Abonentlarga
Xizmatlar
Asosiy xizmatlar
Konferens aloqa

Konferens aloqa

Ucell taklif etayotgan "Konferents aloqa" xizmati real vaqtda bir nechta abonentlar bilan bir paytning o‘zida suhbatlashish imkonini beradi. Agar aynan siz ushbu xizmat turini yoqtirgan bo‘lsangiz, unda suhbat davomida sizdan tashqari yana 5 ta abonent ishtirok etishi mumkin. Ushbu xizmatni faollashtirish uchun telefoningizda "Chaqiruvni saqlab turish ⁄ kutish" xizmatini yoqtirgan bo‘lishingiz kerak.


-Konferensiyani tashkil etish — bepul.
-Xizmat barcha tarif rejalarida amal qiladi.
- Bir vaqtning o'zida bir nechta chiquvchi qo'ng'iroqni (konferens-aloqa) amalga oshirganda, daqiqalar limitidan har bir ulanish uchun sarflanadi.
- Taqdim etilgan limit tugaganida, konferensiya tashkil etuvchisi limitdan tashqari har bir chiquvchi qo‘ng‘iroq haqini o‘z tarif rejasiga muvofiq to‘laydi.

Konferents aloqani tashkil etish uchun:
  1. o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin yoki suhbatdoshingiz qo‘ng‘irog‘iga javob qaytaring!
  2. bu qo‘ng‘iroqni chaqiruvni kutish holatiga o‘tkazing. Telefoningiz menyusi yordamida yoki telefoningiz klaviaturasidan "2" raqamini terib, so‘ng “ok” ni bosing;
  3. endi suhbatga ulamoqchi bo‘lgan ikkinchi suhbatdoshingizni raqamini tering. Abonent javob berganidan so‘ng, telefoningizda "3" raqamini va "ok"ni bosing. Shuningdek, telefoningiz menyusidan ham Konferents aloqani (Conference Call) tanlashingiz mumkin;
  4. yangi suhbatdoshlarni uhbu suhbatga ulash uchun 2 va 3 punktlarda ko‘rsatilgan harakatlarni qaytaring.

Shuningdek, hohlagan vaqtingizda konferents aloqa ishtirokchilarini suhbatdat chetlashingiz mumkin. Buning uchun telefoningiz klaviaturasidan quyidagi buyruqlarni tering: 1 Х ok (chaqiruv), bu yerda Х – konferentsiya ishtirokchisining tartib raqami.

Ayrim telefonlarda konferents aloqa ishtirokchilarining tartib raqami ko‘rinib turadi. Aks holda, suhbatdoshlaringizning tartib raqamini eslab qolishingizga to‘g‘ri keladi.

Usbu xizmat telefoningiz boshqa uyali aloqa operatorlari tarmog‘ida yoki Rouming – Online xizmatidan foydalanayotganingizda ham ishlaydi. Konferents aloqada qo‘ng‘iroqlar har bir ulanish uchun alohida ravishda siz tanlagan Ucell tarif rejasi va amaldagi xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar tariflarga binoan narxlanadi.

Tavsiya etilgan xizmatlar

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.