Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
Mediabay onlayn kinoteatri

Mediabay onlayn kinoteatri
Sevimli kanallar va filmlarni mobil trafik sarflamasdan tomosha qilishni istaysizmi?
Ucell va Mediabay sizga shunday imkoniyatni taqdim etadi!


Onlayn-kinoteatr afzalliklari


Xorijiy va mahalliy filmlar, multfilmlar va seriallar onlayn tarzda istalgan joyda va istalgan vaqtda!

HD va Full HD sifatida filmlar va seriallar

Film va seriallarni o‘z mobil qurilmangizda tomosha qiling

Mobil trafik sarflanmaydi


Mediabay ilovasini yuklab olish


 

iOS uchun

 
 

Android uchun

 


Mediabay – bu quyidagilarni taqdim etuvchi multimedia servisidir:



CatchUP (translyatsiyani arxivlash) funksiyali onlayn TV

Barcha kanallar uchun ko‘rsatuvlar dasturi

Sevimli kanallar yoki filmlarni tanlanganlarga qo‘shish imkoni

Amediateka servisidagi yangi kino va seriallar

Ko‘rsatuvlar, roliklar va ko‘plab boshqa narsalar.
 

Obuna narxi va uning amal qilish muddati


TV Start
30 kunga 20 000 so‘m
1 kunga 2 000 so‘m


TV Plus
30 kunga 30 000 so‘m
1 kunga 3 000 so‘m

Amediateka
30 kunga 16 000 so‘m
 

Premium
30 kunga 60 000 so‘m
1 kunga 6 000 so‘m
*30.06.2021-y.dan

Milliy
30 kunga 8 500 so‘m
1 kunga 2 300 so‘m

 

Qanday ulanadi

1-qadam. Qurilmangizga Mediabay ilovasini yuklab oling. Avtorizatsiyadan yoki ro‘yxatdan o‘ting.

2-qadam. Yon menyudan «Mobil TV»ni oching. Telefon raqamingizni ko‘rsating va kelgan SMS-xabarni kiriting.

3-qadam. Ochilgan oynada kerakli obunani tanlang va ulang.

Endi siz sevimli kontent tomoshasidan trafik hisobisiz bahra olishingiz mumkin.

Muhim! Internet-trafik sarfining oldini olish uchun, xizmatni faollashtirgandan keyin internet-sessiyani to‘xtatish, mobil ma’lumotlarni o‘chirish, keyin internet-sessiyani qayta faollashtirish lozim..
Shartlar

