Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
Yangi – «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati

Yangi – «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati

Xizmat uchun oylik to‘lanuvchi chiroyli raqamlar

Endi «Doimiy» va «Sof» tizimlari tarif rejalariga yangi ulanishda abonentlar «Gold», «Platinum», «VIP», «Lux», «Lux+», «Special+» va «Privilege» toifali chiroyli raqamlarni muddatli to‘lovga olishlari mumkin.

Chiroyli raqamlar soni cheklangan.

Raqam toifalari Raqam narxi (so‘m) Xizmat uchun
oylik to‘lov (so‘m)
To‘lov muddatlari
Gold 250 000 25 000 Xizmat uchun 12 ta oylik to‘lov
Platinum 500 000 50 000
VIP 1 000 000 100 000
Lux 3 000 000 300 000
Lux+ 5 000 000 500 000
Special+ 10 000 000 1 000 000
Privilege 20 000 000 2 000 000
Lux+ 5 000 000 300 000     Xizmat uchun 24 ta oylik to‘lov
Special+ 10 000 000 600 000
Privilege 20 000 000 1 200 000

Xizmat shartlari
  1. Xizmat faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimining «Doimiy» va «Sof» tizimlar tarif rejalariga yangi ulanishda amal qiladi.
  2. Mazkur xizmat doirasida chiroyli raqamlarni dilerlik nuqtalarida yoki Kompaniya ofislarida ulatish mumkin.
  3. Xizmat bo‘yicha chiroyli raqamni ulatishda, Ucell tarmog‘iga ulanish narxi va qoidalari ulanish payti amalda bo‘lgan qoidalarga mos bo‘ladi.
  4. «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmatini ulatishda, tanlangan chiroyli raqam toifasining to‘liq qiymati abonent hisobidan yechib olinmaydi, to‘lovning yechilishi xizmat shartlariga ko‘ra «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik asosda to‘lov qilish shartlariga muvofiq tarzda amalga oshadi.
  5. Xizmat doirasida «Gold»dan «Privilege»gacha toifalardagi chiroyli raqamlar ishtirok etadi.
  6. Mazkur xizmat doirasida chiroyli raqamlarni ulatgan abonentlar uchun to‘liq to‘lovni amalga oshirguniga qadar «Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish» va «Raqamni saqlab qolish» xizmatlari amal qilmaydi. Xizmat shartlari to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
  7. «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati doirasidagi oylik to‘lovlar qiymat va muddatlari:
    Raqam toifasi Xizmat uchun oylik to‘lov
    (so‘m)
    To‘lov muddatlari
    Gold 25 000 Xizmat uchun 12 ta oylik to‘lov
    Platinum 50 000
    VIP 100 000
    Lux 300 000
    Lux+ 500 000
    Special+ 1 000 000
    Privilege 2 000 000
    Lux+ 300 000     Xizmat uchun 24 ta oylik to‘lov
    Special+ 600 000
    Privilege 1 200 000
  8. Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun har bir oylik to‘lov 1 oy uchun to‘lov hisobida qabul qilinadi. Xizmat shartlarining bajarilishi uchun abonent hisobidan abonent tanlagan opsiya hamda chiroyli raqam toifasiga muvofiq holda xizmati uchun 12 yoki 24 marta oylik to‘lov yechilishi kerak. Mazkur shart bajarilguniga qadar abonent xizmat shartlarini bajarmagan xizmat foydalanuvchisi hisoblanadi.
  9. Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik to‘lovning yechilish sanasi ulanish vaqtida xizmat uchun to‘lov yechilgan sana hisoblanadi, masalan:
    • Agar abonent xizmatga 24-sanada ulangan va shu kuni xizmat bo‘yicha to‘liq (oylik) to‘lov qiymatini to‘lagan bo‘lsa, shart bajarilgan hisoblanadi va «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati bo‘yicha navbatdagi oylik to‘lov keyingi oyning 24-sanasida yechiladi.
    • Agar abonent xizmatga 31-sanada ulangan shu kuni xizmat bo‘yicha to‘liq (oylik) to‘lov qiymatini to‘lagan bo‘lsa, shart bajarilgan hisoblanadi va «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati bo‘yicha navbatdagi oylik to‘lov keyingi oyning 30-sanasida, fevral oyining 28/29-sanasida (agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida) yechiladi.
  10. Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati uchun oylik to‘lov yechilishi:
    • Xizmat uchun ilk oylik to‘lov, agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, ulanishning birinchi kuni yechiladi.
    • Xizmatni ulatib, ammo barcha tegishli to‘lovlar (tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi va «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati bo‘yicha oylik to‘lov) ikki kun davomida to‘liq hajmda amalga oshirilmasa, u holda raqam tizimdan o‘chirilib, Shartnoma bir tomonlama tartibda bekor qilinadi. Har qanday sababga ko‘ra abonent raqami tizimdan o‘chirilib, «COSCOM» MChJ (Ucell SB) tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bekor qilinsa, ulanish paytidagi amalga oshirilgan to‘lov qaytarib berilmaydi.
    • Xizmat bo‘yicha oylik to‘lov qarzga yechilmaydi.
    • «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati bo‘yicha navbatdagi oylik to‘lovning yechilishi har oyda, soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Abonentning «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmatiga ulanish sanasi (ulanish kunida «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati bo‘yicha oylik to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa) mazkur xizmat uchun oylik to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi.
    • Agar xizmat bo‘yicha oylik to‘lovni yechish paytida abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda abonent raqami bloklanadi. Tarif rejasi hamda qo‘shimcha to‘plamlar bo‘yicha limitlardan (agar mavjud bo‘lsa) foydalanish imkoni bo‘lmaydi. Toki hisobda xizmat bo‘yicha abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagunicha xizmat bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi.
    • Xizmat uchun abonent to‘lovini to‘liq undirish uchun balans yetarli miqdorga to‘ldirilganda oylik abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Xizmat uchun abonent to‘lovi yechib olingandan so‘ng abonent raqami faol holatga o‘tadi. Bundan tashqari, abonent to‘lovi “Chiroyli raqam bo‘lib-bo‘lib” xizmati ulangan kundan boshlab 1 oy ichida ulangan sanaga ko‘ra yechib olinadi.
    • «Muddatli to‘lovga chiroyli raqam» xizmati bo‘yicha oylik to‘lov to‘lanmasa, abonent ko‘pi bilan 60 kun Bloklangan holatda bo‘lishi mumkin. Agarda bloklangan paytidan boshlab 60 kun mobaynida abonent raqami Faol holatga o‘tkazilmasa, u holda abonent bilan tuzilgan «COSCOM» MChJ tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.
  11. Xizmat bo'yicha abonent to'lovining yechilishlari sonini tekshirish uchun *120# USSD raqamini terib, front-ofis operatoriga yoki Kompaniyaning aloqa markaziga murojaat qilib bilish mumkin.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.