqchimisiz?!

To‘plamlardan biriga bir marta ulaning va har 30 kunda yangi to‘plamga ega bo‘ling. To‘plamlar avtomatik tarzda belgilanadi.

To'plamga ulanish:

Trafik qoldig‘ini tekshirish: *107# so‘rovi orqali tekshirishda, barcha Internet-sessiyalar yopilgan vaqtdagi megabaytlar qoldig‘i ko‘rsatiladi.. 

Avtomatik tarzda belgilanishni *555*3*11*1# raqamiga so‘rov jo‘natib, o‘chirish mumkin.

11.03.2023-y.dan “Yangi oylik internet-to‘plamlar”dan Rossiya Federatsiyasi hududida “MegaFon” mobil operatori tarmog‘idagi roumingda foydalanish mumkin.


Oylik Internet to‘plamlari

Ucell xizmatlarini Online rejimda xarid qiling!
Buning uchun to‘plam sahifasiga kirib, "Xarid qilish" tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng, o‘z raqami va bir martalik parolni kiritishi kerak. Bir martalik parol *233# raqamiga USSD-so‘rov yuborish yo‘li bilan qabul qilinadi. Shunda, xizmatni faollashtirish narxi abonent hisobidan yechiladi va keltirilgan tavsiflar asosida amal qiladi. Bir martalik parolning amal qilish davri 10 daqiqani tashkil etadi.
Ushbu xizmat haqi oldindan to‘lanuvchi tizim (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.

To‘plamlar Berilgan trafik hajmi, MB Narxi, so‘m To‘plamga ulanish
USSD so‘rovi
Xarid qilish MB amal qilish muddati
To‘plam 1 1024 9 000 *555*3*1*1# 30 kun
To‘plam 2 2048 15 000 *555*3*2*1#
To‘plam 5 5120 25 000 *555*3*3*1#
To‘plam 8 8192 35 000 *555*3*4*1#
To‘plam 10 10240 45 000 *555*3*5*1#
To‘plam 20 20480 65 000 *555*3*6*1#
To‘plam 30 30720 75 000 *555*3*7*1#
To‘plam 50 51200 85 000 *555*3*8*1#
To‘plam 70 71680 100 000 *555*3*9*1#
To‘plam 100 102400 125 000 *555*3*10*1#

