Abonentlarga
Xizmatlar
SMS xizmatlar
Twitter SMS, Twitter MMS

Twitter SMS, Twitter MMS

Twitter.com – O‘z yangiliklari va statuslarni qisqa matnda (140 belgi) yozib borish imkoniyatini beradigan Internet servis. Siz olib borayotgan yozuvlar barchaga ochiq bo‘lishi yoki faqat o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun ochiq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari Twitter o‘z do‘stlaringiz, yaqinlaringiz va mashhur insonlarning yangiliklarini o‘qish imkoniyatini beradi.

Twitter veb saytidan foydalanishdan tashqari, matnlarni yangilashni 89338 raqamiga SMS yuborish orqali amalga oshirish mumkin. Hamda siz o‘z do‘stlaringizning yangiliklarini SMS orqali olishingiz mumkin.


Twitter SMS / MMS

Twitter SMS

Endi Twitter Internet xizmatida statusni yangilash yoki do‘stlarning yangiliklarini o‘qish uchun kompyuteroldida bo‘lish va Internetga ulangan bo‘lish shart emas. Twitter-SMS xizmatini ulab siz SMS orqali Twitterdagi holatingizni (status) yangilash, do‘stlaringiz yangiliklarini olish, yangi do‘stlarga obuna bo‘lish va xizmatni umumiy boshqarish imkoniyatlariga ega bo‘lasiz.

89338 raqamiga status matnini yuboring va bu matn darhol sizning Twitter sahifangizda paydo bo‘ladi.


Twitter MMS

“Twitter MMS” xizmati yordamida siz matn va rasmdan iborat MMS habarni 89338 raqamiga yuborishingiz mumkin, yuborilgan rasm va matn sizning Twitterdagi profilingizda paydo bo‘ladi.


Twitter MMS FAQ

  1. Qaysi formatdagi rasmlarni yuborish mumkin? Ushbu xizmat yordamida quyidagi formatdagi rasmlarni yuborishingiz mumkin: JPG, GIF va PNG.
  2. Fayl hajmi bo‘yicha cheklovlar bormi? Bir dona MMS habar hajmi 600 Kb dan oshmasligi kerak.
  3. Bir vaqtda bir necha rasmlar yuborish mumkinmi? Hozirgi vaqtda Twitter faqatgina birinchi rasmni qabul qiladi va abonentlarni faqatgina birinchi rasm qabul qilingani ogohlantiradi.
  4. Twitter MMS yordamida Twitterda ro‘yxatdan o‘tmagan abonentlar MMS yuborishlari mumkinmi? Ro‘yxatdan o‘tmagan abonentlar yuborilgan MMSga javoban ro‘yxatdan o‘tishga taklif qabul qiladilar
  5. 140 simvoldan ortiq bo‘lgan habarlar MMS orqali yuborsa bo‘ladimi? Rasm sahifasi manziliga yetarli simvol qolishi maqsadida, xabarlar uzunligini 120 ta simvolga chegaralash tavsiya etiladi.
  6. Do‘stlarim rasmlarni qanday qabul qiladilar? SMS habarga kiritilgan sahifa manzillari orqali ko‘rishlari mumkin.
Xizmatni boshqarish

Xizmatni ulash

Twitterdan mobil telefon orqali foydalanish uchun uni avval Twitterdagi profaylingiz bilan bog‘lash zarur.

Agar sizda Twitter xizmatida sahifangiz bo‘lmasa:

  1. 89338 raqamiga START so‘zini yo‘llang;
  2. Kelgan xabarga javob sifatida SIGNUP so‘zini yo‘llang;
  3. So‘ng foydalanuvchi ismini (nikneym) lotin harflari bilan yuboring (eng ko‘pu bilan 15 belgi);
  4. Bundan so‘ng bu xizmatdagi o‘z parolingizni yuboring;
  5. Tamom! Endi 89338 raqamiga yuborilgan barcha xarbarlar sizning yangi statusingiz tariqasida sizning Twitter sahifangizda paydo bo‘ladi.

