Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
“Kombo” xizmatlar to‘plamlari

“Kombo” xizmatlar to‘plamlari


- bu yoqimli narxdagi xizmatlarning ajoyib birikmasi.

Bitta abonent to‘lovi evaziga birdaniga ikkita xizmatni faollashtiring!

Faollashtirish: *363#

Xizmatlar to‘plamining kunlik opsiyasi Kunlik abonent to‘lovi 30 kunlik xizmatlar to‘plami Faollashtirish narxi
«Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Raqamni yashirish» 450 so‘m «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Raqamni yashirish» 7900 so‘m
«Ovozli pochta» и «Raqamni yashirish» 450 so‘m «Ovozli pochta» и «Raqamni yashirish» 7900 so‘m
«Q‘ong‘iroqlar filtri» va «SMS-filtr» 590 so‘m «Q‘ong‘iroqlar filtri» va «SMS-filtr» 12900 so‘m
«Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Kunlik SMS-to‘plam 20» 890 so‘m «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Oylik SMS-to‘plam 50» 5900 so‘m
«Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Kunlik SMS-to‘plam 30» 1090 so‘m «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Oylik SMS-to‘plam 150» 7900 so‘m
«Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Kunlik SMS-to‘plam 50» 1510 so‘m «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Oylik SMS-to‘plam 500» 13900 so‘m
  • Xizmatlar

    "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi"
    "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" xizmati orqali telefoningiz o‘chirilgan yoki xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lgan vaqtda sizga kim qo‘ng‘iroq qilganidan xabardor bo‘lasiz.

    Telefoningiz qandaydir vaqt davomida o‘chirilgan yoki xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lgan bo‘lsa, unda yana tarmoqda paydo bo‘lishingiz bilan siz quyidagi ma‘lumotga ega SMS xabarni olasiz:
    • o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlarning umumiy soni;
    • har bir raqam bo‘yicha alohida qoldirilgan qo‘ng‘iroqlarning soni;
    • so‘nggi qo‘ng‘iroq qilgan raqamlarning vaqti va sanasi.
    Kiruvchi SMS-xabar namunasi:
    Sizda javobsiz qo‘ng‘iroq bor. Abonent +998YYxxxxxxx sizga "x"ta qo‘ng‘iroq qildi, oxirgi marta "lastcalltime"da.

    (bu yerda: х – umumiy chaqiruvlar soni, lastcalltime – so‘nggi qo‘ng‘iroq vaqti).
    Diqqat! Agar telefonda "Xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida" holatida boshqa raqamga yo‘naltirish yoqilgan bo‘lsa, bu xizmat ishlamaydi.


    Men aloqadaman!"
    Ucellning "Men aloqadaman!" xizmati siz xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lganda yoki telefoningiz o‘chiq bo‘lganda sizga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmagan abonentlarga siz aloqaga chiqqaningizda bu haqida SMS-xabar olish imkoniyatini beradi.

    "Men aloqadaman" xizmatidan foydalanish uchun abonentda "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.
    Mazkur xizmat doirasidagi SMS-xabarlar faqat Ucell abonentlariga jo‘natiladi.

    Ovozli Pochta
    VMS (Voice Mail Service – Ovoz Pochtasi Xizmati) – Ucell abonentlariga ovozli va video xabarlarni yo‘llash, qabul qilish, eshitib ko‘rish imkonini beradi.
    VMS xizmati yordamida siz telefoningiz o‘chirilgan, band yoki xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa ham bironta qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormaysiz!

    VMS – oddiy avtomatik javob beruvchidan afzalroq!

    VMS xizmatidan qanday foydalanish mumkin?
    Sizga bu xizmatdan foydalanish qulay va oson bo‘lishi uchun quyidagi imkoniyatlar majvud:
    • Ovozli menyu – 9977 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Xizmatni sozlash va undan foydalanish jarayonida maxsus tanlangan ovozli yordam tizimi orqali o‘zingizga qulay qilib sozlashingiz mumkin. Ovozli menyudagi yo‘riqnomalarga rioya qilib, telefoningizning kerakli tugmalarini bosing.
    • Ovozli xabarlarni shaxsiy kabinet orqali boshqarish - https://vms.ucell.uz. Parolni olish uchun, 9977 raqamiga bo‘sh SMS yuboring.
    ESLATMA: Agar siz O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, Ucell rouming-hamkorlari xizmatlaridan foydalansangiz, VMS xizmatiga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar (kiruvchi va chiquvchi) rouming tariflari asosida narxlanadi.
    Rouming bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlarning oldini olish uchun, agar siz O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Ucell SIM-kartasidan foydalanmasangiz, Kompaniya sizga quyidagilarni tavsiya etadi:
    • Mamlakatdan chiqishdan oldin kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishning har qanday turini o‘chirib tashlang (USSD-so‘rovlar orqali: ##67# – bandligingiz sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##62# – aloqa yo‘qligi  sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##61# – javob bo‘lmaganligi sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish);
    • Ovozli pochta va Dinamik ovozli pochta xizmatlarini (*977*3*2# va *977*4*2# USSD-so‘rovlari orqali) o‘chiring;
    • Rouming xizmati o‘chirilganligiga (*155*3# USSD-so‘rovi orqali) ishonch hosil qiling;
    • Rouming xizmati faol bo‘lgan hollarda chet el operatori tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tmang. Rouming xizmati faol bo‘lmagan holda, roumingda hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi.


