Abonentlarga
Xizmatlar
Hisobni to'ldirish
Ucelldan "U-to‘lov" to‘lov vositasi

Ucelldan "U-to‘lov" to‘lov vositasi

"U-to‘lov" bor – pul bor!

"U-to‘lov" – bu Ucell abonentlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, UZCARD, HUMO, Online-karta yordamida elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay yangi to‘lov vositasidir!

Xizmat bepul taqdim etiladi.


Xizmatdan foydalanish 

Siz bir nechta oddiy qadamni amalga oshirib, xizmatga ulanishingiz mumkin:

  1.   Eng yaqin bankda yoki bankomatda "SMS-xabarnoma" xizmatini yoqtiring.
  2.   Bank to‘lov kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lang:
  • *888*bank kartasi raqami*bank kartasining amal qilish muddati# (*888*8600XXXXXXXXXXXX*MMYY#) USSD-buyrug‘ini tering;
  •  Faollashtirilayotgan bank plastik UZCARD kartasida mazkur xizmat ulanishi rejalashtirilgan abonent raqamiga "SMS-xabarnoma" xizmati yoqilgan bo‘lishi lozim.
  •  *888# tering va "USSD-buyruqlar" menyusida "Sozlamalar -> PIN-kod sozlamalari"ga kiring;
  1.    5 raqamdan iborat betakror PIN-kod o‘rnating. O‘z PIN-kodingizni begona shaxslarga bermang va ko‘rsatmang.

  2. Qolaversa, siz *888# USSD-menyusi orqali bank plastik kartangizni “U-to‘lov” vositasiga bog‘lab PIN-kod o‘rnatishingiz mumkin. Shunchaki ishoralarga rioya qiling! 


Endi "U-to‘lov" to‘lov vositasi foydalanishga tayyor!


To‘g‘ridan-to‘g‘ri USSD-so‘rovlar
 

Mobil aloqa Ucell   * 888 * 100 * 9989YXXXXXXX * pul miqdori #    
UzMobile   * 888 * 100 * 9989YXXXXXXX * pul miqdori #    
UMS   * 888 * 100 * 9989YXXXXXXX * pul miqdori #    
Beeline   * 888 * 100 * 9989YXXXXXXX * pul miqdori #    
Perfectum   * 888 * 100 * 9989YXXXXXXX * pul miqdori #    
Internet-provayderlar SharqTelecom shsts * 888 * 201 * 1 * login * pul miqdori #
SharqTelecom volsts * 888 * 201 * 2 * login * pul miqdori #
SharqTelecom rentts * 888 * 201 * 3 * login * pul miqdori #
UzOnline   * 888 * 202 * foydalanuvchining IDsi * pul miqdori #    
TPS tps * 888 * 203 * 1 * login * pul miqdori #
TPS
tps00
* 888 * 203 * 2 * login * pul miqdori #
TPS fiber * 888 * 203 * 3 * login * pul miqdori #
TPS fiberjet * 888 * 203 * 4 * login * pul miqdori #
TPS  jet * 888 * 203 * 5 * login * pul miqdori #
Sonet   * 888 * 204 * login * pul miqdori #    
Beeline Internet 800 * 888 * 205 * 1 * 998YYXXXXXXX * pul miqdori #
Comnet   * 888 * 206 * login * pul miqdori #    
CronTelecom   * 888 * 207 * login * pul miqdori #    
FiberNet   * 888 * 208 * login * pul miqdori #    
ISTV   * 888 * 209 * login * pul miqdori #    
Nano Telecom I/H- * 888 * 210 * 1 * login * pul miqdori #
SIMUS shssm * 888 * 211 * 1 * login * pul miqdori #
SIMUS hethsm * 888 * 211 * 2 * login * pul miqdori #
SIMUS simsm * 888 * 211 * 3 * login * pul miqdori #
SIMUS simbh * 888 * 211 * 4 * login * pul miqdori #
SIMUS shsbh * 888 * 211 * 5 * login * pul miqdori #
SIMUS simnm * 888 * 211 * 6 * login * pul miqdori #
SIMUS siman * 888 * 211 * 7 * login * pul miqdori #
SIMUS simfg * 888 * 211 * 8 * login * pul miqdori #
SIMUS olsfg * 888 * 211 * 9 * login * pul miqdori #
SIMUS wififg * 888 * 211 * 10 * login * pul miqdori #
Telefoniya Uzbektelecom abonent to'lovi * 888 * 301 * 1 * YYXXXXXXX * pul miqdori #
Uzbektelecom xalqaro qo'ng'iroqlar * 888 * 301 * 2 * YYXXXXXXX * pul miqdori #
TV va online uzatuv UzDigitalTV   * 888 * 401 * login * pul miqdori #    
Mediabay.uz   * 888 * 402 * login * pul miqdori #    
Kinomania.uz   * 888 * 403 * login * pul miqdori #    
OXO   * 888 * 404 * login * pul miqdori #    
Online xizmatlar Zor.uz   * 888 * 501 * login * pul miqdori #    
MyJob.uz   * 888 * 502 * login * pul miqdori #    
Odnoklassniki   * 888 * 503 * login * pul miqdori #    
Olx.uz   * 888 * 504 * login * pul miqdori #    
Sug'urtalash Uzbekinvest   * 888 * 601 * 1 * 998YYXXXXXXX * pul miqdori #
Hisobni tekshirish     * 888 * 3 #            