  • «Mediabay onlayn kinoteatri» xizmatidan foydalanish uchun, agar oldin o‘chirilgan bo‘lsa, «Mobil internet» xizmatini faollashtirish lozim.
  • Abonent hisobida xizmatning haqini yechib olishga yetarlicha mablag‘ bo‘lsagina xizmatni faollashtirish mumkin.
  • Obuna faollashtirilgan paytidan boshlab 1/30 kun davomida obuna turiga muvofiq amal qiladi.
  • Xizmatdan faqat raqami Faol holatdagi Prepaid tizimi abonentlari foydalanishlari mumkin.
  • Trafik faqat Mediabay ilovasi doirasida hamda faqat Ucell mobil tarmog‘ida narxlanmaydi.
  • Faollashtirilgan obuna mediabay.uz portalining veb-versiyasiga tatbiq etilmaydi.
  • Obuna muddati tugashi bilan xizmat bekor qilinadi va undan foydalanishni davom ettirish uchun xizmatni qaytadan ulatish kerak bo‘ladi.
  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
  • Internet-trafik sarfining oldini olish uchun, xizmat faollashtirilganidan keyin mobil ma’lumotlarni o‘chirib, internet-sessiyani to‘xtatish, keyin uni qayta faollashtirish lozim.
  • Agar abonent quyidagi xizmatlardan birini faollashtirgan bo‘lsa, mazkur xizmatlar to‘plamidan va aksincha foydalanib bo‘lmaydi: «Tungi internet», «4Gni sinab ko‘r», «Trafik+», «TAS-IX to‘plamlari», «Soatbay internet», «Tunda 4Gni sinab ko‘ring», «Cheksiz internet-to‘plamlar», «Oylik 4G internet-to‘plamlar», «Tungi internet-to‘plamlar», «Internet Mega BOOM», «Bolalar uchun», «Mediabay onlayn kinoteatri» «Maksimal internet».
  • Xizmatga «Special Unlim» tarif rejasida ulanib bo‘lmaydi.
  • Agar abonent qurilmasi avtomatik: 2G/3G/4G yoki faqat 4G tarmoq rejimiga sozlangan bo‘lsa, qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirishdan oldin abonent qurilmasini quyidagi rejimlardan biriga sozlash lozim: 2G/3G/Faqat 2G/Faqat 3G. Qo‘shimcha xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent qurilmasida tarmoq rejimi istalgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
  • «TV Start» obunasining bitta ko‘rinishini xarid qilganda, xarid qilingan obuna muddati tugagunicha shu ko‘rinishdagi obunalarning boshqa turlaridan hamda Premium ko‘rinishidan foydalanib bo‘lmaydi.
  • «TV Plus» obunasining bitta ko‘rinishini xarid qilganda, xarid qilingan obuna muddati tugagunicha shu ko‘rinishdagi obunalarning boshqa turlaridan hamda Premium ko‘rinishidan foydalanib bo‘lmaydi.
  • Amediateka obunasining bitta ko‘rinishini xarid qilganda, xarid qilingan obuna muddati tugagunicha shu ko‘rinishdagi obunalarning boshqa turlaridan hamda Premium ko‘rinishidan foydalanib bo‘lmaydi.
  • Premium obunasining bitta ko‘rinishini xarid qilganda, xarid qilingan obuna muddati tugagunicha shu ko‘rinishdagi obunalarning boshqa turlaridan hamda TV Start, TV Plus, Amediateka, Milliy ko‘rinishlaridan foydalanib bo‘lmaydi.
  • Milliy obunasining bitta ko‘rinishini xarid qilganda, xarid qilingan obuna muddati tugagunicha shu ko‘rinishdagi obunalarning boshqa turlaridan hamda Premium ko‘rinishidan foydalanib bo‘lmaydi.
Eslatma

  • Ilova muqovalarni va Mediabay ilovasining boshqa xizmatlarini yuklash uchun oz miqdorda trafik sarflashi mumkin. Bunda videokontent va onlayn TV tomosha qilish uchun barcha trafik bepul bo‘ladi, internet-to‘plam doirasidagi trafikni sarflamaydi.
  • Obuna bekor qilinguniga qadar u faollashtirilgan hisoblanadi.
  • Mediabay resurslariga kirish tezligi 5 Mbit/soniyagacha cheklangan, bunday tezlik HD formatida videokontentni uzluksiz ko‘rish uchun yetarli hisoblanadi.
  • «TV Start» obunasi foydalanuvchiga ko‘rsatuvlar dasturi bilan 62 ta telekanalni tomosha qilish va 7 kunga translyatsiyalarni arxivlash imkonini beradi.
  • «TV Plus» obunasi foydalanuvchiga ko‘rsatuvlar dasturi bilan 49 ta premium telekanalni tomosha qilish imkonini beradi.
  • Amediateka obunasi foydalanuvchiga Amediateka servisidagi yangi kino va seriallarni yuksak sifatda tomosha qilish imkonini beradi.
  • Premium obunasi foydalanuvchiga ko‘rsatuvlar dasturi bilan 119 ta telekanalni tomosha qilish va 7 kunga arxivlash, shuningdek Amediateka, Milliy servislaridan cheksiz foydalanish imkonini beradi.
  • Milliy obunasi foydalanuvchiga mashhur milliy ko‘rsatuvlar, filmlar va seriallarni tomosha qilish imkonini beradi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.