Sizlarga mamnuniyat bilan xabar bermoqchimiz, endi xizmatni o'chirish uchun tegishli opsiyani tanlash lozim va faqat shu opsiyaning o'zini o'chirish mumkin, bu esa, o'z navbatida, avvalgidek, barcha opsiyalar o'chirilishini oldini oladi.
-
Xizmatga faqat haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlari hisbolarida yetarlicha mablag‘ bo‘lganda faollashtirishlari mumkin.
-
Hisobda xizmatni faollashtirish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, to‘plam belgilanmaydi.
-
Xizmatning amal qilish muddati – faollashtirilishi paytidan boshlab 30 kun.
-
To‘plam faollashtirilgan paytidan 30 kun o‘tgach, xizmat o‘chiriladi, undan foydalanishda davom etish uchun xizmatni qaytadan faollashtirish lozim;
-
Ajratilgan internet-trafik limiti to‘liq sarflanib bo‘lganidan so‘ng, tarmoqqa kirish tezligi pasayadi va xizmatning amal qilish muddati tugagunicha 64 kbit/soniyadan oshmaydigan holatda ishlaydi.
-
Narxlar soliqlar bilan ko‘rsatilgan.
-
Agar abonent quyidagi xizmatlardan biri faollashtirgan bo‘lsa, mazkur xizmatlar to‘plamidan va aksincha foydalanib bo‘lmaydi: “Tungi internet”, “4Gni sinab ko‘r”, “Cheksiz internet-to‘plamlar”, “Oylik 4G internet-to‘plamlar”, “Tungi internet-to‘plamlar”, “Internet Mega BOOM”, “Bolalar uchun”, “Maksimal internet", iTV onlayn-kinoteatri, Mediabay onlayn kinoteatri.
-
Agar xizmat faollashtirilishi paytida internet-sessiya faol bo‘lsa, sessiyani to‘xtatib, USSD-so‘rov orqali xizmatni faollashtirgandan keyin sessiyani yangilash lozim.
-
Agar abonent qurilmasi avtomatik tarmoq rejimiga sozlangan bo‘lsa: 2G/3G/4G yoki faqat 4G tarmoq rejimiga sozlangan bo‘lsa, qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirishdan oldin abonent qurilmasini quyidagi rejimlardan biriga sozlash lozim: 2G/3G/Faqat 2G/Faqat 3G. Qo‘shimcha xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent qurilmasida tarmoq rejimi istalgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
-
USSD-so‘rov jo‘natilganidan keyin xizmat faollashtirilganligini *777# USSD-so‘rovi orqali tekshirish lozim. Agar faollashtirish tasdiqlanmasa, Kompaniya shikoyatlarni qabul qilmaydi hamda qayta hisob-kitoblarni amalga oshirmaydi.
-
Agar abonentda "Trafik +" va "Soatbay internet" xizmatlari faol bo'lsa, unda internet-trafik birinchi navbatda faollashtirilgan "Trafik +" xizmati opsiyasiga muvofiq sarflanadi, boshqa yo'nalishlar uchun "Soatbay internet" xizmati doirasidagi internet-trafik sarflanadi.
-
"Trafik +" xizmati "Sof 150", "Special Unlim" va "Special Unlim Turbo" tarif rejalar tizimida amal qilmaydi.
-
Telegram, Viber, WhatsApp, Facebook Messenger, Instagram, Vkontakte, IMO ilovasi orqali audio/videoqo‘ng‘iroq qilganda “Trafik +” xizmatiga ajratilgan internet-trafik emas, balki tarif rejasida berilgan umumiy limit yoki internet-to‘plamlar doirasidagi internet-trafik sarflanadi.
-
«Google Play Market» qo‘shimcha opsiyasini faqat «Trafik +» xizmatining asosiy opsiyasi: «Messenjer», «Ijtimoiy tarmoqlar», Zoom, «YouTube», «YouTube+Telegram», «Instagram», «Instagram+YouTube+Telegram», «YouTube+Telegram+PUBG Mobile» yoki «Instagram+YouTube+Telegram+PUBG Mobile» faol bo‘lganida ulatish mumkin..
-
«Google Play Market» opsiyasi qo‘shimcha bo‘lib, «Trafik +» xizmatining asosiy opsiyasi amal qilish muddatining oxirigacha belgilanadi.
-
«Trafik +» xizmatining asosiy opsiyasi amal qilish muddati tugashi yoki bu muddat tugamasidan avval abonent tomonidan o‘chirilishi bilan «Google Play Market» qo‘shimcha opsiyasi ham o‘chadi va, shunga mos tarzda, «Google Play Market» qo‘shimcha opsiyasidan foydalanishni davom ettirish uchun abonent «Trafik +» xizmatining asosiy opsiyalaridan («Messenjer», «Ijtimoiy tarmoqlar», Zoom, «YouTube», «YouTube + Telegram», «Instagram», «Instagram+YouTube+Telegram», «YouTube+Telegram+PUBG Mobile» yoki «Instagram+YouTube+Telegram+PUBG Mobile») istalgan birini qaytadan ulatishi va keyin «Google Play Market» qo‘shimcha opsiyasini ulatishi lozim bo‘ladi.
-
To'plam o'chirilganida, foydalanilmagan limitlar qoldig'i nolga tenglashtiriladi.