To‘lov vositasining o‘ziga xosliklari:

  • Xizmatni *888# USSD-so‘rovi yordamida boshqarish mumkin;
  • Xizmatdan foydalanish hamma abonentlari uchun ochiq;
  • Bank to‘lov kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lashdan avval "SMS-xabarnoma" xizmati yoqilishi shart;
  • Jismoniy shaxs bo‘lgan Prepaid va Postpaid tizimlari abonentlari o‘zlarining hisoblarini, shuningdek, Prepaid va Postpaid tizimlaridagi boshqa abonentlarning hisoblarini 500 dan 500 000 so‘mgacha miqdorda to‘ldira oladilar;
  • Yuridik shaxs bo‘lgan Postpaid tizimi abonentlari esa, Prepaid va Postpaid tizimlaridagi jismoniy shaxs bo‘lgan abonentlarning hisoblarini 500 dan 500 000 so‘mgacha miqdorda to‘ldira oladilar;
  • Prepaid va Postpaid tizimlarining barcha abonentlari boshqa operatorlarning to‘lov ruxsat etilgan abonentlari hisoblarini, shuningdek, Internet-provayderlar foydalanuvchilarining shaxsiy hisoblarini to‘ldira oladilar.
  • Haqi oldindan (Prepaid) va keyin (Postpaid) to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimlarining abonentlari hisobini to‘ldirish imkoni mavjud bo‘lgan boshqa mobil operatorlar abonentlarining hisoblarini to‘ldirishlari hamda mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlarga to‘lov o‘tkazishlari mumkin.
  • Haqi oldindan (Prepaid) va keyin (Postpaid) to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimlarining barcha abonentlari jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari orasida pul mablag‘i o‘tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.
Savollar va javoblar

1-savol: Men U-to‘lov xizmatidan qanday shartlar bilan foydalanishim mumkin?
1-javob: U-to‘lov xizmatidan foydalanish uchun siz Ucell kompaniyasining haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonenti bo‘lishingiz kerak. Faollashtirilayotgan bank plastik UZCARD kartasida mazkur xizmat ulanishi rejalashtirilgan abonent raqamiga "SMS-xabarnoma" xizmati yoqilgan bo‘lishi lozim.

2-savol: Nechta bank plastik kartasini faollashtirish mumkin?
2-javob: Siz o‘z profilingizda 6 tagacha bank plastik kartasini faollashtirishingiz mumkin.

3-savol: Mazkur servisda qanday xizmatlar mavjud?
3-javob: Siz jismoniy shaxs bo‘lgan, Prepaid yoki Postpaid tizimidagi istalgan Ucell abonentining hisobini 500 dan 500 000 so‘mgacha, shuningdek,  to‘lash mumkin bo‘lgan boshqa mobil operatorlarning abonentlari hisoblarini to‘ldirishingiz hamda mumkin bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchilar xizmatlari haqlarini to‘lashingiz mumkin.

