Abonentlarga
Xizmatlar
Axborot-ko‘ngilochar xizmatlari
Speed Network Group

Speed Network Group

Aksiya nomi Aksiya haqida Aksiyani ulatish/o‘chirish tartibi Xizmat raqami
OMAD QO‘LINGIZDA Kunlik sovrin – 300 000 so‘m (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan soliqlar to‘langanidan so‘ng). Har kuni o‘ynaladi (har haftaning so‘nggi kunidan tashqari).
Haftalik sovrin – 1 000 000 so‘m (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan soliqlar to‘langanidan so‘ng). Aksiya oyining har yakshanbasida o‘ynaladi (har oyning so‘nggi kunidan tashqari).
Oylik sovrin – 3 000 000 so‘m (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan soliqlar to‘langanidan so‘ng). Har oyning so‘nggi kunida o‘ynaladi.
Supersovrin – 30 000 000 so‘m (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan soliqlar to‘langanidan so‘ng). 2021-yil 6-iyul kuni o‘ynaladi.
Bitta ishtirokchi bir taqvimiy oy davomida faqat bitta kunlik yoki haftalik sovrin hamda aksiyaning butun davri mobaynida faqat bitta oylik sovrin yutib olishi mumkin. Agarda yutuqli o‘yin natijalariga ko‘ra allaqachon shu turdagi sovrinni yutib olgan ishtirokchi g‘olib bo‘lib chiqsa, u holda ballar miqdoriga ko‘ra keyingi o‘rinda turgan ishtirokchi kun g‘olibi deb e’lon qilinadi.
Pul mablag‘larining yechilishi har kuni, to‘plam uchun to‘lov qilishda sutkasiga bir marta, yoki qismlarga bo‘lib amalga oshiriladi.
Abonentga viktorinada qatnashish imkoni faqat abonent hisobidan pul mablag‘lari yechilganidan so‘ng taqdim etiladi.
Xizmatga obuna bo‘lish va viktorinada ishtirokini tasdiqlash uchun, abonent *415# USSD-buyrug‘ini terishi yoki 4015 qisqa raqamiga STOP (СТОП), UZ (УЗ), RU (РУ), RE (РЕ), PRIZ (ПРИЗ), TOP (ТОП), Q buyruqlaridan boshqa istalgan matnli SMS-xabar yuborishi lozim. Xizmatga obuna bo‘lish bilan abonent QQS va SOSni ham o‘z ichiga oluvchi obuna narxiga (kuniga 1263 so‘m) rozilik beradi, shuningdek mazkur Qoidalar shartlariga binoan viktorinada qatnashishga o‘z roziligini ifodalaydi.
Viktorinada ishtirok etishga obuna bo‘lib, abonent qo‘shimcha to‘lovlarsiz 4015 qisqa raqamiga bepul xabarlar , shuningdek, 4012 raqamiga 3000 so‘m narxidagi pulli SMS-xabarlar yuborish hamda savollarga to‘g‘ri javoblar berib, ballar to‘plash imkonini qo‘lga kiritadi.
O‘yinda takroran o‘ynash, qo‘shimcha savollarga javob berish va kunlik natijasini yaxshilash uchun, abonent 4015 raqamiga RE buyrug‘ini yuborishi lozim. Har bir qo‘shimcha o‘yin narxi – 1263 so‘m. Kun davomidagi o‘yinlar soni cheklanmagan.
O‘zining joriy natijasini va reytingdagi o‘rnini bilish uchun, abonent 4015 raqamiga PRIZ buyrug‘ini yuborishi lozim. SMS yuborish bepul.
Joriy kun o‘yinidagi eng yaxshi natijani bilish uchun, abonent 4015 raqamiga TOP buyrug‘ini yuborishi lozim. SMS yuborish bepul.
Xizmat ko‘rsatish tilini o‘zbekchaga o‘tkazish uchun, abonent 4015 raqamiga UZ buyrug‘ini yuborishi lozim. SMS yuborish bepul.
Xizmat ko‘rsatish tilini ruschaga o‘tkazish uchun, abonent 4015 raqamiga RU buyrug‘ini yuborishi lozim. SMS yuborish bepul.
Savolni takroran olish uchun, abonent 4015 raqamiga Q buyrug‘ini yuborishi lozim. SMS yuborish bepul.
Ishtirok etishdan voz kechish uchun, abonent *415*1# USSD-buyrug‘ini terishi yoki 4015 qisqa raqamiga STOP buyrug‘ini yuborishi lozim. Intellektual viktorinada ishtirok etishdan voz kechish bepul amalga oshiriladi.
*415#, 4012,4013,4014,4015
Xizmat nomi Xizmat haqida Xizmat raqami Xizmat narxi, QQS bilan
«FitJab-fitnes portali» Halol standartlariga mos birinchi Fitnes-xizmat. Xizmatda kamida 10 kunda bir marta yangilanadigan 32 dan ortiq kurslar va 2000 dan ortiq videolar taqdim etilgan. Fitness-portal xizmati mobil qurilmalar uchun ham, kompyuter va planshetlar uchun ham mo‘ljallangan.

Ulanish/bekor qilish tartibi:
Xizmat obuna asosida taqdim etiladi.


