Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
Al Chiroq aksiyasi

Al Chiroq aksiyasi
Ucell abonentlari uchun eksklyuziv tarzda biz Al-Chiroq aksiyasini joriy etdik: uning doirasida kuniga atigi 500 so‘m* evaziga O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar, SMS-to‘plamlar yoki megabaytlar taqdim qilinadi!

15.11.2022 dan "Internet 60" tarif rejalari abonentlari uchun "Al Chiroq" aksiyasi doirasidagi bonus daqiqalar va SMSlar to'plamlari amal qilmaydi. 

Al-Chiroq ilovasining yangi talqini @Al_chiroqbot Telegram-boti ko‘rinishida samarali ishga tushirilganini ma’lum qilamiz.
Unda quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
Bir kun davomida uch marta turli bonuslar olish imkonidan foydalanish;
«Premium chiroq» opsiyasi yordamida taklif etilgan bonuslar orasidan mustaqil tanlash;
Al-Chiroq uslubidagi original animatsiyali stiker-informerlarni yuklab olish.


Afzalliklari


Har kuni daqiqalar, SMS va MB ega bo‘ling

Aksiyada qatnashish narxi kuniga atigi 500 so‘m*!

Aksiyada ishtirok etish juda oson:

Qo‘shilish uchun quyidagilarni amalga oshirish kifoya:

Android yoki iOS uchun Ilovani yuklab olish va uni smartfonga o‘rnatish

Ucell telefon raqamini va unga SMS-xabar tarzida keluvchi kirish parolini ko‘rsatgan holda bosh sahifada ro‘yxatdan o‘tish.

Sehrli chiroqni ishqalab, keyin raqam hisobiga bir lahzadayoq qaysi sovg‘a o‘tkazilishini ekranda ko‘rish!


Al-Chiroq ilovasini yulab oling va o‘rnating


 

Ilova iOS platformasi uchun vaqtincha ishlamayapti

 

Android uchun

 

Aksiyada ishtirok etish narxi va aksiyani boshqarish


*Abonent to’lovi

kuniga 500 so‘m

Aksiyani boshqarish

"Al-Chiroq" mobil ilovasi,
@Alchiroq_bot Telegram-boti
va *718# USSD-menyusi yordamida

Limitlar qoldig'ini tekshirish uchun

*467# tering

Aksiya qoidalari
  • Aksiya faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
  • Aksiyaning o‘tkazilish muddati: 21.04.2022 dan 31.12.2023 gacha (shu kunlari ham).
  • Aksiyada «Al-Chiroq» mobil ilovasi, @Alchiroq_bot Telegram-boti hamda *718# USSD-menyusi orqali ishtirok etish mumkin.
  • Aksiyada ilk bor ro‘yxatdan o‘tganda foydalanuvchiga tasodifiy ravishda quyidagi bonus to‘plamlardan biri belgilanadi (ushbu bonuslarni belgilashning amal qilish muddati 05.01.2022-yilgacha):
Xizmatlar to‘plamlari Amal qilish muddati
1 Internet-to‘plam 1000 MB 30 kun
2 1000 daqiqa 30 kun
  • Xizmat obunasi bekor qilingan taqdirda, qayta ro‘yxatdan o‘tganda yuqorida ko‘rsatilgan to‘plamlar boshqa belgilanmaydi.
  • Aksiya doirasida ushbu bonus xizmatlar to‘plamlarini olish mumkin: 
Xizmatlar to‘plamlari Amal qilish muddati
1 Internet-to‘plam 100 MB 7 kun
2 Internet-to‘plam 150 MB 7 kun
3 Internet-to‘plam 200 MB 7 kun
4 Internet-to‘plam 250 MB 7 kun
5 Internet-to‘plam 300 MB 7 kun
6 Internet-to‘plam 350 MB 7 kun
7 Internet-to‘plam 400 MB 7 kun
8 Internet-to‘plam 450 MB 7 kun
9 Internet-to‘plam 500 MB 7 kun
10 SMS-to‘plam 50 7 kun
11 SMS-to‘plam 100 7 kun
12 SMS-to‘plam 200 7 kun
13 SMS-to‘plam 500 7 kun
14 30 daqiqa 7 kun
15 60 daqiqa 7 kun
16 120 daqiqa 7 kun
17 180 daqiqa 7 kun