Savol 4: Kartadan kartaga pul mablag‘i o‘tkazmasini qanday amalga oshirish mumkin?
Javob 4: Pul mablag‘i o‘tkazmasini amalga oshirish uchun:

  • Sizning bank plastik kartangiz “U-to‘lov” to‘lov vositasiga bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunda bank plastik kartasi pul mablag‘ini o‘tkazish funksiyasini qo‘llab-quvvatlashi lozim.
  • Pul mablag‘ni qabul qiluvchi bank plastik kartasining raqamini kiriting;
  • O‘tkazma miqdorini ko‘rsating va PIN-kodni kiritib, harakatni tasdiqlang.

O‘tkazmani qo‘llab-quvvatlovchi banklar ro‘yxatini, shuningdek, o‘tkazma shartlarini “Kartadan kartaga o‘tkazma” varaqasida ko‘rishingiz mumkin.

5-savol: Nega men PIN-kod o‘rnatishim lozim va u qanday bo‘lishi kerak?
4-javob: PIN-kodni to‘lovlar o‘tkazishni himoyalash uchun o‘rnatish lozim. Siz o‘z xohishingizga ko‘ra istalgan beshta raqamli PIN-kod o‘rnatishingiz mumkin. PIN-kod o‘rnatilganidan keyin to‘lov vositasining barcha funksiyalaridan foydalana olasiz.
Eslatma: O‘z PIN-kodingizni begona shaxslarga bermang.

6-savol: Ushbu xizmatdan foydalanishni to‘xtatish uchun nima qilish kerak?
5-javob: Buning uchun "Sozlamalar" menyusida "Kartani o‘chirish" bandiga kirish va profilga bog‘langan barcha faol kartalarni o‘chirish kerak. Amalni tasdiqlash uchun avval o‘rnatilgan PIN-kodni kiritish lozim. Bog‘langan barcha kartalar o‘chirilganidan keyin profil bekor qilinadi va avval o‘rnatilgan PIN-kod ham yo‘q qilinadi.

7-savol: Agar men "U-to‘lov" to‘lov vositasidagi o‘z PIN-kodimni unutib qo‘ysam nima bo‘ladi?
6-javob: PIN-kod ketma-ket 3 marta noto‘g‘ri kiritilganida, abonentning "U-to‘lov" to‘lov vositasidagi profili sozlamalarini o‘chirish opsiyasi taklif etiladi; undan so‘ng bank plastik kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lab, qaytadan profil ochish va PIN-kod o‘rnatish kerak bo‘ladi.

Ommaviy oferta
"U-to‘lov" to‘lov vositasidan foydalanish bo‘yicha OMMAVIY OFERTA

1. Atamalar va tavsiflar.

1.1. Operator – "COSCOM" MCHJ, Ucell savdo belgisi.
1.2. Bank plastik kartasi (BPK) – O‘zR tijorat banki tomonidan chiqarilgan, BPK sohibi (egasi)ning tegishli bankda hisobi mavjudligini tasdiqlovchi hamda naqd pul to‘lamasdan, real vaqt rejimida (on-line) to‘lovni amalga oshirish huquqini beruvchi UZCARD va HUMO to‘lov vositasi.
1.3. Foydalanuvchi – Operator abonenti, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs, "U-to‘lov" to‘lov vositasidan foydalanuvchi BPK sohibi (egasi).
1.4. "U-to‘lov" to‘lov vositasi – mazkur mahsulot Foydalanuvchiga merchantlar xizmatlari (ish/tovar) uchun real vaqt rejimida (on-line) to‘lov qilish, o‘z bank kartalarini boshqarish, bitta bank kartasidan boshqasiga real vaqt rejimida (on-line) pul mablag‘larini o‘tkazish, shuningdek, to‘lov vositasi funksionalida ko‘zda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
1.5. Abonent qurilmasi – Operator tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan mobil qurilma (smartfon, ficherfon, mobil telefon, planshet va h.k.).
1.6. Abonent raqami – Operator abonentining mobil raqami.
1.7. USSD – (Unstructured Supplementary Service Data) GSM tarmoqlarida abonet va servis ilovasi orasida qisqa xabarlar uzatish rejimida interfaol o‘zaro aloqani tashkil etish imkonini beruvchi standart servis.
1.8. Operator Sayti – http://www.ucell.uz/.
1.9. Ommaviy oferta – Operator Saytida https://ucell.uz/uz/subscribers/services2/balance_refill/u_tolov manziliga joylashtirilgan mazkur hujjat.
1.10. Qo‘shilish – "U-to‘lov" to‘lov vositasida BPKni ro‘yxatdan o‘tkazgan holda quyida keltirilayotgan shartlar va qoidalarni qabul qilish yo‘li bilan mazkur Ommaviy oferta shartlariga rozilik berish.

