Наименование сервиса | Описание сервиса | Сервисный номер | Стоимость с учетом НДС |
---|---|---|---|
«Ucell» viktorinasi |
«Ucell» viktorinasi – bu interaktiv xizmat bo‘lib, abonentlar unda turli sohalar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari hamda savollarga javoblarni to‘g‘ri va eng tez taqdim etgan holda sovrin olish uchun bellashishlari mumkin. Mazkur Viktorina lotereya yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi. Viktorinada ishtirok etishdan maqsad abonentning turli bilim sohalari bo‘yicha savollarga javob berish yo‘li bilan o‘z zakovatini tekshirishidir. Viktorina ishtirokchilari har kun davomida Yo‘riqnomalardan foydalanish imkoniga egalar, ularning har biri muayyan xususiyatlarga ega: «50/50» – Ushbu yo‘riqnomani qo‘llaganda 2 ta noto‘g‘ri javob yashiriladi. Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi. «Adashish huquqi» – bitta noto‘g‘ri javob hisobga olinmaydi, ishtirokchi shu savolning o‘ziga qayta javob berishi mumkin. Agar ishtirokchi to‘g‘ri javobni tanlasa, u holda yo‘riqnoma ishlatilgan hisoblanadi. Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi. «Ishtirokchilar yordami» – tizim Viktorina ishtirokchilarining javoblari ommabopligini foizlarda ko‘rsatadi. Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi. «Sekinlatish» – savolga javob berishga sarflangan vaqt yarmiga bo‘linadi. Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi. «Boshqatdan o‘ynash» – tizim raundni qaytadan o‘ynash imkonini beradi. Eng yuqori natija o‘yinchilarning yakuniy hisob-kitobida inobatga olinadi. Narxi: QQS bilan kuniga 407 so‘m. Bepul davr taqdim etilmaydi. Sovrin jamg‘armasi: Viktorina o‘tkazilishining har bir kalendar kuni (Toshkent vaqti bo‘yicha 00:00:00 dan 23:59:59 gacha) natijalariga ko‘ra, to‘g‘ri javoblar miqdori va savollarga javob berish vaqti bo‘yicha dastlabki 3 (uch) o‘rinni egallagan ishtirokchilar har kuni, o‘yin kuni tugaganidan keyin bir sutka davomida aniqlanadi. 1-O‘rin – 250 000 so‘m; 2-O‘rin – 200 000 so‘m; 3-O‘rin – 150 000 so‘m. Sovrinlarning qo‘shimcha yutuqli o‘yini. «Marafonlar» Maxsus yutuqli o‘yinlar o‘tkazilishining muayyan davrida kamida 5 marta o‘yin kunining barcha savollariga javob bergan va yakuniy reytingga kirgan ishtirokchilar qo‘shimcha yutuqli o‘yin – «Marafon»da qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar. Yutuqli o‘yin o‘tkazilishi davrida o‘yin kunidagi o‘zining eng yaxshi natijasi yakunlariga eng kam vaqtda eng ko‘p miqdorda to‘g‘ri javoblar bergan dastlabki 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi. O‘tkazilish vaqti: Har oyda. «Marafonlar» qo‘shimcha yutuqli o‘yini sovrinlari: 1-O‘rin: 4 000 000 so‘m. 2-O‘rin: 3 000 000 so‘m. 3-O‘rin: 2 000 000 so‘m. Sovrinlarning qo‘shimcha yutuqli o‘yini. «Duel» mini-o‘yinlari – bu Viktorinaning qo‘shimcha yutuqli o‘yini bo‘lib, alohida turnirlar doirasida o‘tkaziladi. Unda yutuqli o‘yin o‘tkazilishigacha kamida 14 marta o‘ynagan Viktorina ishtirokchilari qatnasha oladilar. O‘tkazilish vaqti: Yilda 1 marta. Bosh sovrin: 500 000 0000 so‘m. Viktorinaga obuna narxi: 1684 so‘m/kun. Har bir yo‘riqnomaga obuna narxi: 407 so‘m/kun. Viktorina o‘tkazilish muddati: 2022-yil 15-iyundan 2023-yil 15-iyungacha. Ulanish: https://quiz.ucell.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish – tegishli tugmachani bosish 3434 raqamiga istalgan matnli SMS yuborish O‘chirish: 3434 raqamiga STOP matnli SMS yuborish Narxlash 34349, 35790 raqamlaridan kiruvchi ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot bilan https://quiz.ucell.uz saytida tanishish mumkin. |
3434 34349 35790 34341 |
1684 so‘m/kun 407 so‘m/kun 1 684 so‘m/kun |
«Boyib keting!» |
