Abonentlarga
Xizmatlar
SMS xizmatlar
SMS

SMS

SMS (Short Message Service – Qisqa Xabarlar Xizmati) – xizmati Ucell abonentlariga lotin harflari bilan 160 ta va kirill harflari bilan 70 belgili qisqa matnli xabarlarni yo‘llash imkonini beradi.

Gohida telefon orqali suhbatlashish zaruriyati bo‘lmaganda, siz qisqa xabar bilan cheklanishingiz mumkin. Masalan do‘stingiz bilan suhbatlashishingiz kerak, lekin u majlisda, yoki biznes hamkoringiz zarur bo‘lganida u xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida yoki telefoni o‘chirilgan holatda Ucell SMS xizmatidan foydalaning.


Narxi
Yo‘nalish SMS narxi
Ucell abonentlariga chiqish (+ 998 94 ХХХ ХХ ХХ, + 998 93 ХХХ ХХ ХХ) tarif rejasiga binoan
BEELINE-O‘zbekiston abonentlariga chiqish ( +998 90 ХХХ ХХ ХХ, +998 91 XXX XX XX) tarif rejasiga binoan
PERFECTUM MOBILE abonentlariga chiqish (+998 98 ХХХ ХХ ХХ) tarif rejasiga binoan
UZMOBILE abonentlariga chiqish (+998 95 ХХХ ХХ ХХ) tarif rejasiga binoan
Rouming-hamkor operatorlari abonentlariga chiqish (Xalqaro SMS) tarif rejasiga binoan
XAR xizmatidagi chiqish va kirish SMS (SMS rouming) rouming prays-varaqlarini ko‘ring
Barcha kiruvchi SMS 0 so‘m

Vaqtinchalik quyidagi operatorlar abonentlariga SMS yo‘llash imkoni yoq: SFR.

Diqqat! Barcha yo‘nalishlarga yubrilayotgan SMS-xabarlar yuborilish vaqtidan boshlab narxlanadi va xabar uchun sarflangan mablag‘ qaytarilmaydi.

Lotin alifbosida uzunligi 160 belgidan va kirill alifbosida uzunligi 70 belgidan ortiq SMS yuborilganda, telefon avtomatik tarzda ushbu xabarni bir necha qismga bo’ladi va oxirgisidan tashqari xar biriga xabar etkazilganda birlashtirish ketma-ketligini belgilo’vchi kirilchada uchta, lotinchada 7 ta tizim belgisi qo’shiladi.

Shunday qilib, agar siz kirill alifbosida uzunligi 135 belgili xabar yuborgan bo’lsangiz, unda 3 qism narxlanadi: 1chi qism=67 belgi+3 tizim belgisi, 2chi qism= 67 belgi+3 tizim belgisi, 3chi qism=67 belgi+3 belgi va hakazo. Ushbu amal telefon tizimiga kiritilgan xalqaro standartlar bilan belgilanadi va bir nechta qismli SMSni to’g’ri yetkazish uchun muhimdir. (Ba’zi telefonlar ushbu standartlardan farqli qoidalar asosida amal qilishi mumkin).

SMSni qanday yo‘llash kerak?

SMS xabarni telefoningiz menyusidan "Messages" bo‘limidagi. "Write message" orqali yozishingiz mumkin. ("New Message", "Create New" yoki "Create Message") telefoningiz klaviaturasi orqali matnni terishingiz mumkin.

Telefoningiz klavishalariga e‘tibor bering, raqamlarning oldida harflar (belgilar) ko‘rsatilgan. Biror klavishani bir necha bor bossangiz, telefoningiz ekranida raqamning yonida ko‘rsatilgan harf yoki belgini ko‘rishingiz mumkin.

Xabar matnini terib bo‘lganingizdan keyin “Yuborish” buyrug‘ini tanlang, shundan so‘ng SMS qabul qiluvchining raqamini terishingiz kerak bo‘ladi.

Qabul qiluvchining raqamini quyidagi xalqaro formatda terishingiz kerak: + "mamlakat kodi" "aloqa operatori kodi" "abonent raqami". Masalan: +998 93 XXX XXXX

Xalqaro SMS

Horijda do‘stlaringiz bormi? Ularga SMS yo‘llang! Bu qulay va arzonroq!

Faqat Ucell tarmog‘i 150 ortiq mamlakatlarning 350 dan ortiq aloqa operatorlariga SMS yo‘llash imkonini beradi! Mamlakatlar va operatorlar soni ko‘payib bormoqda!

Shuningdek, shuni e’tiborga olishingizni so’raymizki, yuboruvchi abonentga, xalqaro SMS yetib borganligi haqida hisobot xalqaro SMS provayderiga (qabul qiluvchi abonentga emas) yetib borganidan so’ng keladi.  

SMS qabul qiluvchining raqamlari xalqaro formatda ko‘rsatilishi lozimligini unutmang! (yuqorida ko‘rsatilgan).


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.