2. Umumiy qoidalar

2.1. Mazkur bitim Ommaviy oferta (quyida matnda – Oferta) hisoblanadi, uning shartlari Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq tarzda o‘rnatiladi va Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ofertaga butunligicha qo‘shilish yo‘li bilan (qo‘shilish shartnomasi) qabul qilinadi.
2.2. Mazkur Ofertaga muvofiq, Operator bilan (uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi) Abonent shartnomasi tuzgan Foydalanuvchilarga merchantlar xizmatlari (ish/tovar) uchun real vaqt rejimida (on-line) to‘lov qilish, o‘z bank kartalarini boshqarish, bitta bank kartasidan boshqasiga real vaqt rejimida (on-line) pul mablag‘larini o‘tkazish, shuningdek, to‘lov vositasi funksionalida ko‘zda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etish bo‘yicha ushbu Oferta shartlari bilan tanishib chiqish va ularni qabul qilishni taklif etadi.2.3. Mazkur Oferta shartlariga Qo‘shilish (qabul qilish) *888# qisqa raqamini terish va so‘rov yuborish orqali BPKni "U-to‘lov" to‘lov vositasida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshadi.
2.4. Foydalanuvchilar uchun "U-to‘lov" to‘lov vositasidan foydalanish – BEPUL.
2.4.1. To‘lov vositasi Foydalanuvchiga pulli asosda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan ayrim opsiyalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday opsiyalardan foydalanish Foydalanuvchi tomonidan mustaqil tarzda, o‘z xohishiga ko‘ra, To‘lov vositasi doirasida taqdim etiluvchi xizmatlar tavsifi, ularning taqdim etilish shartlari, foydalanish qiymati va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan ommaviy oferta bilan tanishganidan so‘ng amalga oshiriladi.
2.5. Operator, tegishli o‘zgarishlarni Operator Saytida e’lon qilish yo‘li bilan Foydalanuvchini ulardan xabardor qilgan holda, mazkur Ofertaga bir tomonlama tartibda o‘zgarishlar kiritishga haqli.
2.6. Oferta shartlaridagi o‘zgarishlarga va/yoki To‘lov vositasi funksionalidagi o‘zgarishlarga rozi bo‘lmasa, Foydalanuvchi To‘lov vositasidan foydalanishni to‘xtatishga haqli. To‘lov vositasidan qayta foydalana boshlashi Foydalanuvchining Ofertadagi va/yoki To‘lov vositasidagi o‘zgarishlarni qabul qilganligini (qo‘shilganligini) anglatadi.

3. Taqdim etish va foydalanish tartibi

3.1. *888# USSD-buyrug‘ining birinchi marta terilishida, Foydalanuvchi profilini yaratish amalga oshiriladi.
3.2. To‘lov vositasining USSD-menyusida xizmatdan foydalanish menyusi aks etadi, lekin ular to Foydalanuvchi tizimda ro‘yxatdan o‘tmagunicha faol bo‘lmaydi.
3.3. Foydalanuvchi tizimda ro‘yxatdan o‘tishi uchun *888*BPK raqami*BPK amal qilish muddati# kodini terish, keyin esa "Sozlamalar" menyusida beshta raqamli betakror PIN-kod o‘rnatish lozim.
3.3.1. Mazkur xizmat Foydalanuvchisiga aylanish uchun, quyidagi mezonlarga amal qilingan bo‘lishi lozim:
Foydalanuvchi avvaldan o‘ziga "SMS-xabarnoma" xizmatini ulagan bo‘lishi;
Foydalanuvchi BPK rekvizitlarini USSD orqali kiritadi;
Foydalanuvchi tizimda ro‘yxatdan o‘tkaziladi (akkaunt yaratiladi);
Foydalanuvchi keyinchalik o‘zi to‘lovni tasdiqlashda foydalanadigan maxfiy kod (PIN-kod) o‘rnatadi.

