Abonentlarga
Xizmatlar
Axborot-ko‘ngilochar xizmatlari
Telecom Lab

Telecom Lab

Наименование сервиса Описание сервиса Сервисный номер Стоимость с учетом НДС
Barcha uchun ovozli pochta Ushbu xizmat chaqirilayotgan abonentga quyidagi holatlarda ovozli xabar qoldirish imkoniyatini taqdim qiladi:
  • chaqirilayotgan abonent javob bermasa;
  • chaqirilayotgan abonentning telefoni o‘chirilgan bo‘lsa;
  • chaqirilayotgan abonentning telefoni xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa;
  • chaqirilayotgan abonentning telefoni band bo‘lsa;
  • chaqirilayotgan abonent chaqiriqni rad qilsa.
Abonentga ovozli pochta xabari kelgani haqida bepul SMS yordamida xabar qilinadi.
Ovozli pochtadagi xabarni 6757 qisqa raqami orqali tinglash mumkin.

Xizmat narxi
  • Abonent to‘lovi – 0 so‘m
  • 6757 raqami orqali kelib tushgan ovozli xabarni tinglash narxi – 0 so‘m
  • Shaxsiy salomlashuvni yozib olish narxi – 0 so‘m
  • «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatini ulatish/o‘chirish – 0 so‘m
  • Bitta (60 soniyadan ko‘p bo‘lmagan) ovozli xabarni yozib olish narxi – 240 so‘mni (QQS bilan) tashkil qiladi va u ovozli xabarni qoldirayotgan abonent hisobidan yechib olinadi.
  • Qo‘ng‘iroq qiluvchi abonent uchun chiquvchi qo‘ng‘iroqning avtomatik javob beruvchining signalidan keyingi narxi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga o‘rnatilgan tariflar bo‘yicha hisoblanadi yoki abonentda mavjud bo‘lgan daqiqalar to‘plamidan sarflanadi.
Xizmatni boshqarish
  • Abonentda ushbu xizmatni mustaqil ravishda faollashtirish va o‘chirish imkoniyati mavjud.
  • Xizmatni ulatish uchun *977*5*1# raqamiga USSD-so‘rov yuborish kerak
  • Xizmatni o‘chirish uchun *977*5*2# raqamiga USSD-so‘rov yuborish kerak
  • Xizmatning holatini tekshirish uchun *977*5*3# raqamiga USSD-so‘rov yuborish kerak
Xizmatdan foydalanish imkoniyati
  • Xizmat jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan va «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmati faollashtirilmagan barcha amaldagi abonentlarga avtomatik ravishda ulanadi.
  • Xizmat yangi raqam ulangan paytdagi boshlang‘ich xizmatlar to‘plamiga qo‘shiladi.
  • Yuridik shaxslarga mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlarda ovozli pochtaga xabarlarni olish imkoniyati mavjud emas.
  • Yuridik shaxslarga mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatini ulatgan abonentlarga ovozli pochta xabarini qoldirishlari mumkin. Xabar ushbu xizmatga o‘rnatilgan tarifga muvofiq narxlanadi.
  • Abonent tomonidan «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati ulatilganda, abonentda «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmati avtomatik ravishda o‘chadi (agar u faollashtirilgan bo‘lsa). Xuddi shu tartibda, «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmati ulatilganda, «Barcha uchun ovozli pochta» xizmati avtomatik ravishda o‘chadi.
  • «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmatini ulatgan abonentlar «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatini ulatgan abonentlarga ovozli pochta xabarini qoldirishlari mumkin. Xabar ushbu xizmatga o‘rnatilgan tarifga muvofiq narxlanadi.
Izohlar
  • Bitta ovozli xabarni yozib olishning maksimal davomiyligi – 60 soniya.
  • Saqlab qo‘yiladigan ovozli xabarlarning eng ko‘p soni – 10 ta. 11 ta yoki undan ko‘proq xabarlar kelib tushganida, ular 1-xabardan boshlab o‘chiriladi.
  • Barcha xabarlarning eng uzoq saqlanish muddati – 72 soat.
  • Ovozli xabarni yozib olish va narxlash avtomatik javob beruvchining signalidan keyin boshlanadi.
  • Narxlash 6758 raqamidan ko‘rinmaydigan SMS jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
  • Abonent tomonidan sozlangan chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash xizmatining ustuvorligi «Barcha uchun ovozli pochta» xizmatidan yuqoriroq.
  • Ushbu bazaviy xizmat barcha yangi va mavjud Ucell abonentlariga avtomatik tarzda ulab beriladi.
  • Xizmatni yuridik shaxslar ulata olmaydilar.
  • Xizmatdan faqat «COSCOM» MChJ tarmog‘i ichida foydalanish mumkin.
  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan
6757
 
240 so‘m
(QQS bilan)

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.