-
Agar «Instagram+YouTube+Telegram» opsiyasi faol bo‘lsa, «Trafik +» xizmatining «Ijtimoiy tarmoqlar», «Messenjerlar», «YouTube», «YouTube+Telegram», «Instagram» opsiyalarini yoki aksini faollashtirib bo‘lmaydi.
-
Agar «Instagram» opsiyasi faol bo‘lsa, «Trafik +» xizmatining «Ijtimoiy tarmoqlar», «Instagram+YouTube+Telegram» opsiyalarini yoki aksini faollashtirib bo‘lmaydi.
-
Agar «Cybersport» opsiyasi faol bo'lsa, «Trafik +» xizmatining «Google Play Market opsiyasi yoki aksincha faollashtirib bo’lmaydi.
-
Agar «YouTube+Telegram+PUBG Mobile» opsiyasi faol bo‘lsa, «Trafik +» xizmatining «Messenjerlar», «YouTube», «YouTube+Telegram», «Instagram+YouTube+Telegram», «Instagram+YouTube+Telegram+PUBG Mobile», «Cybersport» opsiyalarini yoki aksincha faollashtirib bo‘lmaydi.
-
Agar «Instagram+YouTube+Telegram+PUBG Mobile» opsiyasi faol bo‘lsa, «Trafik +» xizmatining «Ijtimoiy tarmoqlar», «Messenjerlar», «YouTube», «YouTube+Telegram», «Instagram», «YouTube+Telegram+PUBG Mobile», «Instagram+YouTube+Telegram», «Cybersport» opsiyalarini yoki aksincha faollashtirib bo‘lmaydi.
-
Tarif rejasi va qo‘shimcha internet-to‘plamlar bo‘yicha internet-trafik (), shuningdek, hisobda limitdan tashqari narxlash uchun yetarlicha mablag‘ mavjud bo‘lmasa, «Trafik+» xizmati bo‘yicha faollashtirilgan to‘plamdan foydalanib bo‘lmaydi (Sof, Start 10, Ovoz 15, Internet 60 tarif rejalaridan tashqari).
-
Trafik+ to'plami bo‘yicha taqdim etiluvchi internet-trafik doirasidagi trafik Facebook, Instagram, Telegram, WhatsApp, YouTube, IMO, Vkontakte, Facebook Messenger, Zoom, PUBG MOBILE, Call of Duty va Clash of Clans mobil ilovalarining yuklab olinishiga va yangilanishiga tatbiq etilmaydi;
09.06.2023-y.dan “Trafik+” xizmatining barcha to‘plamlarida quyidagi shartlar bilan avtomatik belgilanish funksiyasi o‘rnatiladi:
-
“Trafik+” xizmati bo‘yicha barcha to‘plamlar avtomatik belgilanadi. Avtomatik belgilanish funksiyasini o‘chirish uchun tegishli to‘plamni bekor qilish kerak bo‘ladi. Bunda sarflanmay qolgan trafik hajmi kuyib ketadi;
-
To‘plam bo‘yicha abonent to‘lovi samarali yechilganida, internet-to‘plam bo‘yicha trafik 30 kun amal qilish muddati bilan to‘liq hajmda avtomatik tarzda belgilanadi, oldingi davrdan sarflanmay qolgan trafik kuyib ketadi;
-
Agar to‘plam uchun abonent to‘lovi o‘z vaqtida yechilmasa, u holda aniq to‘plamga ko‘ra limitlarning oldingi davrda ishlatilmagan qoldig‘i bekor qilinadi.
-
Agar shaxsiy hisobda pul mablag‘lari internet-to‘plamning avtomatik belgilanishi uchun yetarli bo‘lmasa, internet-to‘plam o‘chirilmaydi va hisobda uning haqi yechilishiga yetarli mablag‘ bo‘lishi bilan avtomatik tarzda belgilanadi. Bunda abonent to‘lovi samarali yechilganida, internet-to‘plamning amal qilish muddati oxirgi belgilangan vaqtidan boshlab (yangi muddat) o‘rnatiladi.
09.06.2023-y.dan “Trafik+” xizmati bo‘yicha faol to‘plamga ega bo‘lgan barcha joriy abonentlarda avtomatik belgilanish funksiyasi faollashadi;
Eslatma: joriy faol to‘plam bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi avtoprolongatsiyani faollashtirish vaqtida (09.06.2023-y.) amalga oshmaydi, navbatdagi yechilish joriy to‘plamning haqi yechilish davriga muvofiq amalga oshadi.
E’tibor bering!
Yuqorida ko‘rsatilgan saytlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
Ko‘rsatilgan resurslarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
Eslatma
E’tiboringiz uchun, smartfonlarning ko‘pchiligi Internetga ulanganda o‘rnatilgan dasturlardan (messenjerlar, ob-havo, yangiliklar va hokazo) uchinchi tomon trafigini ishlatadi, shuningdek, ilovalar do‘konlari (Google Play, App Store) bilan sinxronizatsiya hamda turli akkauntlarning (Google, Facebook, Telegram va hokazo) va analitik hisoblagichlar (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net) beixtiyor sinxronizatsiyasi amalga oshishi mumkin. Ushbu trafik xizmat doirasida ajratilgan bepul trafik doirasiga kirmaydi va uning haqi tarif uchun Ucell Interneti qiymatiga ko‘ra abonent tomonidan alohida to‘lanadi yoki sotib olingan to‘plamidan sarflanadi.