    Raqamni yashirish
    Ucell abonentlari uchun ushbu xizmat qo‘ng‘iroq vaqtida shaxsiy raqamlarini qo‘ng‘iroq qilinayotgan abonentning mobil telefoni displeyida ko‘rsatmaslik imkonini beradi. Qo‘ng‘roq qilinayotgan abonentning mobil telefoni displeyida "Raqam aniqlanmagan" yoki  qurilma modeli sozlamalariga muvofiq boshqa yozuv ko‘rinadi.


    Kunlik SMS-to‘plamlar
    Kunlik SMS-to‘plamlar doirasida Ucell abonentlariga muloqotda bo‘lish uchun ma’lum miqdorda O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab chiquvchi SMSlar taqdim etiladi.
    • To‘plamlardan biriga ulanishda avval faollashtirilgan to‘plam avtomatik tarzda o‘chiriladi, bunda sarflanmagan SMSlar yangi SMS-to‘plamdagi SMSlar soniga qo‘shiladi;
    • SMS-xabarlar miqdori ulangan to‘plamdan kelib chiqqan holda taqdim etiladi;
    • Xizmat doirasida taqdim etilgan SMS-xabarlar O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab barcha yo‘nalishlarga sarflanishi mumkin;
    • Kun davomida ishlatilmay qolgan SMS-xabarlar qoldig‘i keyingi taqdim etilgan kunlik SMS-xabarlar bonusiga qo‘shiladi;
    • Kunlik SMSlar 30 kunlik foydalanish muddati bilan taqdim etiladi;
    • Ishlatilmay qolgan SMS-xabarlarning qo‘shib berilishi muddati – xizmatga ulangan vaqtdan boshlab 30 kun;
    • Agar "Kunlik SMS-to‘plamlar" xizmati doirasida berilgan SMS-xabarlarning kundalik miqdori to‘la sarflangan bo‘lsa, kun davomidagi keyingi chiquvchi SMS-xabarlar tarif rejasiga muvofiq tariflanadi;
    • Bir vaqtning o‘zida "Kunlik SMS-to‘plamlar" xizmati ulangan va oylik SMS-to‘plamlardan biri faollashtirilgan bo‘lsa, avval "Kunlik SMS-to‘plamlar" xizmati doirasidagi SMS-xabarlar sarflanadi;
    To‘plamlardan istalgan biri o‘chirilsa, avvalgi belgilangan va ishlatilmagan SMSlar o‘chib ketadi.


    SMS-to‘plamlar
    SMS-to‘plamlarni quyidagi holatlarda xarid qilib bo‘lmaydi:

    50 SMS - agar promo-balansingizda 5950 dan ortiq SMS-xabar bo‘lsa;
    150 SMS - agar promo-balansingizda 5850 dan ortiq SMS-xabar bo‘lsa;
    500 SMS - agar promo-balansingizda 5500 dan ortiq SMS-xabar bo‘lsa;

    Abonentning promo-balansida ko‘pi bilan 6000 ta bepul SMS-xabar bo‘lishi mumkin.


    Qo‘ng‘iroqlar filtri
    "Qo‘ng‘iroqlar filtri" xizmati Qora ro‘yxatga kiritilgan raqamlardan kelayotgan qo‘ng‘iroqlarni bloklash yoki Oq ro‘yxatga kiritilgan raqamlardan boshqa barcha raqamlarni bloklash imkoniyatini beradi.

