Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
Al Chiroq aksiyasi

Al Chiroq aksiyasi
Ucell abonentlari uchun eksklyuziv tarzda biz Al-Chiroq ilovasi doirasida aksiyasini joriy etdik: uning doirasida kuniga atigi 84 so‘m evaziga tarmoq ichida daqiqalar, SMS-to‘plamlar yoki megabaytlar taqdim qilinadi!


Afzalliklari


Har kuni daqiqalar, SMS va MB ega bo‘ling

Aksiya narxi kuniga atigi 84 so‘m!

Aksiyada ishtirok etish juda oson:

Qo‘shilish uchun quyidagilarni amalga oshirish kifoya:

Android yoki iOS uchun Ilovani yuklab olish va uni smartfonga o‘rnatish

Ucell telefon raqamini va unga SMS-xabar tarzida keluvchi kirish parolini ko‘rsatgan holda bosh sahifada ro‘yxatdan o‘tish.

Sehrli chiroqni ishqalab, keyin raqam hisobiga bir lahzadayoq qaysi sovg‘a o‘tkazilishini ekranda ko‘rish!


Al-Chiroq ilovasini yulab oling va o‘rnating


 

iOS uchun

 
 

Android uchun

 

Aksiyada ishtirok etish narxi va aksiyani boshqarish


Abonent to’lovi

Kuniga 84 so‘m

Aksiyani boshqarish

«Al-Chiroq» mobil ilovasida

Limitlar qoldig'ini tekshirish uchun

*467#, *151# tering

Shartlar
  • Aksiya faqat Prepaid abonentlari uchun amal qiladi.
  • Aksiya amal qilish muddati 23.05.2020 dan 25.12.2020 gacha.
  • Akisya doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

Xizmat nomi Amal qilish muddati
1 Internet-to’plam 100 MB 1 kun
2 Internet-to’plam 200 MB 1 kun
3 Internet-to’plam 500 MB 1 kun
4 SMS-to’plam 100. 1 kun
5 SMS-to’plam 200. 1 kun
6 SMS-to’plam 500. 1 kun
7 Tarmoq ichida 100 daqiqa 1 kun
8 Tarmoq ichida 200 daqiqa 1 kun
9 Tarmoq ichida 500 daqiqa 1 kun

 
  • Xizmatlar tasodifiy tartibda belgilanadi.
  • Bir kunda faqat bitta xizmat belgilanishi mumkin.
  • Barcha xizmatlar belgilanib tugatilgunicha, ro‘yxatdagi har bir xizmat faqat 1 marta belgilanadi. Keyin esa xizmatlar belgilanishining qayta sikli boshlanadi.
  • Xizmatlar doirasidagi limitlar yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan amal qilish muddati bilan faqat bir kun belgilanadi.
  • Xizmatlarni taqdim etish shartlari bilan ucell.uz saytining tegishli sahifalarida tanishish mumkin.
  • Aksiya shartlari va nizomi bilan bu yerda tanishish mumkin.
  • «Kunlik SMS-to‘plamlar» bekor qilinganida Al-Chiroq doirasidagi SMS bekor qilinadi.
  • Al-Chiroq aksiyasi doirasidagi internet-xizmatlarning to‘g‘ri ishlashi uchun, agar internet-to‘plamni faollashtirish paytida internet ishlayotgan bo‘lsa, uni uzib turish va keyin boshqatdan ulash lozim.
  • “Kunlik internet-to‘plamlar” va “Haftalik internet-to‘plamlar”ni bekor qilishda Al-Chiroq aksiyasi doirasidagi MBlar nolga teng bo‘ladi.
  • "Al-Chiroq" ilovasida ilk bor ro'yxatdan o'tishda, abonent raqamiga "Kunlik internet-to'plam 100 MB" belgilanadi. Abonent raqami qaytadan "Al-Chiroq" ilovasida ro'yxatdan o'tganida "Kunlik internet-to'plam 500 MB" belgilanmaydi.
  • Quyidagi xizmatlardan biri faollashtirilganida xizmatlar to‘plami sarflanmasligi mumkin: “Tungi internet”, “Cheksiz internet-to‘plamlar”, “Oylik 4G internet-to‘plamlar”, “Tungi internet-to‘plamlar”, “Internet Mega BOOM”, “Bolalar uchun”, “Maksimal internet”, “iTV online kinoteatri” va aksincha.
  • Mobil ilova ichida reklama mavjud.
  • "Special" tarif rejasida belgilangan MB ko'rinishidagi bonuslar, mazkur tarif rejalari doirasida taqdim etilgan Internet-trafik tugaganidan keyin sarflanadi;
  • "Special", "Active 40", "Active 60", "Active 90", "Yaxshi kayfiyat", "Zo'r kayfiyat", "A'lo kayfiyat" tarif rejalaridagi abonentlarga belgilangan daqiqalar ko'rinishidagi bonuslar, mazkur tarif rejasi doirasida taqdim etilgan daqiqalar tugaganidan keyin sarflanadi

Mos kelmaydigan xizmatlar ro'yxati:
  • «Special Unlim» tarif rejasida: «tarmoq ichida 100 daq», «tarmoq ichida 200 daq», «tarmoq ichida 500 daq».
  • «Uchar internet», Special Unlim va Drive tariflarida: «Internet-to‘plam 100 MB», «Internet-to‘plam 200 MB», «Internet-to‘plam 500 MB».

