Xizmat nomi | Xizmat haqida ma’lumot | Xizmat raqami | QQS bilan narxi |
---|---|---|---|
"Hayot sinovlari" xizmati |
“Hayot testlari” xizmati barcha hayotiy holatlar uchun turli testlardan iborat portaldir. Obunachilar hayotga oid turli savollarga javob topishlari va foydali maslahatlar yoki qiziqarli hayotiy hikoyalar berilgan maqolalarni o‘qishlari mumkin. Portal tarkibi har hafta yangilanadi. Portal turli toifalarga ega: ayollar, erkaklar, talabalar, haydovchilar, ishbilarmonlar va boshqalar uchun. Bundan tashqari, portal sizga rezyume tayyorlash, bolalarni o‘rgatish, oila qoidalari, suhbatlar, imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish va hokazo mavzulardagi maqolalarni o‘qish orqali dunyoqarashingizni kengaytirish imkonini beradi. Portaldan foydalanishning birinchi kuni bepul. Ikkinchi kundan boshlab kunlik abonent to‘lovi 842 so‘mni (QQS bilan) tashkil etadi. Narxlash 5869 raqamidan kiruvchi ko‘rinmas SMS orqali amalga oshiriladi. Agar hisobda abonent to‘lovini to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ (842 so‘m) bo‘lmasa, abonentdan bu pulning yarmi – 421 so‘m undiriladi. Bunday holda, portalning faqat muayyan sahifalariga kirish ochiq bo‘ladi. Xizmatga ulanish / o‘chirish tartibi. Obunani faollashtirish uchun 5868 raqamiga istalgan xabarni (СТОП, STOP, STOP1dan tashqari) SMS tarzida jo‘natish kerak. Faollashtirish so‘roviga javoban abonent ro‘yxatdan o‘tishi tasdiqlanganligi, xizmat haqidagi, uning narxi hamda obunani bekor qilish qoidalari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar hamda veb-havola ko‘rsatilgan SMS-xabar oladi. Obunani to‘xtatish uchun 5868 raqamiga STOP (СТОП) kodli, ko‘rinmas tarzda to‘xtatish uchun, shuningdek, terminatsiyada shu raqamga STOP1 kodli SMS-so‘rov yuborish lozim. Shuningdek, obuna bo‘lish so‘rovini siz lifetest.uz portalidan ham yuborishingiz mumkin. Aloqa markazi raqami: +998712000520 |
5868 5869 |
842 so‘m (s NDS) 421 so‘m (s NDS) |
Fluent Worlds |
«Fluent Worlds» – ingliz tilini real sharoitlarda muloqot hamda birgalikdagi harakatlar vositasida o‘rganishning o‘ta samarali raqamli usulidir. Mazkur xizmatdan iOS hamda Android tizimli mobil qurilmalarda, Windows tizimli stol kompyuterlarida foydalanish mumkin. Ushbu xizmatga ulanish uchun Abonent 5868 qisqa raqamiga tegishli 1 yoki F SMS-buyrug‘ini yuborishi lozim. Xizmatning qisqa raqamiga so‘rov yuborib, Abonent bu xizmatga kunlik obunani faollashtiradi. Abonent tomonidan obuna/ro‘yxatdan o‘tish tasdiqlanganidan so‘ng, unga xizmatning ulanganligi haqida Abonentni xabardor qiluvchi SMS hamda Abonent xizmatning ilovasini yuklab olishi mumkin bo‘lgan https://fw.ucell.uz manzili yuboriladi. Kunlik obuna narxi – QQS bilan 1263 so‘m. Kontent-xizmatga obuna/ulanish uchun birinchi to‘lov Abonent tomonidan obuna/ro‘yxatdan o‘tish tasdiqlanganidan so‘ng darhol yechiladi. Abonentdan obuna uchun to‘lov toki Abonent bu xizmatdan voz kechguniga yoki abonent raqami tizimdan o‘chirilguniga qadar har kuni yechiladi. Abonentga kunlik abonent to‘lovi yechilishi haqida xabar beruvchi SMS yuborilmaydi. Abonent hisobida yetarlicha miqdordagi (1263 so‘m) mablag‘ bo‘lmasa, toki navbatdagi to‘lovni amalga oshirmagunicha Abonent xizmatdan foydalana olmaydi. Xizmatni o‘chirish tartibi. Xizmatni o‘chirish uchun Abonent 5868 qisqa raqamiga STOPFW yoki СТОПФВ SMS-buyrug‘ini yuborishi lozim. Kunlik narxlash 9901 qisqa raqamidan SMS yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. |
5868, 9901 | 1263 so‘m/kun |
«Videogudok» |