3.4. Ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, Foydalanuvchi To‘lov vositasining barcha xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
3.5. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng amalga oshirilgan barcha harakatlar (tranzaksiyalar), shu Foydalanuvchi tomonidan shaxsan qilingan, deb hisoblanadi.
3.6. Birinchi marta Ro‘yxatdan o‘tish faqat Operatorning ma’lumot uzatish mobil tarmog‘i vositasida amalga oshirilishi mumkin.

4. Tomonlarning majburiyatlari

4.1. Operatorning majburiyatlari:
4.1.1. To‘lov vositasining uzilishlarsiz ishlashini ta’minlash; ishdagi uzilishlar uchinchi shaxslar aybi bilan yuzaga keladigan holatlar bundan mustasno;
4.1.2. Shaxsiy ma’lumotlarning butunligi va saqlanishini, shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligiga amal qilinishini, shaxsiy ma’lumotlar noqonuniy qayta ishlanishining oldini olishni ta’minlovchi shaxsiy ma’lumotlar himoyasiga doir huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘rish;
4.1.3. To‘lov vositasidagi o‘zgarishlar va Foydalanuvchi To‘lov vositasi orqali amalga oshirishi mumkin bo‘lgan to‘lov uchun taqdim etiluvchi xizmatlar ro‘yxati bilan bog‘liq Operator yangiliklari haqida Foydalanuvchini o‘z vaqtida o‘zining Saytida xabardor qilib borish.
4.2. Foydalanuvchining majburiyatlari:
4.2.1. Mazkur Ofertaning talablarini bajarish.
4.2.2. To‘lov vositasiga kirish amalga oshirilayotgan Abonent qurilmasining ma’lumot xavfsizligini mustaqil tarzda ta’minlash, shuningdek, PIN-kodning va o‘z tranzaksiyalari haqidagi barcha ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash.
4.2.3. To‘lov vositasidan firibgarlik yoki boshqa biror g‘ayrihuquqiy maqsadlarda foydalanmaslik.

