Bilish muhim!
Hurmatli abonent, xizmatni muvaffaqiyatli ulagandan so'ng ilk bor roumingda internetdan foydalanishni boshlaganingizda birinchi 100 MB maksimal tezlikda, keyin esa to'plam tugagunicha yoki yangi limit taqdim etilgunicha - 64 kb/s.gacha tezlikda taqdim etiladi.
-
To‘plamlar doirasidagi internet-trafikdan Ucellning barcha abonentlari faqatgina faol holatda va faol rouming xizmati bilan foydalanishlari mumkin;
-
To‘plamlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki xorijdagi rouming-harmkor operatorlarning tarmoqlarida faollashtirish mumkin (Xizmat amal qilish hududlariga qarang);
-
E’tibor bering, to‘plamlardan faqatgina quyidagi tarmoqlarda foydalanish mumkin, qolgan operatorlar tarmoqlarida to‘plamlar amal qilmaydi;
-
To‘plamni faollashtirish uchun so‘rov yuborgach, to‘plam muvaffaqiyatli belgilanganligini tasdiqlovchi SMS-xabar kelishini kutish lozim. Agar Sizga shunday SMS-xabar kelmasa, xizmatning faollashganligini tekshirish uchun *969# USSD-so‘rovidan foydalanishni tavsiya etamiz. Agar to‘plam belgilanmagan bo‘lsa, internet xizmatlari roumingda hududiy narxlashga muvofiq narxlanadi. Bunday holatlarda Kompaniya ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi;
-
To‘plamlarning to‘g‘ri taqdim etilishi uchun, agar faollashtirish paytida internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, internet-sessiyani to‘xtatib, *969# USSD-so‘rovi yordamida to‘plamini faollashtirishingiz va shundan keyingina internetga qayta ulanishingiz lozim;
-
Agar abonent to‘lovi yechish vaqtida abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, to‘plam belgilanmaydi va amal qilmaydi. To‘plamni *969# USSD-so‘rovi yordamida oyning istalgan kunida bekor qilish, shuningdek qayta faollashtirish mumkin;
-
Barcha nominallardagi to‘plamlar muddati avtomatik uzaytirilmaydigan holda taqdim etiladi, ya’ni amal qilish muddati tugashi bilan to‘plamlar avtomatik tarzda bekor qilinadi. Qaytadan faollashtirish uchun *969# USSD-so‘rovini terish va kerakli to‘plamni tanlash lozim;
-
To‘plamni qayta ulashda, agar Sizda faol to‘plam mavjud bo‘lsa, amaldagi to‘plamni bekor qilishingiz kerak, keyin esa istalgan nominaldagi to‘plamni faollashtirishingiz mumkin. Shuningdek Kompaniya to‘plamning ishlatilmagan muddati uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi;
-
Shuningdek, siz *969# terib va ko‘rsatmalarga amal qilib ham to‘plamlarni o‘chirishingiz mumkin;
-
Bir kunlik to‘plam uchun to‘lov – 88 000 so‘m, xizmatning bitta amal qilish muddati uchun bir marta yechiladi. Xizmatning amal qilish muddati faollashtirilgan paytidan boshlab 24 soatni tashkil etadi;
-
Yetti kunlik to‘plam uchun to‘lov – 555 000 so‘m, xizmatning bitta amal qilish muddati uchun bir marta yechiladi. Xizmatning amal qilish muddati faollashtirilgan paytidan boshlab 7 sutkani tashkil etadi;
-
O‘n to‘rt kunlik to‘plam uchun to‘lov – 999 000 so‘m, xizmatning bitta amal qilish muddati uchun bir marta yechiladi. Xizmatning amal qilish muddati faollashtirilgan paytidan boshlab 14 sutkani tashkil etadi;
-
To‘plamga kiritilgan maksimal tezlikdagi 100 MB hajmidagi trafik abonent to‘lovi yechilganidan keyingi 24 soatlik muddat bilan belgilanadi. 7 va 14 kunlik to‘plamlarda xizmat faollashtirilgan paytidan boshlab uning amal qilish muddati davomida har 24 soatda maksimal tezlikdagi 100 MB taqdim etiladi;
-
Ajratilgan limit tugaganidan so‘ng, to‘plamlarning amal qilish muddati tugaguniga yoki yangi limit taqdim etilguniga qadar internet tezligi 64 Kb/soniyagacha etib belgilanadi.
-
To‘plamga kiritilgan bonusdan faqat 2G va 3G tarmoqlarida foydalanish mumkin.
Agar siz o‘zingizni qiziqtiradigan savolga bu ro‘yxatdan javob topmagan bo‘lsangiz, quyidagi telefonlar orqali bizga qo‘ng‘iroq qiling:
Ucell abonentlari uchun – 8123
Boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlari, shuningdek shahar raqamlari uchun – +998(93)1800000.
Ucell bilan birgalikda sayohat qiling!