Abonentlarga
Xizmatlar
Portallar va ilovalar
Kid Security

Kid Security

Ota-onalarga farzandlarini nazorat qilish, ularning nima bilan shug‘ullanayotgani va xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi maxsus xizmat.

Ilovani yuklab oling yoki kidsecurity.uz saytida ro‘yhatdan o‘ting va xizmatni birinchi 7 kun bepul sinab ko‘ring.

Xizmat narxi 8-kundan boshlab kuniga 899 so‘mni (QQS bilan) tashkil qiladi*


Ushbu xizmat quyidagi imkoniyatlarga ega:


1. Farzandingizning joylashgan joyini ko‘rsatadi

2. Yo‘nalishlar tarixini ko‘rsatadi

3. Farzandingiz maktabdan chiqqanida va uyga kelganida xabar jo‘natadi

4. Farzandingiz atrofida nimalar bo‘layotganini eshitish imkoniyatini beradi

5. Farzandingizning telefoni ovozsiz holatda bo‘lganda ham qo‘ng‘iroq qilib tushish imkoniyatini beradi

6. Farzandlaringiz qancha vaqtini o‘yin o‘ynash yoki ijtimoiy tarmoqlarda sarflayotganini ko‘rsatadi

7. Bolalarni foydali ishlarni qilishga va mantiqiy rivojlanishga undaydi


Qo‘shimcha imkoniyatlarga:

Bolalar uchun o‘yin tarzidagi topshiriqlar va yutuqlar;

Bolalar uchun kvizlar


Muhim! Bolaning mobil qurilmasida Sirius Chat ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ilovani Google Play va AppStoredan yuklab olish mumkin. Ilovani o‘rnatish va ulash bepul, ammo ma’lumotlarni uzatish uchun umumiy Internet-trafikdan xarajatlar mavjud.


Bu hali hammasi emas!


Xavf tug‘ilsa bola SOS tugmachasini bosadi. Sizga bolaning koordinatalari aks etgan bildirishnoma keladi va tezkorlik bilan yordam ko‘rsata olasiz.

Shuningdek, siz bola telefonga bog‘lanib qolmasligi va ko‘rish qobiliyati buzilmasligi uchun, uning qancha vaqtini ijtimoiy tarmoqlar va o‘yinlarda o‘tkazayotganidan boxabar bo‘lasiz.

Eng kerakli paytda aloqa uzilib qolmasligi uchun, bolaning telefonida batareya quvvati kam qolgani haqida bildirishnoma oling.

* Ilova internetga ulanish mavjud bo‘lganida ishlaydi.

 

Xizmatga ulanish uchun:

• Ilovani Google Play yoki AppStoredan yuklab oling, raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkazing.

kidsecurity.uz, sahifasiga o‘ting, tasdiqlovchi kod orqali raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkazing.

 

Kid Security ilovasini yuklab oling


 

iOS uchun

 
 

Android uchun

 

Xizmatni bekor qilish uchun:

- «stop» so‘zini SMS orqali 1325 qisqa raqamiga jo‘nating;
- +998940609808 raqami orqali call-markazga qo‘ng‘iroq qiling.

* Xizmat narxlanishi 1320 raqamidan ko‘rinmas SMS orqali amalga oshiriladi.
Muhim! Xizmat MCHJ «Mobistream» kontent-provayderi tomonidan taqdim etiladi.
Texnik masalalar bo‘yicha Call-markazi raqami +998940609808

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.