Savol berish
My Ucell Telegram-bot yordamchisini ulab, savolingizni uydan chiqmasdan Kompaniyaga yuborishingiz mumkin! #UydaQoling
Ish kunlari va soatlari: dushanbadan yakshanbagacha, 9:00 dan 18:00 gacha.
My Ucell Telegram-bot yordamchisi orqali kompaniyaga murojaatlarni ko'rib chiqish muddati 3 kalendar kunigacha yetishi mumkin. Zaruriyat bo'lganida, abonent bilan qayta bog'lanib, xabarnoma muddati haqida xabar beriladi.
My Ucell Telegram-bot yordamchisi xizmati barcha haqi oldindan to'lanuvchi xizmat ko'rsatish (Prepaid) tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish
«My Ucell» Telegram-bot yordamchisi orqali «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» servisi bilan, Siz kompaniya mutaxassisiga o‘z savollaringizni berishingiz mumkin.
Servisdan foydalanish uchun Siz «My Ucell» Telegram-bot yordamchisida «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» bandini tanlashingiz va servisdan foydalanishni tasdiqlashingiz lozim. So‘rovga javob tarzida siz so‘rovingiz qabul qilinganligi haqidagi tasdiqni olasiz, keyin sizga kompaniya mutaxassisi qo‘ng‘iroq qiladi va siz Kompaniya yangiliklari, aksiyalari, xizmatlari, yangi imkoniyatlari haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, siz o‘z mobil raqamingiz, ulatilgan xizmatlar haqida savol berishingiz va tarif rejasi bo‘yicha tavsiyalar olishingiz mumkin.
Bitta samarali so‘rov narxi – 631.5 so‘m
Servis dushanbadan yakshanbagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.
Xizmat faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
Eslatma!
Hurmatli abonent!
So‘rovingiz qabul qilingach, +998931800000 telefon raqamidan kompaniya mutaxassisining qo‘ng‘irog‘ini kutishingiz kerak bo‘ladi. Agar siz mutaxassis qo‘ng‘irog‘iga javob bermasangiz, yoki raqamda kirish qo‘ng‘iroqlari taqiqlangan bo‘lsa, yoki telefon xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa, unda ish kuni davomida 30 daqiqa ichida qo‘ng‘iroq qilish uchun 3 ta urinish amalga oshiriladi, so‘rov 17:30 dan keyin qabul qilingan hollarda urinishlar ish kunining so‘nggi daqiqalarigacha amalga oshiriladi.
30 daqiqa davomida faqat bitta so‘rov jo‘natish imkoniyati mavjud. Mablag‘ har bir tasdiqlangan (yuborilgan) so‘rov uchun yechiladi.
Agar servis shartlarida ko‘rsatilgan muddat ichida sizdan javob qabul qilinmasa, unda «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» xizmati doirasidagi so‘rovingiz yopiladi, sarflangan mablag‘ingiz esa qaytarib berilmaydi.
Yoqtirilgan xizmatlar, hisob-kitoblar va amalga oshirilgan amaliyotlar (qo‘ng‘iroqlar, SMS, MMS, GPRS-sessiyalar va shu kabilar) haqidagi abonent ma’lumotlari faqatgina abonent to‘liq identifikatsiya qilinganidan so‘ng taqdim etiladi. Aks holda yuqorida ko‘rsatilgan ma‘lumotlar taqdim etilmaydi. Shuningdek, ma’lumotlar faqatgina so‘rov jo‘natuvchi raqam haqida taqdim etiladi.