5. Cheklovlar va mas’uliyat

5.1. To‘lov vositasidan faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida, Operator tarmog‘ida foydalanish mumkin. To‘lov vositasi roumingda ishlamaydi.
5.2. Foydalanuvchi o‘z Abonent qurilmasida Operator xizmatlarining uchinchi shaxslar tomonidan g‘arazli maqsadlarda foydalanilishiga sabab bo‘luvchi sozlamalar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishni, shuningdek, shu turdagi foydalanish holatlari aniqlangan holatlarda zudlik bilan Operator ofislariga murojaat etishni o‘z zimmasiga oladi.
5.3. Foydalanuvchi PIN-kodning va To‘lov vositasiga kirishda Foydalanuvchi shaxsini aniqlashga imkon beruvchi barcha ma’lumotlarning saqlanishi uchun, shuningdek, buning natijasida kelib chiquvchi barcha oqibatlar uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
5.4. To‘lov vositasidan Foydalanuvchi tomonidan g‘ayrihuquqiy foydalanish holatlarida, Operator zudlik bilan Foydalanuvchining xizmatga kirishini ogohlantirishsiz yopib qo‘yish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.5. Operator To‘lov vositasidan uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanish sababli kelib chiqqan ziyon uchun mas’uliyatni va ularni qoplashni o‘z zimmasiga olmaydi.
5.6. Foydalanuvchi o‘zining Abonent raqamini ishlatgan uchinchi shaxslarning harakatlari uchun va Abonent qurilmasi va/yoki Abonent raqami bilan To‘lov vositasidan foydalanilishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
5.7. Hech qanday holatda Operator, To‘lov vositasidan foydalanganlik yoki foydalana olmaganlik natijasida Foydalanuvchiga yetgan bevosita yoki bilvosita ziyon, ma’naviy zarar uchun hamda Operator aybisiz sodir bo‘lgan firibgarliklar, ishdagi xatolik, ishlamay qolish va uzilishlar, funksiyalarning o‘zgarishi, kamchilik, ishdagi kechikish va boshqa holatlar natijasida yetkazilgan ziyon uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.
5.8. Foydalanuvchi va uning operatsiyalari haqidagi To‘lov vositasida mavjud ma’lumotlar shifrlangan ko‘rinishda saqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilganidan tashqari holatlarda uchinchi shaxslarga berilmaydi.
5.9. To‘lov vositasiga kirish va foydalanish uchun olingan PIN-kodni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan Abonent qurilmasidan (Abonent raqamidan) foydalanish imkoniyatining Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga taqdim etilishi – To‘lov vositasidan uchinchi shaxslarning noqonuniy foydalanishi oqibatlari uchun mas’uliyatdan Operatorni ozod etishga to‘liq asos hisoblanadi.
5.10. Foydalanuvchi merchantlarning To‘lov vositasida taqdim etilgan xizmatlari (ishlari/tovarlari) uchun to‘lovlarni o‘z ixtiyori bilan va ongli ravishda amalga oshirishiga rozilik beradi. Agar Foydalanuvchi aksini isbotlamasa, uning Abonent qurilmasi (Abonent raqami)dan foydalangan holda amalga oshirilgan har qanday harakat mazkur Foydalanuvchining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan, deb hisoblanadi.
5.11. To‘lov vositasida amalga oshirilgan xato to‘lovlarni bekor qilishga Operator majbur emasligidan xabardor ekanligini Foydalanuvchi tasdiqlaydi, lekin Operator, texnik va huquqiy imkoniyati bo‘lgan hollarda, Operatorning koll-markaziga 8123 yoki +998 93 180-0000 raqami orqali yo‘llangan Foydalanuvchi arizasiga ko‘ra, xato to‘lovlarni bekor qilishi mumkin.
5.12. To‘lovni bekor qilish uchun quyidagilar zarur:
5.12.1. Foydalanuvchi identifikatsiya jarayonidan o‘tish, bunda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish:
- To‘lov raqami (to‘lov samarali o‘tkazilganligi haqidagi SMS-xabarda ko‘rsatilgan);
- Xato to‘lov amalga oshirilgan telefon raqami;
- Xato to‘lov miqdori;
- Xato to‘lov sanasi va vaqti;
5.12.2. Quyidagi talablarga rioya etilishi:
- Xato to‘lovni qabul qilgan Abonent xato to‘lovni olgan vaqtidan to uning bekor qilinishigacha bo‘lgan davrda xalqaro avtomatik rouming xizmatidan foydalanmagan bo‘lishi;
- Abonent haqi keyin to‘lanuvchi (Postpaid) xizmat ko‘rsatish tizimi abonenti emasligi;
- Bekor qilinadigan to‘lov miqdori xato to‘lovni qabul qilgan Abonent shaxsiy hisobi miqdoridan kam bo‘lishi;
- Bekor qilinadigan to‘lov joriy oyda o‘tkazilgan bo‘lishi;
- Xato to‘lov o‘tkazilgan vaqtdan buyon 10 (o‘n) kalendar kunidan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lishi;
- Bekor qilinadigan xato to‘lov miqdori 500 000,00 (besh yuz ming) so‘mdan ko‘p bo‘lmasligi.
5.13. Ayrim xizmatlar (ishlar/tovarlar) bo‘yicha to‘lovlarni bekor qilish imkoni yo‘qligidan Foydalanuvchi xabardor qilindi.

6. Shaxsiy ma’lumotlar.
6.1. Foydalanuvchi mazkur Ofertani qabul qilish (qo‘shilish) bilan o‘zining shaxsiy ma’lumotlari ko‘rib chiqilishiga, ya’ni ularni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ishlatish, shaxssizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarning amalga oshirilishiga o‘z roziligini beradi.
6.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari quyidagi maqsadlarda ishlatilishi mumkin:
- Operatorning mazkur Oferta doirasida qabul qilingan majburiyatlarini zarur tarzda bajarish;
- Kommunikatsiyalar. Foydalanuvchi bilan aloqa o‘rnatish, shu jumladan To‘lov vositasidan foydalanishga oid bildirishnomalar, so‘rovlar va ma’lumotlarni jo‘natish;
- To‘lov vositasining sifatini, Operator yangi xizmatlarining ishlab chiqilishini, foydalanish qulayligini yaxshilash;
- Shaxssizlantirilgan ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish;
- Foydalanuvchilar uchun marketing aksiyalari/kampaniyalari o‘tkazish, reklama materiallarini va boshqa ma’lumotlarni mo‘ljalli yo‘naltirish.