“Fitness-portal” xizmatiga obuna bo‘lish uchun abonent DA kod so‘zini SMS orqali 4088 qisqa raqamiga yuborishi kerak. Obuna narxi kuniga 1263 so‘m, QQSni hisobga olgan holda. Keyin abonentga obuna bo‘lganligi, narx, kalit so‘z va o‘chirish buyrug‘i haqida SMS xabar keladi. SMSga misol: Siz “Fitness-portal” xizmatiga fitjab.ucell.uz obuna bo‘ldingiz. Kalit so‘zi XXXX. Xizmat narxi - XX so‘m. Avtorizatsiya qilinganidan so‘ng, abonent kamida 10 kunda bir marta yangilanadigan 32 ta kursni va 2000 dan ortiq videolarni ko‘rishi mumkin. Abonent to‘lovini yechib olish uchun MT raqamidan foydalaniladi. Xizmatning narxi kuniga soliqlarni hisobga olgan holda 1263 so‘mni tashkil etadi.

Xizmatni bekor qilish uchun 4088 qisqa raqamiga "STOP" so‘zi bilan SMS-xabar yuborish kerak.

Batafsil: fitjab.ucell.uz

Tariflash 4089 raqamidan ko‘rinmas SMS yuborish orqali amalga oshiriladi.

Xizmatning narxi kuniga 1263 so‘mni tashkil qiladi, QQSni hisobga olgan holda.
4089
4088
1263 so‘m (QQS bilan)
Bolalar portali Bolalar portali – bu 0 dan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun noyob rivojlantiruvchi xizmat. Portal turli mavzudagi axborot, ommabop multfilmlar va multseriallar, filmlar, hamda ko‘plab rivojlantiruvchi eshittirishlar, kitoblar, ertaklar, o‘yinlar va musiqalarni o‘z ichiga kiritadi. “Bolalar portali"ga obuna bo‘lish uchun 4024 qisqa raqamiga “DA” kod so‘zini jo‘natish lozim. Obuna narxi QQS bilan kuniga 1263 so‘mni tashkil etadi. Xizmatni bekor qilish uchun 4024 qisqa raqamiga “STOP” kod so‘zini jo‘natish lozim. Abonent to‘lovi yechilishi 4025 qisqa raqami orqali amalga oshiriladi. 4024, 4025 1263 so‘m/kun
«Xushomad» xizmati gap.ucell.uz «Xushomad» xizmati — bu mobil tanishuvlar va istalgan mavzularda muloqotlar uchun betakror xizmat. Abonentlar xohlagan payt va istalgan joyda, mobil telefon yoki internetga kirish imkoni bo‘lganida Ucell abonentlari orasidagi muloqot va tanishuvlar portalidan foydalana oladilar. Portalda ro‘yxatdan o‘tish, anketa to‘ldirish, kontaktlarni izlash, xabar almashish, do‘stlar ro‘yxatini tuzish, istalmagan kontaktlarni bloklash funksiyalari mavjud bo‘ladi.

«Xushomad» xizmatiga obuna rasmiylashtirish uchun abonent 4020 qisqa raqamiga DA kodli so‘zini SMS tarzida yuborishi lozim. Obuna narxi QQS bilan kuniga 505,2 so‘mni tashkil etadi. Avtorizatsiyadan o‘tganidan so‘ng abonent portalda o‘z anketasini ro‘yxatdan o‘tkazishi, anketalarni tezkor izlashi, foydalanuvchilarning fotosuratlarini izohlash va baholash imkoniga ega bo‘lishi, do‘stlarning yangilanishlarini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.

Xizmatni o‘chirish uchun 4020 qisqa raqamiga «STOP» kodli so‘zini SMS tarzida yuborish zarur.

Batafsil ma‘lumot gap.ucell.uz saytida.
4020,
4021
Obuna narxi QQS bilan kuniga 505,2 so‘mni tashkil etadi.
"Ucell Sport" sport portali "Ucell Sport" sport portali betakror xizmat bo‘lib, sport voqealari natijalari agregatori bo‘lmish Sportradar xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda taqdim etiladi. Mazkur xizmatga obuna bo‘lib, abonent

Ushbu xizmatga obuna bo‘lib, abonent real vaqt rejimida jahon asosiy sport tadbirlarining matnli-grafik translyatsiyalarini olish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, matnli-grafik translyatsiyalar doirasida abonentlarga qo‘shimcha tarzda quyidagi ma‘lumotlar ham taqdim etiladi: tadbirga sharhlar, jamoalar tarkibi, statistika, turnir jadvali, qayta uchrashuvlar, o‘yinchilar statistikasi. Mazkur bo‘lim abonentlarni xizmat bilan qisqacha tanishtirish uchun demo-versiyada obunasiz taqdim etilishi mumkin.

"Ucell Sport" sport portalida obunani rasmiylashtirish uchun, abonent 4017 qisqa raqamiga «DA» kodli so‘zini SMS tarzida yuborishi lozim. Obuna narxi QQS bilan kuniga 505,2 so‘mni tashkil etadi. So‘ng abonent o‘z mobil telefoni, plansheti yoki kompyuteridan sport.ucell.uz havolasi orqali kirishi hamda login (o‘z telefon raqami) va SMS tarzida kelgan parolni kiritishi kerak. Avtorizatsiyadan o‘tganidan so‘ng abonent "Ucell Sport" sport portalida taqdim etilgan barcha ma‘lumotlarga kira oladi.

Xizmatni o‘chirish uchun 4017 qisqa raqamiga «STOP» kodli so‘zini SMS tarzida yuborish zarur.

Batafsil ma‘lumot sport.ucell.uz saytida.
4016,
4017
Obuna narxi QQS bilan kuniga 505,2 so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.