    Agar bloklangan abonent sizga qo‘ng‘iroq qilishga urinsa, u "Chaqirilayotgan abonent hozir javob bera olmaydi" degan xabarni oladi.
    • Qora ro‘yxatni ishga tushirganda, ushbu ro‘yxatdagi abonentlar sizga qo‘ng‘iroq qila olmaydilar.
    • Oq ro‘yxat ishga tushirilganda, ushbu ro‘yxatga kiritilgan abonentlardan boshqa hech bir abonent sizga qo‘ng‘iroq qila olmaydi.


    SMS Filtr – Qora ro‘yxat
    "SMS Filtr – Qora ro‘yxat" xizmati Qora ro‘yxatga kiritilgan Ucell abonentlari raqamlaridan kiruvchi SMS-xabarlarni taqiqlash imkoniyatini beradi.

    Raqamni xizmatning Qora ro‘yxatiga qo‘shish
    Xizmatni faollashtirganingizdan so‘ng, "SMS Filtr" xizmatinig Qora ro‘yxatiga siz tegishli abonentdan SMS-xabarlarni qabul qilishni istamagan abonent raqamini kiritishingiz mumkin. Buning uchun, 324 qisqa raqamiga (qavslar va qo‘shtirnoqlarsiz) "(mamlakat kodi)(operator kodi)abonent raqami"matnli SMS-xabar jo‘natishingiz lozim.

    "SMS Filtr" xizmatinig Qora ro‘yxatiga 30 tagacha raqam kiritish mumkin.
    Qora ro‘yxatdan raqamni o‘chirish
    Avval "SMS Filtr" xizmatining Qora ro‘yxatiga kiritilgan abonent raqamini ro‘yxatdan o‘chirish uchun, 324 qisqa raqamiga (qavslar va qo‘shtirnoqlarsiz) "del(mamlakat kodi)(operator kodi)abonent raqami"matnli SMS-xabar jo‘natishingiz lozim.

    Qora ro‘yxatga kiritilgan raqamlar ro‘yxatini 324 raqamiga bo‘sh SMS-xabar jo‘natish orqali olish mumkin.

    324 qisqa raqamiga SMS-xabar jo‘natish narxi – 0 so‘m.

    Diqqat! Matni tarkibi ma‘lumot va xabarlardan tashkil topgan SMS-tarqatmalarni "SMS Filtr-Qora ro‘yxat" xizmati orqali taqiqlab bo‘lmaydi.
    "SMS Filtr" xizmatining Qora ro‘yxatiga faqatgina raqamlarni kiritish imkoniyati bor.
    Qora ro‘yxatga faqat Ucell abonentlari raqamlarini kiritish mumkin. 
  • Shartlar

    • Xizmatlar to‘plamlari faqat haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari uchun amal qiladi.

    • Xizmatlar to‘plamlarining kunlik opsiyasidan foydalanganlik uchun abonent to‘lovi har kuni yechib olinadi.

    • Agarda xizmatlar to‘plamlarining kunlik opsiyasining avtomatik belgilanish vaqtida abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda ulangan to‘plamga muvofiq holda tegishli miqdor yechib olinadi, abonent raqami esa Bloklangan holatga o‘tadi.

    • Agar xizmat ulangan va abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, xizmatlar to‘plamlarining kunlik opsiyasi uchun to‘lov amalga oshirilmaydi va xizmat taqdim etilmaydi, shuningdek, keyingi 29 kun mobaynida mablag‘ yechishga urinish amalga oshiriladi. Agar ushbu muddat mobaynida mablag‘ yechilishi amalga oshirilmasa, u holda xizmat o‘chiriladi.

    • Xizmatlar to‘plamlarining oylik opsiyasi 30 kunga belgilanadi.

    • Hisobda to‘plam haqini to‘lashga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, xizmatlar to‘plamlarining oylik opsiyalari belgilanmaydi.

    • Xizmatlar to‘plamining oylik opsiyasi ulanganidan keyin 30 kun o‘tgach, xizmatlar o‘chiriladi va davom ettirish uchun abonent xizmatlar to‘plamining oylik opsiyasini qaytadan ulatishi kerak bo‘ladi.

    • Agar abonentda quyidagi xizmatlardan biri faollashtirilgan bo‘lsa, «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Ovozli pochta» xizmatlarining kunlik yoki oylik opsiyasini o‘z ichiga oluvchi xizmatlar to‘plamlarini ulab bo‘lmaydi: «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmatining kunlik opsiyasi, 30 kunlik «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» xizmati, «Ovozli pochta», «Dinamik ovozli pochta», «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi» va «Ovozli pochta» xizmatlarini o‘z ichiga oluvchi xizmatlar to‘plamlarining kunlik va oylik opsiyalari; va aksincha.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.