Xizmat haqida ma’lumot: «Videogudok» (Video Ring Back Tone – VRBT) xizmati – bu innovatsion ko‘ngilochar servis bo‘lib, unda har qo‘ng‘iroqda chaqiruvchi tomon zerikarli gudok o‘rniga o‘z smartfoni ekranida chaqiriluvchi tomon o‘rnatgan videoroliklar tomoshasidan bahra olishi mumkin bo‘ladi. «Videogudok» xizmatiga obuna bo‘lgan har bir abonent Android operatsion tizimli smartfonlarga ilovani https://ucell.page.link/0 havolasi bo‘yicha o‘rnatib olishi va uni faollashtirishi mumkin. Gudokka videoni o‘z galereyasidan ham, ilovada taklif etilgan turli saytlar (masalan, YouTube va h.k.) videokontentidan ham yuklash mumkin. Mazkur xizmat Prepaid va Postpaid tizimlari abonentlari uchun ishlab chiqilgan. Videogudokni tomosha qilish uchun har ikkala abonent xizmatga obuna bo‘lishlari, ilovani o‘rnatishlari va internetga ulangan bo‘lishlari lozim. Obuna narxi: kuniga 842 so‘m. Abonent to‘lovi yechilishi 8091 qisqa raqami orqali amalga oshiriladi. Xizmatni ulatish / o‘chirish tartibi: Xizmatni ulatish uchun abonentlar istalgan bir (o‘chirish uchun belgilangan «СТОП», «STOP» kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni xizmatning 8090 qisqa raqamiga SMS-xabar orqali yuborishlari lozim. Birinchi ulanishda barcha abonentlar xizmatdan 3 (uch) kun bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Xizmatni o‘chirish uchun «STOP» yoki «СТОП» so‘zini 8090 servis raqamiga SMS-xabar orqali yuborish lozim. |
8090, 8091 | 842 so‘m/Kunlik obuna |
«Musiqalar Saltanati» |
«Musiqalar Saltanati» xizmati – bu butun jahonda ommalashgan «Kuyni toping» o‘yini asosida ishlab chiqilgan xizmat. Mazkur quvnoq musiqiy onlayn test foydalanuvchilarga chambarakdagi qo‘shiq qaysi ekanini topish va o‘zining musiqiy ko‘nikmalari yordamida sovrin yutib olish imkonini beradi. Foydalanuvchi chambarakni aylantiradi va undagi tegishli ochkoga ega bo‘lgan tasodifiy musiqani oladi. Agar foydalanuvchi to‘g‘ri javob bersa (musiqani yoki xonandani 10-15 soniyada topsa), u ochkolar oladi. Xizmat barcha brauzerlar orqali spin-win.uz portalida amal qiladi. Har oy yakunlariga ko‘ra eng ko‘p miqdorda ochko to‘plagan 1 obunachi g‘olib sifatida tanlanadi. Xizmatga obuna bo‘lish uchun: - 6303 raqamiga SMS tarzida istalgan bir so‘zni (STOP, СТОП, Stop1, Stopall so‘zlaridan tashqari) yuboring. - Landing Page orqali obuna bo‘ling: spin-win.uz Xizmatga obunani bekor qilish uchun: - 6303 raqamiga SMS tarzida STOP yoki СТОП so‘zini yuboring. Ulanish va narxlash shartlari: Birinchi ulanishda barcha abonentlar o‘yinni 1 kun bepul o‘ynash imkoniga ega bo‘ladilar. Ulanishning ikkinchi kunidan (xizmatga birinchi marta ulanish holatida), abonent hisobidan har kuni obuna uchun kunlik abonent to‘lovi – QQS bilan 1263 so‘m yechib olinadi. Agar abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hisobdan qisman narxlash qiymati (QQS bilan 842 so‘m yoki QQS bilan 421 so‘m) yechib olinadi. Abonent to‘langan miqdorga muvofiq ballarga va o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi: 1263 so‘m to‘lab, abonent 150 ball oladi hamda chambarakni 21 marta aylantirish va 21 ta qo‘shiqni topish imkonini qo‘lga kiritadi; 842 so‘m to‘laganida, abonent 100 ball oladi hamda chambarakni 14 marta aylantirish va 14 ta qo‘shiqni topish imkonini qo‘lga kiritadi; 421 so‘m to‘laganida esa, abonent 50 ball oladi hamda chambarakni 7 marta aylantirish va 7 ta qo‘shiqni topish imkonini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, abonentlar har bir to‘g‘ri javob uchun ballar to‘playdilar. To‘g‘ri javoblar uchun beriladigan ballar savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra farqlanadi va portalda chambarakni aylantirganda aks etadi. Obunachilarda 6303 raqamiga Da, Yes, Ha, OK, 100 kalit so‘zlarini o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha so‘rovlar yuborib, o‘z ballarini ko‘paytirish uchun qo‘shimcha musiqiy parchalarni olish imkoni mavjud. Har bir qo‘shimcha so‘rov narxi – QQS bilan 1263 so‘m. Shuningdek, qo‘shimcha savollar to‘plami uchun so‘rov yuborganida, agar abonent hisobida to‘liq qiymatni to‘lashga mablag‘ yetarli bo‘lmasa, bunda ham qisman narxlash qo‘llanadi. Narxlash turidan (to‘liq / qisman) kelib chiqib, abonent shunga mos miqdorda ballarni va shunga mos miqdorda chambarakni aylantirish imkonini qo‘lga kiritadi. Qo‘shimcha ma’lumotni spin-win.uz saytidan olish mumkin. |
6303 6304 6305 |
1263 so‘m (QQS bilan) 842 so‘m (QQS bilan) 421 so‘m (QQS bilan) |
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!