Agar sizda Twitter sahifasi avvaldan mavjud bo‘lsa:

  1. 89338 raqamiga START so‘zini yo‘llang;
  2. Kelgan xabarga foydalanuvchi ismini (nikneym) lotin harflari bilan yuboring (eng ko‘pu bilan 15 belgi);
  3. Shundan so‘ng bu xizmatdagi o‘z parolingizni yuboring;
  4. Tamom! Endi 89338 raqamiga yuborilgan barcha xarbarlar sizning yangi statusingiz tariqasida sizning Twitter sahifangizda paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari siz o‘z mobil telefoningiz raqamini Twitter bilan Internet orqali bog‘lashingiz mumkin. Buning uchun Twitterning sozlanmalar sahifasida (twitter.com/devices) mamlakatni (Uzbekistan), so‘ng mobil operatorni (Ucell) tanlang va o‘z raqamingizni kiriting. Raqam tasdiqlangandan so‘ng 89338 raqamiga GO so‘zini yuboring va so‘ng siz Twitterdan SMS orqali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Xizmatni boshqarish komandalari

Asosiy funksiyalar (barcha misollarda username bu foydalanuvchi nomi - nikneym).
ON: Statuslarni SMS orqali qabul qilishni yoqish;
OFF: Statuslarni SMS orqali qabul qilishni o‘chirish. Ushbu holatda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llangan xabarlar kelishi davom etadi;
STOP, QUIT, END, Cancel, yoki Unsubscribe: Barcha xabarlar va yangiliklarni qabul qilinishi to‘xtatiladi.;
ON username: Tanlangan foydalanuvchidan keladigan yangiliklarni yoqish. Misol: ON ucell;
OFF username: Tanlangan foydalanuvchidan keladigan yangiliklarni o‘chirish. Misol: OFF sherzod;
FOLLOW username: Yangi foydalanuvchilarga obuna bo‘lish imkoniyatini beradi. Misol: FOLLOW ucell, yoki F ucell;
LEAVE username: Ushbu foydalanuvchidan keladigan yangiliklarni o‘chirish. Misol: LEAVE aziz, yoki l aziz;

Qo‘shimcha funksiyalar

@username + xabar
Javob: ushbu komanda boshqa foydalanuvchiga javob sifatida status yozish imkoniyatini beradi.
Misol: @alisher fikringizga qo‘shilaman!

D username + xabar
Shaxsiy xabarlar: bunday yuborilgan xabarni faqat bu foydalanuvchining o‘zi o‘qiy oladi.
Misol: d kamila menga telefon raqamingizni yuboring

RT username
Retvit: ma‘lum bir foydalanuvchining so‘nggi statusini siz tomondan qaytarish imkoniyatini beradi.
Misol: RT Behzod

SET LOCATION joy nomi
Sizning Twitter sahifangizdagi turar joyi bandini yangilaydi (shahar, mamlakat).
Misol: set location Tashkent

WHOIS username
Foydalanuvchi haqida asosiy ma’lumotni beradi.
Misol: whois ucell

GET username
Foydalanuvchining so‘nggi statusini ko‘rsatadib.
Misol: get sanjar

FAV username
Tanlangan foydalanuvchining so‘nggi statusini sizning tanlangan yangiliklar ro‘yxatingizga qo‘shadi.
Misol: fav ucell

STATS
Ushbu komanda sizing olib sahifangiz haqida statistika ma’lumotlarni yuboradi.

Narxi

Twitter SMS

  • Ulanish narxi, abonent to‘lovi - 0 so‘m;
  • Bir kirish SMS narxi - 0 so‘m;
  • Bir chiqish SMS narxi - 42.1 so‘m.

Twitter MMS

  • Ulanish narxi, abonent to‘lovi - 0 so‘m ;
  • Bir kirish MMS narxi - 0 so‘m;
  • Bir chiqish MMS narxi - 126.3 so‘m.

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan. 

Diqqat, xizmatni ulaganda siz Twitterning xizmat ko‘rsatish shartlariga rozi bo‘lganingizni anglatadi: twitter.com/tos.

Barcha savollar bo‘yicha Ucellning Twitter sahifasida murojat qilishingiz mumkin: twitter.com/ucell.

Tavsiya etilgan xizmatlar

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.