  • Daqiqalar faqat O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun amal qiladi.
  • Xizmatlar to‘plamlari ma’lum bir mantiqqa rioya qilinmasdan, tasodifiy tartibda belgilanadi.
  • Bir kunda faqat bitta xizmat belgilanishi mumkin.
  • Abonent xohishiga ko‘ra, abonent to‘lovi evaziga bonus xizmatlar to‘plamlari samarali belgilanganidan so‘ng, abonentga yana bonus xizmatlar to‘plamalaridan birini olish uchun ikkita qo‘shimcha urinish taqdim etiladi, ularning narxi birinchi va ikkinchi urinish uchun tegishlicha 700 va 1000 so‘mni tashkil etadi.
  • Bundan tashqari, abonentlarga birinchi, ikkinchi va uchinchi urinishlar uchun mos ravishda 2000, 3000 va 4000 so‘mlik premium Internet va/yoki ovozli to‘plamlar olish imkoniyati beriladi. Premium bonus to‘plamlari tasodifiy tartibda quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi:
Premium internet-to‘plamlar Limitlarning amal qilish muddati Premium ovozli to‘plar Limitlarning amal qilish muddati
1 Internet-to‘plam 550 MB 7 kun Ovozli to‘plam 30 daqiqa 7 kun
2 Internet-to‘plam 600 MB 7 kun Ovozli to‘plam 60 daqiqa 7 kun
3 Internet-to‘plam 650 MB 7 kun Ovozli to‘plam 120 daqiqa 7 kun
4 Internet-to‘plam 700 MB 7 kun Ovozli to‘plam 180 daqiqa 7 kun
5 Internet-to‘plam 750 MB 7 kun Ovozli to‘plam 1000 daqiqa 30 kun
6 Internet-to‘plam 800 MB 7 kun Ovozli to‘plam 2000 daqiqa 30 kun
7 Internet-to‘plam 850 MB 7 kun Ovozli to‘plam 3000 daqiqa 30 kun
8 Internet-to‘plam 900 MB 7 kun    
9 Internet-to‘plam 950 MB 7 kun    
10 Internet-to‘plam 1000 MB 30 kun    
11 Internet-to‘plam 2000 MB 30 kun    
12 Internet-to‘plam 5000 MB 30 kun    

  • 700 so‘m, 1000 so‘m, 2000 so‘m, 3000 so‘m hamda 4000 so‘mlik (MB/daqiqa to‘plamlari olish uchun) har bir qo‘shimcha imkoniyat xarididan kuniga bir martadan oshiq foydalanib bo‘lmaydi.
  • Qo‘shimcha va premium to‘plamlardan foydalanish uchun Aksiya shartlarini bajargan holda oldingi bosqichlardan o‘tish lozim. Daqiqalar O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun amal qiladi.
  • «Al-Chiroq» aksiyasi doirasidagi internet-xizmatlarning to‘g‘ri ishlashi uchun, agar internet-to‘plamni faollashtirish vaqtida internet ishlayotgan bo‘lsa, uni uzib turish va keyin qayta ulash lozim.
  • Aksiya doirasidagi limitlar qoldiqlarini *467# orqali tekshirish mumkin. *467# orqali MBlar qoldig‘ini tekshirishda faqat internet-sessiya to‘xtatilgan vaqtdagi qoldiqlar ko‘rsatiladi.
  • Aksiyada ishtirok etishni «Al-Chiroq» mobil ilovasi, @Alchiroq_bot Telegram-boti, *718# USSD-buyrug‘i yoki 7117 ga Stop SMS buyrug‘ini yuborish orqali tugatish mumkin.
  • Muhim! Obuna bekor qilinganidan so‘ng Aksiyaga o‘sha kuni qayta ulangan taqdirda, 500 so‘m miqdoridagi abonent to‘lovi qayta yechib olinadi, abonent to‘lovi uchun bonus esa ulanishlar sonidan qat’i nazar, kuniga bir martagina taqdim etiladi.
  • Mobil ilova ichida reklama mavjud.
  • Aksiya doirasida axborot xabarlari uchun 7117 qisqa raqami yoki «Al-Chiroq» alfa-nomidan foydalaniladi.
  • 1 so‘mlik qiymatda narxlash 7118 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.
  • 500 so‘mlik qiymatda narxlash 7119 qisqa raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.
  • 700 so‘mlik qiymatda narxlash 7120 raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.
  • 1000 so‘mlik qiymatda narxlash 7121 raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.
  • 2000 so‘mlik qiymatda narxlash 7122 raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.
  • 3000 so‘mlik qiymatda narxlash 7123 raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.
  • 4000 so‘mlik qiymatda narxlash 7124 raqamidan ko‘rinmas SMS-xabar orqali amalga oshiriladi.
Aksiya shartlari va qoidalari bilan havola orqali o‘tib, ofertada batafsil tanishish mumkin.
 
