Abonentlarga
Xizmatlar
Axborot-ko‘ngilochar xizmatlari
Zamin Mobile

Zamin Mobile

Xizmat nomi Xizmat haqida Xizmat raqami Xizmat narxi, QQS bilan
Web-xizmatlar
Web Games Web Games – bu o‘yinlar onlayn do‘konidir.
Telefoningiz xotirasi tugab qolishidan xavotir olmasdan, istalgan vaqt o‘ynash mumkin bo‘lgan, jonga teguvchi reklamadan xoli ko‘plab maroqli o‘yinlar. Portal internetga ulanishni talab etuvchi, brauzerda o‘ynash mumkin bo‘lgan Web Games o‘yinlariga bag‘ishlangan. Turli-tuman o‘yinlar bir nechta toifalarda taqdim etilgan: sport o‘yinlari, boshqotirmalar, otishmalar va ko‘plab boshqalari.
Xizmat http://uz.gamecious.com/ WEB-portalida taqdim etladi.

Xizmatni ulatish/o‘chirish tartibi.
Xizmatni ulatish uchun abonent Internet tarmog‘idagi http://uz.gamecious.com/ saytiga kirishi, saytga kirish kodi bilan autentifikatsiyadan o‘tishi va kontentdan foydalanish imkonini olishi lozim.
1) Abonent «Landing Page»ga integratsiya qilingan «Obuna bo‘lish» tugmachasini bosadi.
2) Keyin abonent 2580 qisqa xizmat raqamidan SMS-xabar oladi. Abonent qurilmasiga maxfiy kodni olgach, abonent ushbu maxfiy kodni «Landing Page»dagi maxsus maydonchaga kiritadi.
3) Abonent tomonidan maxfiy kod to‘g‘ri kiritilganida, abonent qurilmasiga 123 qisqa xizmat raqamidan xizmatning yoqilganligi haqida ma’lumot beruvchi SMS-xabar keladi va abonent avtorizatsiyadan o‘tish uchun tegishli portalga yo‘naltiriladi.
4) Shuningdek, mazkur xizmatga ulanish Abonent tomonidan, 123 (SMS) qisqa raqamiga «PR» matnli SMS-xabar jo‘natish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
Faollashtirishdan so‘ng, Abonentga obuna bo‘lganligi haqida, xizmatning veb-manzili va xizmatni o‘chirish usuli ko‘rsatilgan SMS-bildirishnoma keladi.
Xizmatni o‘chirish:
Abonent mazkur xizmatni 123 qisqa raqamiga «Stop webgames» matnli SMS-xabar yuborib o‘chirishi mumkin.

7542 qisqa raqami mazkur xizmatni narxlash uchun qo‘llanadi, uning qiymati obuna bo‘yicha QQS bilan kuniga 336,80 so‘mni tashkil etadi. 
123
7542
336.8 so‘m/kun (QQS bilan)
«Zamin Mobile» ХKdan “Tasodifiy videochat” veb-portali
(https://videochat.uz)
Tasodifiy videochat xizmati abonentga onlayn rejimda qiziqarli odamlar bilan tezda uchrashib, muloqot qilish imkonini beradi. Agar siz biron bir yangi odam bilan uchrashmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki "Boshqa xonaga o‘tish" tugmachasini bosing va shu zahotiyoq siz yangi notanish inson bilan bog‘lanasiz.

Xizmat https://videochat.uz WEB portalida taqdim etiladi.

SMS xabarlar (123 raqami) – 0 so‘m,
Obuna bo‘yicha kunlik to‘lov QQS bilan (7542 raqami) – 336.8 so‘m
123 raqamiga SMS “stop videochat” yuborib, xizmatdan foydalanishni rad etishingiz mumkin.
123/7542 Obuna bo'yicha kuniga 336,8 so'm
SMS-xizmatlar
«Ramazon» «Ramazon» xizmati – bu foydalanuvchilarga Ramazon oyi davrida Saharlik va Iftorlik vaqtlarini ko‘rsatuvchi SMS-bildirishnomalar olish imkonini beruvchi xizmat.