- Limitlar qoldig‘ini tekshirish uchun *467# tering va yangi xizmatlar uchun *151# tering. *467# va *151# orqali MBlar qoldig‘ini tekshirishda faqat internet-sessiya to‘xtatilgan vaqtgadi qoldiqlar ko‘rsatiladi.

«COSCOM» MChJ va «First IT Group» MChJ hamkorligidagi «Al-chiroq» aksiyasi ishtirokchilari orasidagi «Al-chiroq» sovrinli tanlovi tartibi

1. UMUMIY QOIDALAR:
1.1. Tanlov Tashkilotchisi: «First IT Group» MChJ
1.2. Tanlov «Al-chiroq» aksiyasi ishtirokchilari orasida o‘tkaziladi;
1.3. Tanlov ochiq bo‘lib, mazkur Qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi;
1.4. Tanlovning o‘tkazilish vaqti: 25.05.2020 dan to 25.12.2020 gacha (shu kunlari ham);
1.5. Tanlov natijalarining e’lon qilinishi: 28.12.2020 sanasidan kechiktirmasdan;
1.6. Tanlovda «COSCOM» MChJ va «First IT Group» MChJ xodimlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

2. TANLOVDA QATNASHISH SHARTLARI:
2.1. Tanlovda qatnashish uchun, Ishtirokchi quyidagi shartlarni bajarishi lozim:
A) «Al-Chiroq» mobil ilovasini (faqat Android va iOS uchun) yuklab olish va o‘rnatish;
B) Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish;
C) Aksiyada ishtirok etishga obuna bo‘lish;
D) Mobil ilovadan foydalana boshlash.

3. TANLOV SOVRININI OLISH SHARTLARI VA TARTIBI:
3.1. Tanlovning har bir Ishtirokchisi Tanlov g‘oliblari ro‘yxati bilan www.ucell.uz saytida tanishish imkoniga ega bo‘ladi;
3.2. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash Tashkilotchi ixtiyoriga ko‘ra bo‘lib o‘tadi, sovrinni G‘olibga topshirish joyi haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi;
3.3. Tanlov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida Tashkilotchi g‘oliblar bilan telefon orqali / shaxsiy xabar vositasida bog‘lanishi va unga Tanlovdagi g‘alabasi haqida ma’lum qilishi hamda sovrinni topshirish vaqti va joyi, shuningdek shartlari haqida xabar berishi lozim;
3.4. Tanlov tugaganidan keyin 30 kungacha (shu kuni ham) Tanlov g‘olibi har qanday sababga ko‘ra sovrinni olishni talab qilmasa yoki rad etsa, u holda Tanlov sovrini berilmaydi va kelajakda Tashkilotchi tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etilishi mumkin;
3.5. Tanlov natijasi e’lon qilingan paytdan keyingi 10 kun davomida Tashkilotchi g‘olib bilan bog‘lanib, unga Tanlovdagi g‘alabasini ma’lum qiladi va tegishli sovrinni olish uchun taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini, shuningdek, sovrinni g‘olibga topshirish joyi va vaqtini hamda shartlarini aniqlashtirib oladi;
3.6. Sovrinni yutib olgan g‘olib, Tanlov natijalari e’lon qilingan paytdan 30 kundan kechiktirmasdan, Tashkilotchiga so‘ralgan barcha (3.9-band ) hujjatlarni taqdim etishi shart;
3.7. Pasport ma’lumotlarining mobil telefon raqami ro‘yxatga olingan jismoniy shaxs ma’lumotlariga mos kelmasligi, yoki taqdim etilish shartlari ushbu Qoidalarning 3.10-bandida ko‘rsatilgan va sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning amal qilish muddati to‘g‘ri kelmasligi, shuningdek, kerakli hujjatlarni Tanlov natijalari e’lon qilingan paytdan keyin 30 kungacha bo‘lgan muddatda taqdim etmaslik hollarida, sovrin G‘olib tomonidan talab qilinmagan deb hisoblanadi va Tashkilotchi uni berishni rad etishga haqli. Bunda sovrin g‘olib tomonidan qayta talab etilishi mumkin emas;
3.8. O‘zbekistonning hududlaridan birida yashovchi G‘olibning sovrini unga eng yaqin bo‘lgan hududiy “COSOM” MChJ ofisiga jo‘natiladi. Sovrinni olish uchun G‘olib so‘ralgan barcha (3.9 -band) hujjatlarni taqdim etishi shart;
3.9. Sovrinni topshirishda, barcha soliqlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq to‘lov manbayidan to‘lanadi. Shu bilan bog‘liq holda, G‘olib sovrinni olish uchun Kompaniyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
· G‘olib pasportining asli (tekshirish uchun) va nusxasi;
· G‘olib STIR guvohnomasining asli (tekshirish uchun) va nusxasi;
· Sovrinni olganligini G‘olib, sovrinni qabul qilib olganligi haqidagi Tilxat bilan tasdiqlaydi.
3.10. Tashkilotchi quyidagi holatlarda Ishtirokchiga sovrinni berishni rad etishga haqli:
- Ishtirokchilar tomonidan mazkur Qoidalar talablari buzilganida:
- hujjatlar taqdim etilmaganida;
- Ishtirokchining sovrinni topshirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishiga guvohlik beruvchi harakatsizligi/harakatlari holatida;
- Viktorina tugagan paytdan boshlab 30 taqvimiy kun davomida Ishtirokchi sovrinni olishni rad etganligi haqida yozma shaklda raddiya berganida;
- agar Ishtirokchi sovrinni topshirish haqidagi hujjatlarni imzolashdan bosh tortsa;
3.11. Sovrinlar almashtirib berilmaydi, pul ekvivalenti to‘lanmaydi.
3.12. G‘oliblar TASHKILOTCHI va «COSCOM» MChJga o‘z ismi, familiyasi va boshqa ma’lumotlarini, shuningdek o‘z fotosuratini o‘zlari g‘olib bo‘lgan aksiya bilan bog‘liq har qanday ijtimoiy-reklama faoliyatida, ularga qandaydir boshqa taqdirlash yoki foyda taqdim etmasdan turib (olingan sovrinni topshirish bundan mustasno) foydalanish uchun ruxsat beradilar. G‘oliblar reklama intervyularida, aksiyaning reklamasi maqsadlaridagi fotosyomka va/yoki videosyomkalarda qatnashishga rozilik beradilar. Ishtirokchilar aksiyaning amal qilish muddatidan tashqari keyingi xizmatlar haqida TASHKILOTCHI va «COSCOM» MChJ tomonidan (SMS yoki istalgan boshqa aloqa vositasi orqali) xabardor qilinishlari mumkin.

