• To‘plamlarni 06.01.2022 dan to 31.01.2022 gacha (shu kunlari ham) faollashtirish mumkin.
• Xizmatga *620# USSD-so‘rovi vositasida, Call-markaz operatorlari (8123) orqali, shuningdek, Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish ofislarida va rasmiy dilerlarida ulanish/o‘chirish mumkin.
• Limitlar qoldig‘ini *109# USSD-so‘rovi yordamida tekshirish mumkin.
• Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, limitlar belgilanganligini *109# USSD-so‘rovi yordamida albatta oldindan tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar daqiqalar, SMSlar va MBlar abonentning tarif rejasi shartlariga ko‘ra narxlanadi. Limitlar belgilanguniga qadar daqiqalar, SMSlar va MBlar tarif rejasi shartlariga muvofiq limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
• Bir vaqtning o‘zida birdaniga ikkita – «2022» va «4 GB» to‘plamini faollashtirish mumkin.
• Agar abonent raqamida oylik tarif rejasi doirasida ishlatilmagan MBlar, daqiqalar yoki SMSlar bo‘lsa, limitlarning sarflanishi, birinchi navbatda, «Yangi yil Syurprizi» xizmat doirasida amalga oshiriladi.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmatiga ulanganda, agar «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida taqdim etilgan avvalgi to‘plam amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida yangi berilgan trafik avvalgi to‘plamdan ishlatilmagan trafik miqdoriga qo‘shiladi.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida taqdim etilgan internet trafikni amal qilish muddati, ushbu xizmat doirasida so‘nggi yoqilgan to‘plam muddatidan kelib chiqib belgilanadi.
• Xizmatning to‘g‘ri ishlashi uchun, agar to‘plamni faollashtirish vaqtida internet ishlayotgan bo‘lsa, uni uzib turish va keyin qayta ulash lozim.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida taqdim etilgan limitlar roumingda bo‘lgan abonentlar uchun amal qilmaydi.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
• «Yangi yil Syurprizi» xizmati doirasidagi «2022» to‘plamni quyidagi tarif rejalari abonentlari faollashtira olmaydilar: «Special Unlim Turbo», «Special Unlim», «Drive», «Uchar Internet», Mahalla, Marhamat, Student, Tantana Unlim.
• «4 GB» to‘plamni quyidagi tarif rejalari abonentlari faollashtira olmaydilar: «Special Unlim Turbo», «Special Unlim», «Drive», «Uchar Internet», Marhamat.
• Agar abonent «Cheksiz Internet-to‘plamlar» xizmatiga ulangan bo‘lsa, «Yangi yil Syurprizi» xizmatini faollashtira olmaydi.