1. Xizmatdan yangi ulanishdagina haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlari foydalanishlari mumkin.
2. Mazkur xizmatga ulanish 2019-yil 11-iyuldan to 2020-yil 25-oktabrgacha amalda.
3. Chiroyli raqamlarni Kompaniya ofislari yoki dilerlik shoxobchalarida ulatish mumkin.
4. Xizmat doirasida chiroyli raqamni ulatishda Ucell tarmog‘iga ulanish narxi va shartlari ulanish vaqtidagi amal qiladigan shartlarga muvofiq bo‘ladi.
5. Mazkur xizmatga ulanishda abonent istalgan ochiq tarif rejasini tanlashi mumkin. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmatiga ulanishda abonent hisobidan chiroyli raqam uchun toifasiga muvofiq tarzda to‘liq narxi yechilmaydi, abonent “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati shartlariga muvofiq oylik to‘lovlarni amalga oshiradi.
6. Xizmat doirasida Bronze dan Privilege+ gacha bo‘lgan raqamlar toifalari ishtirok etadi.
7. Mazkur xizmat doirasida chiroyli raqam ulatgan abonentlar uchun "Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish" va "Raqamni saqlab qolish" xizmatlari amal qilmaydi. Xizmat shartlari to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
8. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati doirasidagi narxlar va oylik to‘lovlar muddati:
10. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun har bir oylik to‘lovi 1 oy uchun to‘lov hisobida qabul qilinadi. Xizmat shartlarini bajarish uchun abonent hisobidan “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun 12 marta oylik to‘lov yechilishi kerak, mazkur shart bajarilguniga qadar abonent xizmat shartlarini bajarmagan xizmat foydalanuvchisi hisoblanadi.
11. «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik to‘lov xizmat uchun oylik to‘lov samarali yechilgan kundan boshlab bir oy oraliqda yechiladi. Xizmat haqining so‘nggi samarali yechilish sanasi mazkur xizmat uchun navbatdagi to‘lovning yechilish sanasi hisoblanadi. Masalan, agar oylik to‘lovning yechilishi 24-sanada amalga oshgan bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik to‘lov keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar oylik to‘lovning yechilishi 31-sanada amalga oshgan bo‘lsa, keyingi oy esa 30 kunlik bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik to‘lov 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida yechiladi.
12. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik to‘lov yechilishi paytida hisobda xizmat uchun oylik to‘lovdan kam miqdorda mablag‘ bo‘lsa, unda oylik to‘lov bir marta to‘liq hajmda yechilib, abonent hisobi salbiy bo‘lib qoladi hamda abonent raqami blok holatiga o‘tadi.
13. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik to‘lov yechilishi shartlari:
13.1 «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik to‘lovning yechilishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Oylik to‘lovning yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak.
13.2 Agar oylik to‘lovni yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, abonent to‘lovi yechilmaydi, oylik to‘lov abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan DARHOL yechiladi. Keyin oylik to‘lov abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi, ya’ni, xizmat uchun navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilishi xizmat uchun oylik to‘lov so‘nggi marta samarali yechilgan kundan boshlab bir oylik oraliqda amalga oshadi.
13.3 “Kayfiyat” va Active tarif rejalari tizimida (“Superkayfiyat” tarifi abonentlaridan tashqari), qolaversa Restart xizmati faol bo‘lgan abonentlarda, agar abonent raqami bloklangan bo‘lib, hisob to‘ldirilganidan so‘ng hisobdagi mablag‘ tarif rejasi doirasidagi oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli yoki undan ko‘proq bo‘lsa, unda “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun to‘lov darhol yechilishi mumkin.
13.4 “Kayfiyat” va Active tarif rejalari tizimida (“Superkayfiyat” tarifi abonentlaridan tashqari, Restart xizmati faol BO‘LMAGAN abonentlarda), agar abonent hisobidan tarif rejasi uchun to‘lov muddatining boshidan 15 kun davomida oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa hamda ikkita yoki undan ko‘proq to‘lov bilan blok holatidan faol holatga o‘tsa, unda “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun to‘lov darhol yechilishi mumkin.
13.5 “Baxtli 25+” tarifida agar abonent hisobini ikkita yoki ko‘proq to‘lov bilan to‘ldirib, faol holatga o‘tsa “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik to‘lov tarif uchun abonent to‘lovidan oldin (tarif bo‘yicha oylik muddatning birinchi 16 kun davomida), birinchi navbatda yechilishi mumkin.
13.6 Special tarif rejalari tizimida hamda Restart xizmatini faollashtirgan abonentlarda, agar abonent bloklangan holatda bo‘lib, keyin hisobini to‘ldirganidan keyin hisobdagi mablag‘ tarif bo‘yicha abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq bo‘lsa, unda “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik to‘lov darhol yechilishi mumkin.
13.7 Special tarif rejalari tizimida (Restart xizmati faol BO‘LMAGAN abonentlarda), agar abonent hisobidan tarif rejasi uchun to‘lov muddatining boshidan 15 kun davomida oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa hamda ikkita yoki undan ko‘proq to‘lov bilan blok holatidan faol holatga o‘tsa, unda “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun to‘lov darhol yechilishi mumkin.
14 Birinchi oylik abonent to‘lovi birinchi ulanish kunida yechiladi.
15 Xizmatga ulanib, ammo barcha tegishli to‘lovlar to‘liq hajmda 36 soat davomida amalga oshirilmasa raqam o‘chirilib, Shartnoma bir tomonlama bekor qilinadi. Istalgan sababdan abonent raqami o‘chirilib, “COSCOM” MChJ (Ucell SB) tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bekor qilinsa, ulanish paytidagi amalga oshirilgan to‘lov qaytarib berilmaydi.
16 “Istalgan raqam 2.0” va Special tarif rejalari tizimida chiroyli raqamlarni ulash aksiyasi doirasida tarif rejalarga ulangan abonentlar uchun mazkur xizmat amal qilmaydi.