"Chegarasiz to‘lov" xizmati - bu Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Gruziya, Armaniston,
BAA va Germaniya mamlakatlarida roumingda bo‘lib o‘z hisobingizni to‘ldirish, shuningdek yaqinlaringiz hisobini to‘ldirish imkoniyatidir!
Quyidagi agentlar xizmatlaridan foydalanib Ucell hisobingini to‘ldirishingiz mumkin:
Ucell xizmatlari uchun Visa va Master Card plastik kartalari yordamida to‘lovni endi www.ding.com saytida ham amalga oshirish mumkin.
Ushbu xizmatdan haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimining barcha abonentlari va haqi keyin to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimining* "Jismoniy shaxs", "Yakka tartibdagi tadbirkor", "Korporativ-VIP" shartnomali mijozlari foydalanishi mumkin.
To‘lov miqdori 1 AQSh dollardan kam va 500 AQSh dollardan ortiq bo‘lmasligi, yoki boshqa valyutadashu mablag’ doirasida bo‘lishi lozim;
To‘lovni amalga oshirishda barcha ma’lumotlar xatosiz kiritilishi kerak, agarda pul miqdori yoki telefon raqami notog‘ri kiritilsa, to‘langan pul mablag‘i qaytarib berilmaydi va noto‘g‘ri terilgan raqamdan sizning raqamingizga o‘tkazilmaydi;
Hisobni to‘ldirishda o‘tkazmalardan 7% dan oshmaydigan xizmat haqi olinishi mumkin.
16.10.2018-y. dan “Chegarasiz to‘lov” xizmati shartlarida o‘zgarishlar kiritilmoqda. Endi xorijdan pul o‘tkazishda hisobingiz O‘zR MBning joriy kursi bo‘yicha to‘ldiriladi.
Masalan, xorijdan turib hisobingizni $1 ga to‘ldirishsa, unda hisobingizga 8208.04 so‘m tushadi.**
**Hisobni $1ga to‘ldirishda hisobdagi (AQSh dollarida) pul miqdori $1.95 ko‘rinishida aks ettiriladi, ya’ni AQSh dollarida hisobingizga tushgan pul miqdori = xalqaro to‘lov tizimi orqali o‘tkazilgan pul miqdori × O‘zR MBning kursi (o‘tkazma kunidagi) / 4210 (dollarning Kompaniyada qayd etilgan kursi).
$1*8208.04 (16.10.18y. dagi O‘zR MBning kursi) /4210 = $1.95
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!