Abonentlarga
Internet
Internet xizmatlar
Metroda Ucell cheksiz internet-to‘plamlari

Metroda Ucell cheksiz internet-to‘plamlari

Endi Ucell aloqasi yer osti metrosinig barcha bekatlarida mavjud. Onlaynda bo‘ling, videolar tomosha qiling, musiqa tinglang, yer osti metrosidan qo‘ng‘iroqlar qilib do‘stlaringizni hayratda qoldiring.




To‘plamlar Trafik hajmi Narxi, so‘m Internet-trafikning amal qilish muddati Internet-trafikning amal qilish muddati
Cheksiz 1 kun Cheksiz 1000 05:00 dan 23:59 gacha 24 soat
Cheksiz 30 kun 10 000 30 kun

Xizmat shartlari:
  • Internet-to‘plam faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlariga va raqam Faol holatda bo‘lganida belgilanadi.
  • Internet-to‘plamni 05:00 dan 23:59 gacha bo‘lgan davrda faollashtirish mumkin.
  • Aksiya doirasida belgilangan internet-trafik belgilangan vaqtdan boshlab 05:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
  • Internet-to‘plamning amal qilish muddati – faollashtirilgan vaqtdan boshlab 24 soat.
  • Internet-to‘plamni *600# USSD-so‘rovi vositasida boshqarish mumkin.
  • Agar xizmatning belgilanish vaqtida hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, xizmatni faollashtirib bo‘lmaydi.
  • To‘lov xizmatning amal qilish davri uchun bir martalik shaklda yechib olinadi.
  • Agar abonent hisobida internet-to‘plamlar/xizmatlar yoki tarif rejasi bo‘yicha ajratilgan internet-trafik mavjud bo‘lsa, birinchi navbatda «Ucell metroda» aksiyasi doirasida taqdim etilgan Internet-trafik sarflanadi.
  • «Ucell metroda» xizmati faol bo‘lgan taqdirda, qayta faollashtirish mumkin emas.
  • Internet-to‘plam o‘chirilganda internet-to‘plam doirasida taqdim etilgan trafik nolga tenglashtiriladi.
  • Belgilangan internet-trafik faqat yer osti metrosida amal qiladi. Yer osti metrosidan chiqib ketayotganda, trafik tarif rejasiga muvofiq narxlanadi. Agar abonent kun davomida metroga qayta tushsa, trafik bonusli trafikdan sarflanadi. Bunda, metroga kirgandan so‘ng mobil qurilmani «Avia rejimi»ga o‘tkazish yoki telefonni o‘chirib-yoqish kerak bo‘ladi.
  • Taqdim etilgan internet-trafik tugagandan so‘ng yoki internet-to‘plamning amal qilish muddati tugagach, internet tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
  • Amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, undan yana foydalanish uchun *600# USSD-so‘rovi orqali qaytadan ulatish kerak.
  • Internet-to‘plam «Special Unlim», «Special Unlim turbo», «Drive», «Uchar Internet» tarif rejalarida va «TAS-IX», «Soatbay Internet», «Tungi Internet», «Tungi Internet-to‘plamlar», «Internet Mega BOOM», «Maksimal internet», «Cheksiz Internet-to‘plamlar», «Oylik 4G Internet-to‘plamlar», «Tunda 4Gni sinab ko‘r», «Navro‘z 2021», «Hayit 2021» xizmatlari faol bo‘gan holda amal qilmaydi.
  • «Trafik+» va «Ucell metroda» xizmatlari bir vaqtda yer osti metrosida faol bo‘lgan holatda, trafik sarflanishi birinchi navbatda «Ucell metroda» xizmati doirasida amalga oshiriladi.
  • «Ucell metroda» aksiyasi doirasidagi internet-trafikdan 3G va 4G tarmoqlarida foydalanish mumkin.
  • Yer osti metro bekatlarida 2G tarmog‘i amal qilmaydi. 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.