4. TANLOVNING O‘TKAZILISH TARTIBI:
4.1. Tanlovda «Al-Chiroq» ilovasining barcha ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilari ishtirok etadilar;
4.2. G‘oliblar kontent-provayder tomonidan tasodifiy tarzda tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlanadi va tekshiruvga “COSCOM” MChJga yuboriladi.
4.3. Agar tanlangan raqam “COSCOM” MChJ xodimi yoki uning yaqin qarindoshiga tegishli bo‘lmasa, kontent-provayder xodimlari sovrinni g‘olibga topshiradilar.
4.4. Tanlov 4 (to‘rt) bosqichda bo‘lib o‘tadi:
4.5. 1-bosqich.
4.5.1. «Al-Chiroq» ilovasida 25.08.2020 dan to 25.09.2020 sanasigacha ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar (Ucell abonent raqamlari) ro‘yxati yuklanadi.
4.5.2. G‘olib olingan ro‘yxatdagilar (4.3.1-bandga qarang) orasidan tasodifiy sonlar generatori (www.random.org) yordamida 28.09.2020 sanasigacha aniqlanadi.
4.6. 2-bosqich.
4.6.1. «Al-Chiroq» ilovasida 25.09.2020 dan to 25.10.2020 sanasigacha ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar (Ucell abonent raqamlari) ro‘yxati yuklanadi.
4.6.2. G‘olib olingan ro‘yxatdagilar (4.4.1-bandga qarang) orasidan tasodifiy sonlar generatori (www.random.org) yordamida 28.10.2020 sanasigacha aniqlanadi.
4.7. 3-bosqich.
4.7.1. «Al-Chiroq» ilovasida 25.10.2020 dan to 25.11.2020 sanasigacha ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar (Ucell abonent raqamlari) ro‘yxati yuklanadi.
4.7.2. G‘olib olingan ro‘yxatdagilar (4.5.1-bandga qarang) orasidan tasodifiy sonlar generatori (www.random.org) yordamida 27.11.2020 sanasigacha aniqlanadi.
4.8. 4-bosqich.
4.8.1. «Al-Chiroq» ilovasida 25.11.2020 dan to 25.12.2020 sanasigacha ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar (Ucell abonent raqamlari) ro‘yxati yuklanadi.
4.8.2. G‘olib olingan ro‘yxatdagilar (4.6.1-bandga qarang) orasidan tasodifiy sonlar generatori (www.random.org) yordamida 28.12.2020 sanasigacha aniqlanadi.
4.9. Har bir bosqich uchun bittadan g‘olib, jami 4 nafar g‘olib aniqlanadi.
4.10. G‘oliblarga quyidagi sovg‘alar topshiriladi:

G‘olib bosqichi Sovrin nomi Soni
1 - bosqich Xiaomi smartfoni 1 dona
2 - bosqich Xiaomi smartfoni 1 dona
3 - bosqich Xiaomi smartfoni 1 dona
4 - bosqich Apple iPhone 11 Pro smartfoni 1 dona

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.