Abonentlarga
Hisobingizni shunchaki oson to‘ldiring

Hisobingizni shunchaki oson to‘ldiring

 
 

Hisobni to‘ldirish



 

Ucell raqami hisobini quyidagicha to‘ldirish mumkin:

  • Kompaniya ofislarida,
  • Kompaniya saytida,
  • Elektron to‘lov tizimlari, jumladan axborot shoxobchalari orqali,
  • UTK-kartalar (avval Kompaniya ofislarida xarid qilingan) yordamida,
  • "Chegarasiz to‘lov" xizmati yordamida,
  • PAYNET to‘lovlarni qabul qilish nuqtalarida,
  • "Ipak Yo‘li" AITB, "Aloqabank" AT, "Hamkorbank" ATB, "Kapitalbank" ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki, "O‘zsanoatqurilishbank" ATB  banklari bo‘limlarida va filiallarlarida,
  • “O‘zbekiston pochtasi” AJning bo‘limlarida,
  • Ucell dilerlar savdo shoxobchalarida.

Hisobni to‘ldirganlik uchun komissiya to‘lovi olinmaydi, faqat hisobni "Chegarasiz to‘lov" xizmati yordamida to‘ldirish bundan mustasno(to‘lov miqdorining 7% idan oshmagan holda).


Ucell abonentlari uchun muhim ma’lumot!
15.10.2022 dan Prepaid tizimi abonentlari uchun hisobni to‘ldirish shartlariga o‘zgarishlar kiritiladi. Endi siz o‘z hisobingizni 10 000 000 (o‘n million) so‘mlik miqdorga yetguncha to‘ldirishingiz mumkin. Balans cheklovlari yangi ulanishlarda dastlabki to‘lovga taalluqli emas.
Masalan: agar balans 10 000 000 so‘mdan kam bo‘lsa, bu holda shu miqdorga yetgunicha to‘ldirish mumkin bo‘ladi.


Elektron to‘lov tizimlari

Elektron to‘lov tizimlari (ETS)dan biri orqali UzCard Online plastik kartasi vositasida hisobni to‘ldirish uchun eng yaqin axborot shoxobchasi/bankomatda o‘z telefoniga SMS-xabarnoma xizmatini ulatish kerak.

Elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish jarayonida abonent/to‘lovchi telefon raqamini yoki to‘lov miqdorini noto‘g‘ri kiritishi sababli kelib chiqadigan har qanday zarar yoki salbiy oqibatlar uchun javobgarlikni Kompaniya o‘z zimmasiga olmaydi.
Abonent/to‘lovchi kiritadigan ma’lumotlarning hamda amalga oshiradigan to‘lovlarning to‘g‘riligiga uning o‘zi javobgar bo‘ladi.

UZCARD plastik Online karta yordamida uydan yoki ofisdan chiqmagan holda, istalgan vaqtda, hech qanday foizlar va komission to‘lovlarsiz, quyidagi elektron to‘lov tizimlaridan biri orqali hisobni to‘ldiring:

  • Payload
  •  Infokiosklardagi to‘lovlarni qabul qilish nuqtalari.
SMS-xabarnoma UzCard

UzCard” online plastik kartalari foydalanuvchilari uchun “SMS-xabarnoma” xizmati 

SMS-xabarnoma – bu UzCard online plastik karta egalariga karta bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar: kartaga pul mablag‘lari tushishi va kartadan pul mablag‘lari yechilishi haqida o‘z uyali telefonlariga 5800 raqamidan SMS-xabarlar olib turish imkonini beruvchi xizmatdir. Xabarnomalar operatsiya turi (terminal nomi bilan), miqdori va hisob holati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Xizmatni ulatish – 0 so‘m.

SMS-xabarnoma xizmati doirasida CARDINFO jo‘natuvchisi (5800) raqamidan kiruvchi har 1 SMS-xabar narxi 84.2 so‘m. To‘lov telefon hisobidan yechib olinadi.

Eng yaqin axborot shoxobchasi/bankomatda o‘z telefoniga SMS-axborotlashtirish xizmatini ulatish kerak.
SMS-xabarnoma xizmatini ulatish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin

UzCard online karta hisobini nazorat qiling va tranzaksiyalar o‘tkazmasini real vaqt rejimida, haftada 7 kun 24 soat davomida kuzatib boring.

"SMS-xabarnoma" xizmatini bekor qilish uchun 5800 qisqa raqamiga SMS bilan "STOP" kod so‘zini jo‘natish lozim. Xizmat bekor qilinganligi haqida ma'lumot 4800 qisqa raqamidan keladi. 
 

SMS-xabarnoma HUMO

“HUMO” bank plastik kartalari foydalanuvchilari uchun “SMS-xabarnoma” xizmati

SMS-xabarnoma – bu “HUMO” plastik kartalarining egalariga quyidagi amalga oshirilgan operatsiyalar haqida 11313 raqamidan SMS-xabar olish imkoniyatini beruvchi xizmat: operatsiya turi, abonent raqamiga biriktirilgan plastik kartaning operatsiya summasi va qoldig‘i haqida ma’lumot.

Xizmatni faollashtirish – 0 so‘m.
"SMS-xabarnoma" xizmati doirasida (11313 qisqa raqami) kiruvchi va chiquvchi har bir SMS-xabar narxi - 84.2 so'm. To'lov mobil hisobdan yechib olinadi.

“SMS-xabarnoma” xizmatini ulash uchun, abonent karta ochish paytida bank xodimlariga xabar berishi yoki (agar karta chiqarilgan bo‘lsa) xizmat ko‘rsatuvchi bankka tashrif buyurib o‘z mobil raqamini aytishi lozim.

Qolaversa abonent 11313 qisqa raqamiga quyidagi SMS-xabarlar ko‘rinishida so‘rov jo‘natishi mumkin:
 

Buyruq Buyruq ta’rifi
BALI Joriy hisob qoldig‘ini tekshirish
CLIST Kartalar ro‘yxatini tekshirish (agar karta egasida bittadan ko‘p karta bo‘lsa)
USL Plastik kartani bloklash
USL ACTIVATE Plastik kartani blokdan chiqarish
MSTI Karta bo‘yicha oxirgi yettita operatsiya bo‘yicha kichik ko‘chirma olish
CSTAT Karta holatini tekshirish
HELP Xizmatlar ro‘yxati, hamda kod so‘zlarining formatini olish
STOP «SMS-xabarnoma» xizmatini bekor qilish


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.