Abonentlarga
Xizmatlar
Xizmatlar arxivi
Yangi – «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati

Yangi – «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati

Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati 25.10.2021 sanasidan yangi ulanishlar uchun amal qilmaydi.

xizmat uchun oylik to‘lanuvchi chiroyli raqamlar

Endi yangi ulanishda abonentlar Gold, Platinum, VIP, Lux va Lux+ toifali chiroyli raqamlarni muddatli to‘lovga olishlari mumkin.

Chiroyli raqamlar soni cheklangan.

Raqam toifasi Raqam narxi Xizmat uchun
oylik to‘lov
To‘lov muddatlari
Gold 250 000 so‘m 13 000 so‘m Xizmat uchun 24 ta oylik to‘lov
Platinum 500 000 so‘m 25 000 so‘m
VIP 1 000 000 so‘m 30 000 so‘m Xizmat uchun 36 ta oylik to‘lov
Lux 2 000 000 so‘m 60 000 so‘m
Lux+ 4 000 000 so‘m 120 000 so‘m

Xizmat shartlari
  1. Xizmat faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) tariflariga yangi ulanishda amal qiladi.
  2. Mazkur xizmat doirasida chiroyli raqamlarni dilerlik nuqtalarida yoki Kompaniya ofislarida ulatish mumkin.
  3. Xizmat bo‘yicha chiroyli raqamni ulatishda, Ucell tarmog‘iga ulanish narxi va qoidalari ushbu davrda mazkur qoidalarga mos bo‘ladi.
  4. «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmatini ulatishda, tanlangan chiroyli raqam toifasining to‘liq qiymati abonent hisobidan yechib olinmaydi, abonent xizmat shartlariga muvofiq tarzda «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik to‘lov qiladi.
  5. Xizmat doirasida Golddan Lux+ gacha toifalardagi chiroyli raqamlar ishtirok etadi.
  6. Mazkur xizmat doirasida chiroyli raqamlarni ulatgan abonentlar uchun «Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish» va «Raqamni saqlab qolish» xizmatlari amal qilmaydi. Xizmat shartlari to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
  7. «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati doirasidagi oylik to‘lovlar qiymat va muddatlari:
    Raqam toifasi Xizmat uchun oylik to‘lov To‘lov muddatlari
    Gold 13 000 so‘m Xizmat uchun 24 ta oylik to‘lov
    Platinum 25 000 so‘m
    VIP 30 000 so‘m Xizmat uchun 36 ta oylik to‘lov
    Lux 60 000 so‘m
    Lux+ 120 000 so‘m
  8. «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun har bir oylik to‘lovi 1 oy uchun to‘lov hisobida qabul qilinadi. Xizmat shartlarining bajarilishi uchun abonent hisobidan «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun chiroyli raqam toifasiga muvofiq holda, 7-banddagi jadvalda ko‘rsatilgan marta oylik to‘lov yechilishi kerak. Mazkur shart bajarilguniga qadar abonent xizmat shartlarini bajarmagan xizmat foydalanuvchisi hisoblanadi.
  9. 01.11.2021-y. sanasidan boshlab «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik to‘lov xizmat uchun oylik to‘lov samarali yechilgan kundan boshlab bir oy oraliqda yechiladi. Xizmat haqining so‘nggi samarali yechilish sanasi mazkur xizmat uchun navbatdagi to‘lovning yechilish sanasi hisoblanadi. Masalan, agar oylik to‘lovning yechilishi 24-sanada amalga oshgan bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik to‘lov keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar oylik to‘lovning yechilishi 31-sanada amalga oshgan bo‘lsa, keyingi oy esa 30 kunlik bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik to‘lov 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida yechiladi.
  10. «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik to‘lov yechilishi paytida hisobda xizmat uchun oylik to‘lovdan kam miqdorda mablag‘ bo‘lsa, unda oylik to‘lov bir marta to‘liq hajmda yechilib, abonent hisobi manfiy bo‘lib qoladi hamda abonent raqami Bloklangan holatga o‘tadi.
  11. «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik to‘lovning yechilishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi.
  12. Xizmat uchun oylik to‘lov abonent hisobidan raqami Faol holatida ham, Bloklangan holatida ham yechiladi.
  13. Xizmat uchun birinchi oylik to‘lov ulanishning birinchi kuni yechiladi.
  14. Xizmatni ulatib, ammo barcha tegishli to‘lovlar 36 soat davomida to‘liq hajmda amalga oshirilmasa, u holda raqam tizimdan o‘chirilib, Shartnoma bir tomonlama tartibda bekor qilinadi. Har qanday sababga ko‘ra abonent raqami tizimdan o‘chirilib, «COSCOM» MChJ (Ucell SB) tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bekor qilinsa, ulanish paytidagi amalga oshirilgan to‘lov qaytarib berilmaydi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.