  
Xizmat shartlari

“Yangi oylik internet-to‘plamlar” shartlari

Faollashtirish: *555#
Trafik qoldig‘ini tekshirish: *107# USSD-so‘rovi. Mazkur so‘rov orqali tekshirishda, barcha internet-sessiyalar yopilgan vaqtdagi megabaytlar qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasini *555*3*11*1# raqamiga so‘rov jo‘natib, o‘chirish mumkin.
  • Faollashtirish faqat «Doimiy» va «Sof» tarif tizimilari (Sof 150 tarifidan tashqari) hamda «Start 10», «Ovoz 15» va «Internet 60» tarif rejalari abonentlari uchun amal qiladi.
  • To’plam faqat Rossiya Federatsiyasi hududida “MegaFon” mobil operatori tarmog‘idagi roumingda amal qiladi.
  • Abonent to‘lovi har 30 kunda yechiladi.
  • Oylik internet-to‘plamlar avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi bilan belgilanadi. Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasini *555*3*11*1# raqamiga so‘rov jo‘natib, o‘chirish mumkin.
  • Abonent to‘lovi samarali yechilganida, Internet-to‘plam bo‘yicha trafik uning belgilangan paytidan boshlab 30 kunlik amal qilish muddati bilan to‘liq hajmda belgilanadi. Agar shaxsiy hisobdagi mablag‘ internet-to‘plamning avtomatik belgilanishiga yetarli bo‘lmasa, internet-to‘plam o‘chirilmaydi va hisobingizda uning to‘loviga yetarli mablag‘ bo‘lishi bilan u avtomatik belgilanadi. Bunda abonent to‘lovi samarali yechilganida, internet-to‘plamning amal qilish muddati oxirgi belgilangan paytidan boshlab o‘rnatiladi.
  • Agar oylik internet-to‘plam uchun abonent to‘lovi o‘z vaqtida yechilmasa, muayyan to‘plam bo‘yicha internet-trafik limitlarining oldingi davrda sarflanmagan qoldiqlari bekor qilinadi.
  • Internet-to‘plamning avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi faol bo‘lsa, to‘plam faollashtirilganidan 30 kun o‘tib, agar hisobda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan nominaldagi yangi to‘plamni belgilaydi. Bunda oldin xarid qilingan to‘plamdan qolgan trafik yangisiga qo‘shiladi. Yangi internet-to‘plam trafigi xizmat ulanganidan/avtomatik tarzda belgilangandan keyingi 31-kuni 00:00 dan boshlangan davrda belgilanadi. Ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, internetdan foydalanishdan avval, yangi to‘plam belgilanganligini tekshirish (USSD *107#) zarur.
  • Amaldagi, faol internet-to‘plam uchun abonent to‘lovi o‘z vaqtida yechilgan taqdirdagina, xarid qilingan to‘plamdagi sarflanmagan internet-trafikning qoldig‘i yangi davrda (avtomatik uzaytirishdan keyin navbatdagi oyda) ham amal qiladi.
  • Oldingi davrdan ko‘chirib o‘tkazilgan oylik limitlarning qoldig‘i toki yangi davrning oxiriga qadar amal qiladi (muddati samarali uzaytirilganida).
  • Xizmatni faollashtirish uchun so‘rov yuborgandan so‘ng, xizmat samarali faollashganini tasdiqlovchi SMS-xabar kelishini kuting. Agar SMS-xabar kelmasa, trafik belgilanganini tekshirish uchun *107# USSD-so‘rovidan foydalanishni tavsiya etamiz.
  • Agar internet-to‘plam avtomatik belgilanishi paytida abonent raqami hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, to‘plam belgilanmaydi.
  • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi ochirilsa, internet-to‘plam ulangan vaqtdan boshlab 30 kundan so‘ng trafikning qoldig‘i nolga tenglashtiriladi.
  • Intenet-to‘plamga qayta/yangidan ulanganda, agar avvalgi to‘plam amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, yangi to‘plamga kiritilgan trafik avvalgi to‘plamdagi ishlatilmagan trafik qoldig‘iga qo‘shilmaydi.
  • Oylik internet-to‘plamlar doirasida taqdim etilgan limitlar har bir belgilangan internet-to‘plam uchun o‘rnatilgan muddatga muvofiq – 30 kun amal qiladi.
  • Internet-trafik limitining qoldig‘ini *107#, *100#, *900# so‘rovlari yordamida, shuningdek Shaxsiy kabinetda, Telegram boti va IVR orqali tekshirishda “Oylik internet-to‘plamlar”, “Maxsus internet-to‘plamlar” va “Yangi oylik internet-to‘plamlari” bo‘yicha umumiy internet-trafik qoldig‘i aks etadi, amal qilish muddati esa so‘nggi xarid qilingan internet-to‘plamga ko‘ra ko‘rsatiladi.
  • Faollashtirilgan har bir internet-to‘plam bo‘yicha limitlar qoldiqlarini *555# USSD-menyusining “Boshqarish” “to‘plam q‘oldigini tekshirish” bo‘limida tekshirish mumkin.
  • To‘plamning amal qilish muddati so‘nggi yoqilgan to‘plam muddatidan kelib chiqib belgilanadi.
  • Tarif rejasi bo‘yicha va internet-to‘plam bo‘yicha limit mavjud bo‘lsa, birinchi navbatda tarif rejasi bo‘yicha, so‘ng internet-to‘plam bo‘yicha limitlar sarflanadi.
  • Intenet-to‘plamga kiritilgan limit tugagach, narxlash tarif rejasi shartlariga ko‘ra Ucell-Internet narxlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Agar abonentda 19.04.2022 sanasigacha internet-to‘plam yoqilgan bo‘lsa, uning shartlari toki abonent internet-to‘plamni o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘chirguniga qadar saqlanib qoladi.
  • Agar to‘plamni xarid qilish paytida internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, internet-sessiyani to‘xtatib, qaytadan ulanishingiz lozim va shundan keyin internetda ishlashni yana davom ettirishingiz mumkin.
  • Haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlari uchun to‘plam doirasida internet hisobda MB bo‘lganda narxlanuvchi ma’lumotning kvotasi – 1 KB.
  • “Yangi oylik internet-to‘plam” faollashtirilganida, oldingi internet-to‘plam bekor qilinadi. Bekor qilingan to‘plam trafigining qoldig‘i bekor qilingan to‘plam muddatining oxirigacha amal qiladi.
Abonentlar diqqatiga!

Xizmat belgilanganligi haqidagi SMS-xabar qabul qilinganidan keyingina xizmat faollashadi. Agarda Siz bunday SMS-xabar qabul qilmagan bo‘lsangiz, xizmat faollashganligini tekshirish uchun *555*3*11# USSD-so‘rovidan foydalanishni tavsiya etamiz. Agar trafik belgilanmagam bo‘lsa, internet Sizning tarifingizga ko‘ra narxlanadi. Bu holda Kompaniya taqdim etilgan xizmatlar bo‘yicha qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.

“Sof”, “Doimiy” TT va “Ovoz 15”, “Internet 60”, “Start 10” tarif rejalariga o‘tishda 26.07.2022-y.dan quyidagi shartlar amal qiladi:
“Sof”, “Doimiy” TT va “Ovoz 15”, “Internet 60”, “Start 10” tarif rejalariga o‘tishdan oldin faollashtirilgan internet-trafik limiti qoldig‘ining muddati “Sof”, “Doimiy” TT va “Ovoz 15”, “Internet 60”, “Start 10” tarif rejalariga o‘tgandan so‘ng “Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi bo‘yicha “Yangi oylik internet-to‘plamlar” faollashtirilganda uzaytirilmaydi.
Agar abonentda “Sof”, “Doimiy” TT va “Ovoz 15”, “Internet 60”, “Start 10” tarif rejalariga o‘tishdan oldin faollashtirilgan internet-to‘plam mavjud bo‘lsa, u holda uning shartlari toki internet-to‘plamni mustaqil o‘chirmaguncha, o‘z ixtiyoriga ko‘ra “Yangi oylik internet-to‘plamlar”ni faollashtirmaguncha yoki “Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi bo‘yicha yangi internet-to‘plam faollashtirmaguncha saqlanib turadi.
 
«Sof», “Doimiy” TT va «Start 10», «Ovoz 15», «Internet 60» tarif rejalarida «Qadrdonlar» sodiqlik dasturi doirasida internet-to‘plamni faollashtirish «Oylik internet-to‘plamlar» shartlariga ko‘ra amalga oshiriladi.

 
Tavsiya etilgan xizmatlar




Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.