Xizmatga ulanish uchun:
«RO» matni va hudud kodini SMS orqali 123 raqamiga yuboring.

Xizmatni o‘chirish uchun:
«STOP RO» matnini SMS orqali 123 raqamiga yuboring.

Ulanish va narxlash shartlari:
Xizmat ishga tushirilgan 23.03.2023 sanasidan 23.04.2023 sanasigacha (shu kunlari ham), obuna narxi 0 so‘mni tashkil etadi. Ramazon oyi tugagach, 123 qisqa raqamidan/raqamiga kiruvchi/chiquvchi SMS-xabarlar uchun abonent to‘lovi yechilmaydi.
123 0 so‘m (QQS bilan)
«Yutuq 3 million» аksiyasi «Yutuq 3 million» aksiyasi

Aksiya haqida:
Portal 8888 xizmat raqamiga qo‘ng‘iroq qilish va tanishuvlar shahriga kirish imkonini beradi. Abonent xizmatga obuna bo‘lganidan so‘ng, u avtomatik ravishda joriy oy uchun aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Aksiya o‘tkazilish muddati davomida abonentga 8888 IVR portalidan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Xizmat keyingi oydan boshlab pullik bo‘ladi.
Sovrin sifatida 3 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti taqdim etiladi. Yutuqli o‘yin har oyning oxirida «Zamin Mobile» YouTube-kanalida o‘tkaziladi.
Har bir yutuqli o‘yin doirasida faqat bir nafar g‘olib aniqlanadi (barcha abonentlar orasida). G‘oliblar «Zamin Mobile» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan (randomizer dasturi tamoyili asosida ishlaydigan) dastur yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi.

Aksiyaning o‘tkazilish muddati: 2022-yil 1-iyuldan 2023-yil 31-iyulgacha.

Xizmatni ulatish / o‘chirish tartibi:
Xizmatni faollashtirish uchun abonent 8888 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi yoki 123 raqamiga H harfini SMS tarzida jo‘natadi. Abonent 123 qisqa raqamiga STOP H matnli SMS yuborib yoki shaxsiy kabinet orqali 8888 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xizmatni o‘chirishi mumkin.

Xizmat narxi:
Abonentga 8888 IVR portalidan bir oy bepul foydalanish imkoni beriladi, keyin xizmat narxi kuniga 336,80 so‘mni tashkil qiladi.
8888
123 
336,80  so‘m/kun
“Chiqishga taqiq” Mazkur xizmat yordamida siz quyidagilar haqida ma’lumotlarni olishingiz mumkin:

• O‘zbekistondan chiqish imkoniyati;
• qarzdorlik mavjudligi haqida.

Xizmatni faollashtirish/o‘chirish tartibi:

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun 123 raqamiga pasport seriya va raqamini (AA1234567) yuborish kerak. Abonentga ma'lumot bilan javob SMS 213 raqamidan yuboriladi.

Har bir so‘rovning narxi — QQS bilan 336,80 so‘m.

Barcha ma'lumotlar MIB.UZ rasmiy saytidan olinadi.
Axborotning ishonchliligi uchun MIB.uz javobgar.
123, 213 336.80 so‘m/so‘rov
IVR-xizmatlar
IVR-portal Portalda siz o‘zaro muloqot qilishingiz, muloqot uchun xonalar ochishingiz, ovozli o‘yinlar o‘ynashingiz, tabriklar bilan ovozli otkritkalar jo‘natishingiz hamda qiziqarli testlardan o‘tishingiz mumkin.

Portaldan foydalanish uchun 8888 tering.

Xizmat narxi – 336.8 so‘m/kun.

Xizmatni o‘chirish uchun 123 qisqa raqamiga STOP kod so‘zini SMS tarzida yuborish zarur.
8888, 123, 213 336.8 so'm/kun

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.