Aksiyaning qo‘shimcha shartlari

  • «Special Unlim», «Special Unlim Turbo», «Tantana Unlim», «Special 70», «Special 80», «Special 80+», «Special 100», «Special 100+», «Special 125», «Special 125+», «Active 100» tarif rejalarida – «Al-Chiroq» aksiyasi doirasidagi ovozli to‘plamlar amal qilmaydi.
  • «Special Unlim» va «Special Unlim Turbo» tarif rejalarida – «Al-Chiroq» aksiyasi doirasidagi internet-to‘plamlar amal qilmaydi.
  • Quyidagi xizmatlardan biri faollashtirilganida xizmatlar to‘plami sarflanmasligi mumkin: «Tungi internet», «4Gni sinab ko‘ring», «Trafik+», «Tas-IX to‘plamlari», «Soatbay internet», «4Gni tunda sinab ko‘ring», «Cheksiz internet-to‘plamlar», «Oylik 4G internet-to‘plamlar», «Tungi internet-to‘plamlar», «Internet Mega BOOM», «Bolalar uchun», «Maksimal internet», «iTV online kinoteatri» va aksincha.
  • «Minnatdormiz» tarifida va «Kayfiyat» tarif rejalari tizimida oldin tarif rejalari doirasidagi daqiqalar sarflanadi.
  • «Ko‘proq», tarifida va «Kayfiyat» tarif rejalari tizimida oldin tarif rejalari doirasidagi megabaytlar sarflanadi.
  • «Kayfiyat» tarif rejalari tizimida oldin tarif rejalari doirasidagi SMSlar sarflanadi.
  • «Al-Chiroq» aksiyasi doirasida belgilangan daqiqalar, SMSlar va MBlar limitlari har bir tarif rejasining hamda faol xizmatning (agar mavjud bo‘lsa) o‘rnatilgan qoidalariga muvofiq sarflanadi.
  • Agar «Kayfiyat» tariflari uchun maxsus to‘plamlar, «U-to‘lov» bo‘yicha bonus, «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay», «Qulay daqiqalar» xizmatlar faol bo‘lsa, «Al Chiroq» aksiyasi doirasidagi daqiqalar, SMSlar va internet-trafik limitlari eng oxirgi navbatda sarflanadi.
  • Agar abonentda o‘tkazilayotgan aksiyalar va xizmatlar doirasida bonus limitlar mavjud bo‘lsa, u holda belgilangan daqiqalar, SMSlar va MBlar oldingi limitlar qoldig‘iga qo‘shilmaydi. Bunda limitlar qoldig‘ini *467# USSD-so‘rovi yordamida tekshirishda aksiyalar yoki xizmatlar bo‘yicha belgilangan limit turlaridan har biri bo‘yicha barcha limitlarning umumiy miqdori alohida aks etadi. Belgilangan daqiqalar, SMSlar va MBlarning har bir yo‘nalishi bo‘yicha qoldiqning amal qilish muddati belgilangan limitning amal qilish muddatiga teng bo‘ladi. Masalan, abonent «Oson almashuv» xizmatidan foydalandi va 100 daqiqani 7 kun muddatli 50 MBga almashtirdi, keyin esa «Al-Chiroq» aksiyasi doirasida unga 30 kun muddatli 1000 MB bonus belgilandi. *467# USSD-so‘rovini terishda har ikkala limit umumiy 1050 MB tarzida, amal qilish muddati uzoqroq bo‘lganining muddati bilan aks etadi. Belgilangan har bir limitning amal qilish muddati aksiya/xizmat shartlariga ko‘ra, ya’ni 50 MB muddati 7 kun va 1000 MB muddati – 30 kun qilib o‘rnatiladi.
  • “Internet 60” tarif rejasiga o‘tilganida, “Al Chiroq” aksiyasi doirasidagi bonus daqiqalar va SMS to‘plamlari o‘chiriladi, limitlar qoldiqlari esa bekor qilinadi.
O‘zaro mos kelmaydigan xizmatlar ro‘yxati:

YUTUQLI O‘YIN O‘TKAZISH TARTIBI

  • Aksiya doirasida Tashkilotchi tomonidan 21.04.2022-yildan 31.12.2023-yilgacha sovrinlar yutuqli o‘yini o‘tkaziladi.
  • Yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun abonent «Al-Chiroq» aksiyasiga obuna bo‘lishi kerak.
  • Yutuqli o‘yin uchta darajadan iborat, ulardan har biri o‘z sovrin jamg‘armasiga va ballarning maksimal chegarasiga ega.
  • Aksiya foydalanuvchisi bir vaqtning o‘zida sovrinlar yutuqli o‘yinining barcha uchta darajasida ham ishtirokchi bo‘la oladi.
  • Ballar parallel tarzda barcha darajalar bo‘yicha belgilanadi.
  • Ballarning belgilanishi quyidagi mexanika asosida bo‘lib o‘tadi:

  Ballar
Narxi 1-daraja 2-daraja 3-daraja
500 so‘m (QQS bilan) - «Al Chiroq» aksiyasi abonent to‘lovi 200 150 100
700 so‘m (QQS bilan) 300 300 200
1000 so‘m (QQS bilan) 400 450 300
2000 so‘m (QQS bilan) 500 500 600
3000 so‘m (QQS bilan) 600 600 700
4000 so‘m (QQS bilan) 700 700 800

  • Birinchi darajada bitta davr uchun ballarning maksimal miqdori 20,000 balldan oshmaydi.
  • Ikkinchi darajada bitta davr uchun ballarning maksimal miqdori 60,000 balldan oshmaydi.
  • Uchinchi darajada bitta davr uchun ballarning maksimal miqdori 120,000 balldan oshmaydi.
  • Foydalanuvchilarning ballari ilovada alohida har bir daraja uchun holat qatorida, 0% dan 100% gacha bo‘lgan foiz ifodasida aks etadi.
  • Maksimal chegaraga yetgach, foydalanuvchi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan sovrin jamg‘armasidagi sovrinlar/bonus to‘plamlaridan birini yutib olish imkonini qo‘lga kiritadi, u «Al-Chiroq» ilovasida sovrinlar olish tarixida qayd etiladi.
  • Maksimal chegaraga yetilganida holat qatori indikatori boshlang‘ich 0% ko‘rsatkichga tushadi, ballar to‘plash boshidan boshlanadi, bunda o‘tgan davrdan ortib qolgan ballar ham qo‘shiladi (misol: 2-darajadagi foydalanuvchida umumiy 59 900 ball mavjud, keyingi kuni amalga oshirgan harakatlari evaziga foydalanuvchi 150 ball oldi, natijada u 60 050 ball to‘pladi. Maksimal chegara 60 000 ball bo‘lgani uchun, unga ikkinchi daraja sovrinlaridan biri belgilanadi va keyin ballari nolga tenglashtiriladi hamda qoldiq – 50 ball uning yangilangan sovrinlar hisobiga qo‘shiladi).
  • Ballar to‘plash uchun foydalanuvchi chiroqni ishqalashi va «Aksiya qoidalari» bo‘limida ko‘rsatilgan to‘plamlardan birini olish harakatini amalga oshirishi lozim. Har bir daraja uchun maksimal miqdorda ball to‘plaganida va 100% lik chegaraga yetganida, foydalanuvchiga o‘zi ball to‘plagan darajaga muvofiq qo‘shimcha to‘lov evaziga qimmatbaho sovrin yoki aloqa xizmatlari uchun bonus to‘plamini yutib olish imkoniyati taqdim etiladi. Kuniga 500 so‘mlik abonent to‘lovining yechilishi bunday harakat hisoblanmaydi va, toki foydalanuvchi chiroqni ishqalamagunicha unga ballar belgilanmaydi.
  • Sovrin jamg‘armasidagi sovrinni yoki bonus xizmatlar to‘plamini olish uchun foydalanuvchi tegishli to‘lov evaziga «Sovrinni ochish» tugmachasini bosish yo‘li bilan sovrin qiymatini to‘lashi lozim:
    1-daraja – 500 so‘m (QQS bilan);
    2-daraja – 700 so‘m (QQS bilan);
    3-daraja – 1000 so‘m (QQS bilan).
  • «Al-Chiroq» aksiyasi yutuqli o‘yin bosqichining sovrin jamg‘armasi:

1-daraja 2-daraja 3-daraja
Simli quloqchin Fitnes-braslet Apple iPad
Simsiz quloqchin Xiaomi uqalash qurilmasi TV pristavka
Simsiz quvvatlash qurilmasi Elektron kitob Xiaomi stol lampasi
Organayzer Raqamli tuner Mi Band 6
Mi monopodi TV-pristavka Televizor 32"
Aqlli budilnik Xiaomi elektr choynagi Elektr ustara
Termos Grafik planshet VR virtual reallik ko‘zoynagi
Powerbank Trimmer Xiaomi Wanbo proyektori
Ryukzak Robot-changyutgich Yandex.Stansiya Layt
Portativ akustika Xiaomi stabilizatori Samsung smartfoni
Fitnes-braslet Mi/Realme/Redmi smartfoni Mikroto‘lqinli pech
Elektron kitob Fotokamera Samsung plansheti
Tashqi HDD xotira Televizor 32" Logitech ovoz dinamiklari
Xiaomi Redmi Air simsiz quloqchini Panasonic saundbari Elektrosamokat
TV-pristavka Noutbuk Monoblok
Havo tozalagich Xiaomi Wi-Fi routeri Mi/Realme/Redmi smartfoni
Blender Samsung smartfoni Apple iPhone 12 4/64
1000 MBlik internet-to‘plam 2000 MBlik internet-to‘plam 5000 MBlik internet-to‘plam
O‘zbekiston bo‘ylab 1000 daqiqalik ovozli to‘plam O‘zbekiston bo‘ylab 2000 daqiqalik ovozli to‘plam O‘zbekiston bo‘ylab 3000 daqiqalik ovozli to‘plam


  • Sovrinlar/bonus to‘plamlari tasodifiy tarzda belgilanadi. Bunda foydalanuvchi sovrinlar/bonus to‘plamlaridan birini bir necha marta yutib olishi mumkin.
  • Sovrin jamg‘armasi toki Tashkilotchining omborida tugab qolgunicha ayni shu sovrinlar bilan to‘ldirib boriladi.
  • Yutuqli o‘yin tashkilotchisi – «First IT-Group» MChJ.
  • Sovrinlar «First IT-Group» MChJ tomonidan taqdim etiladi.
  • Yutuqli o‘yinda test raqamlari, «COSCOM» MChJ, «First IT-Group» MChJ xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari ishtirok eta olmaydilar.
  • Yutuqli o‘yinda «Al-Chiroq» aksiyasi qatnashchilari ishtirok etishlari mumkin.

QIMMATBAHO SOVRINLARNI/BONUS XIZMATLAR TO‘PLAMLARINI OLISH

  • Sovrin belgilanishi haqidagi ma’lumot ilova ichidagi tarixda saqlanadi.
  • Yutib olingan sovrinlar yutuqli o‘yin g‘oliblariga yetkazib berilmaydi. Sovrinlarni topshirish joyi haqidagi ma’lumot g‘oliblarga telefon orqali yoki SMS-xabarda yetkaziladi.
  • Sovrinning topshirilishi uchun topshirish joyiga yetib kelish va ortga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar g‘olibning zimmasida bo‘ladi.
  • Bonus xizmatlar to‘plamlari doirasidagi trafik foydalanuvchilarga belgilanish paytida abonent raqamiga taqdim etiladi.
  • Sovrinlar abonentga yutgani hamda sovrinni topshirish joyi haqida xabar berilganidan keyingi 30 taqvimiy kun davomida topshiriladi.
  • Moddiy sovrinlarni olish uchun g‘olib bo‘lgan foydalanuvchilar sovrinni olish paytida shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini ko‘rsatishlari, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning skanerlangan nusxasini taqdim etishlari hamda Tashkilotchi tomonidan taqdim etilgan Qabul qilish dalolatnomasini imzolashlari shart. Zarurat tug‘ilsa, Tashkilotchi sovrinlarni topshirish uchun boshqa kerakli hujjatlarni ko‘rsatish/taqdim etishni talab qilishi mumkin. Tashkilotchi, o‘z navbatida, taqdim etilgan hujjatlarning Operator bazasidagi mavjud ma’lumotlar bilan mos kelishini elektron pochta orqali so‘rov yo‘li bilan tekshiradi.
  • Tashkilotchi sovrinni Ishtirokchiga topshirishni rad etish huquqiga ega, agarda Ishtirokchi:
- mazkur qoidalarni va aksiya shartlarini buzsa;
- hujjatlarni taqdim etmasa;
- sovrinni topshirish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganini ko‘rsatuvchi harakat/harakatsizlik qilsa;
- Ishtirokchiga yutgani haqida xabar berilgan paytdan boshlab 30 taqvimiy kun davomida sovrinni olishdan yozma shaklda bosh tortsa;
- sovrinning topshirilishi haqidagi hujjatlarni imzolashdan bosh tortsa.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.