«Boyib keting!» aksiyasi – bu Operatorning Abonentlariga Tashkilotchi tomonidan taqdim etiluvchi xizmat bo‘lib, uning doirasida Abonentlar Viktorina bo‘yicha bergan to‘g‘ri javoblari evaziga ballar oladilar va eng ko‘p miqdorda ballar to‘plagan Abonentlar sovrinlarga ega bo‘ladilar. Mazkur aksiya lotereya yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi. «Boyib keting!» Viktorinasi – bu «Boyib keting!» aksiyasi doirasida Operatorning Abonentlariga Tashkilotchi tomonidan taqdim etiluvchi xizmat bo‘lib, abonentlarga turli sohalar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rish hamda savollarga javoblarni to‘g‘ri va eng tez taqdim etgan holda sovrin olish uchun bellashish imkonini beradi. Mazkur Viktorina lotereya yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi. Viktorinada ishtirok etishdan maqsad abonentning turli bilim sohalari bo‘yicha savollarga javob berish yo‘li bilan o‘z zakovatini tekshirishidir. Abonentlar kuniga 1684 so‘m narxidagi «Boyib keting!» Viktorinasi xizmatiga obuna bo‘ladilar. Viktorina doirasida ishtirokchi-abonentlar har kuni 9 ta savol oladilar. Abonentlar quyidagi harakatlari uchun ballar oladilar: - «Boyib keting!» Viktorinasi xizmati doirasida har bir to‘g‘ri javob uchun Ishtirokchi 200 ball oladi. Har bir noto‘g‘ri javob uchun – 0 ball. Savollarning eng ko‘p miqdori sutkasiga 9 savoldan oshmaydi; - Har kuni «Boyib keting!» Viktorinasi xizmatiga obuna to‘lovi amalga oshirilganidan so‘ng har bir ishtirokchi 200 ball oladi. Aksiya ishtirokchisi istalgan paytda o‘zi to‘plagan ballari miqdorini va joriy kun reytingidagi o‘z o‘rnini bilishi mumkin, buning uchun Aksiyaning «5050» Raqamiga TOP (yoki ТОП) so‘zini SMS-xabar tarzida jo‘natishi yoxud win.ucell.uz saytidan ko‘rishi lozim. Aksiyaning tegishli kundagi yakunlari chiqarilganidan so‘ng barcha ballar navbatdagi kunga ko‘chirib o‘tkazilmaydi, lekin oylik sovrinlar G‘olibini aniqlash uchun hisobga olinadi. G‘oliblarni aniqlash va sovrinlarni topshirish - Kunlik sovrin – 500 000 so‘m. - Oylik sovrin – 10 000 000 so‘m. Aksiyaning Kunlik sovrini G‘olibini aniqlash har kuni soat 23:29:59 holatiga ko‘ra o‘tkaziladi, kalendar oyining oxirgi kunlari bundan mustasno. Joriy kunning eng ko‘p ballarini to‘plagan ishtirokchi quyidagi formula bo‘yicha g‘olib deb topiladi: Foydalanuvchi reytingi = B + 1/T Bunda: B – Viktorinadagi ishtirok uchun ballar T – Abonent savollarga javob berishining umumiy vaqti (millisoniyalar). Agar bir nechta abonent bir xil miqdorda ball to‘plasa, ushbu miqdordagi ballarni kun davomida birinchi bo‘lib to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb tan olinadi. Har oylik aksiya sovrinlari g‘oliblarini aniqlash 2022-yil 31-may, 2022-yil 30-iyun, 2022-yil 31-iyul, 2022-yil 31-avgust, 2022-yil 30-sentabr, 2022-yil 31-oktabr, 2022-yil 30-noyabr, 2023-yil 31-yanvar, 2023-yil 28-fevral, 2023-yil 31-martda amalga oshiriladi. Kalendar oyi davomida eng yaxshi 6 kunlik natijalar yig‘indisi bo‘yicha eng yuqori reytingga ega bo‘lgan Ishtirokchi G‘olib va sovrin sohibi bo‘ladi. Xizmatni ulash/o‘chirish tartibi Ulanish: *676# USSD-so‘rovi orqali; 5050 raqamiga istalgan matnli SMS yuborish orqali; win.ucell.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali; @UcellQuizBot Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tish orqali. O‘chirish: *676*0# USSD-so‘rovi orqali; 5050 raqamiga STOP matnli SMS yuborish orqali; @UcellQuizBot Telegram-botida tegishli buyruqni tanlash orqali. Xizmat narxi: «Boyib keting!» Viktorinasi xizmatiga obuna narxi – kuniga QQS bilan 1684 so‘m. Narxlash 13579 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi. Ishtirokchi tomonidan Mobil telefondan Aksiyaning «5050» Raqamiga yuboriladigan SMS-xabarlar narxlanmaydi. Aksiyaning o‘tkazilish muddati: 01.05.2022-yildan 30.04.2023-yilgacha (shu kunlar ham kiradi) Aksiya tashkilotchisi: «ArBoost» MChJ Qoidalar va shartlar bilan batafsil bu yerda yoki win.ucell.uz saytida tanishib chiqish mumkin. |
5050, 13579 |
1684 so‘m/kun |
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!