7. Oferta shartlaridan voz kechish

7.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda o‘z akkauntini yo‘q qilib, Ofertani bajarishdan voz kechish huquqiga ega.
7.2. Akkauntni yo‘q qilish uchun To‘lov vositasidagi Foydalanuvchi akkauntiga bog‘langan, ishlatilayotgan barcha BPKlarni uzish lozim. Barcha BPKlar uzilgach, To‘lov vositasi xizmatidan foydalanish to‘xtatiladi.

8.1 Foydalanuvchi istalgan vaqtda To‘lov vositasidagi o‘z akkauntini yo‘q qilib, Ofertani bajarishdan voz kechish huquqiga ega.
8.2 Akkaunt yo‘q qilinganidan keyin zudlik bilan Oferta bekor qilingan hisoblanadi. Agar To‘lov vositasi orqali pulli xizmatlar faollashtirilgan bo‘lsa, mazkur Ofertaning bekor qilinishi ular bo‘yicha shartnomalarning (ommaviy ofertalarning) bekor qilinishini anglatmaydi.

9. Kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish tartibi

9.1. Mazkur Ofertadan yuzaga keluvchi har qanday nizo tinch yo‘l bilan, yoki Foydalanuvchining yozma murojaati asosida da’vo tartibida hal etiladi. Murojaatning va uning mazmuniga ko‘ra talabning ko‘rib chiqilish muddati 30 kun hisoblanadi.
9.2. Agarda, yuzaga kelgan nizo da’vo tartibida hal etilmasa, u O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

10. Boshqa shartlar

10.1. Ushbu Ofertada to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarzda ko‘zda tutilmagan boshqa barcha masalalarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi me’yorlariga va ish yuritish an’analariga tayanadilar.
10.2. Operator mazkur To‘lov vositasidagi xizmatlar (ishlar/tovarlar) tarkibini, uning tuzilishi va ko‘rinishini aniqlashtirish, shuningdek, yangi xizmatlarni (ishlarni/tovarlarni) joriy qilish yo‘li bilan To‘lov vositasining ishiga o‘zgarishlar kiritish, oldindan Foydalanuvchini xabardor qilmasdan yangi xizmatlarga kirish imkoniyatini taqdim etish huquqiga ega.

11. Operatorning rekvizitlari

COSCOM MChJ, Ucell SB
Manzil: 100031, Toshkent sh., Vohidov ko‘chasi, 118
Tel: +998712339801; Faks: +998712339803
E-mail: info@ucell.uz
STIR 201788904, IFUT 61200
H/r: 20208000000457913001
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Operatsion boshqarmasida
Bank kodi 00440
Xizmatlar to‘lovi
Uyali aloqa operatorlari
Internet-provayderlar
Kartadan kartaga o‘tkazma
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Pul o’tkazmalari limiti chegaralanmagan, Безлимитный прием
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Pul o’tkazmalari limiti chegaralanmagan, Безлимитный прием
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Pul o’tkazmalari limiti chegaralanmagan, Qabul qilish limiti chegaralanmagan
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Pul o’tkazmalari limiti chegaralanmagan, Qabul qilish limiti chegaralanmagan
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Pul o’tkazmalari limiti chegaralanmagan, Qabul qilish limiti chegaralanmagan
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 10 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 10 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 5 mln so’m, Qabul qilish mavjud emas
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 7 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 7 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 5 mln so’m, Qabul qilish mavjud emas
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 20 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 20 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 10 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 10 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 45 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 45 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 20 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 20 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 5 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 5 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 5 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 2 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 5 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 5 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 1 mln so’m, Qabul qilish mavjud emas
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 10 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 10 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 10 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 10 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 20 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 20 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 20 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 20 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 10 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 10 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 20 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 20 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 10 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 10 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 10 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 10 mln so’m
O’tkazma xizmati narxi: 1%, Maksimal o’tkazma summasi: 20 mln so’m, Qabul qilish limiti chegaralanmagan: 20 mln so’m
Tavsiya etilgan xizmatlar

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.