Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
Uydan chiqmasdan raqam ulating

Uydan chiqmasdan raqam ulating

Ucell siz haqingizda qayg‘uradi va qo‘shimcha qulayliklar yaratishda davom etadi.
Endi Kompaniya ofislariga yoki dilerlik shoxobchalariga borib yurish shart emas. Siz uydan chiqmasdan turib, osongina raqam ulatishingiz mumkin.

SIM-kartani yetkazib yangi ulanishni rasmiylashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  +99893 1303030 (Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun), +99893 1404040 (boshqa viloyatlar uchun), +99893 180 0000, 8123 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling

  ucell.uz saytida "Raqam tanlash" xizmatidan foydalanish.

+99893 1303030, +998931404040 raqamlariga ish kunlari 9:00 – 18:00 da qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

*Ucell abonentlari uchun +99893 1303030, +998931404040 raqamlariga qo‘ng‘iroqlar narxlanmaydi.


Ulanish shartlari
  • Buyurtmani rasmiylashtirish paytida abonent o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasini to‘g‘ri ko‘rsatishi shart. Agarda ma’lumotlar hujjatning aslidagiga mos kelmasa, raqam ulanmaydi.
  • SIM-kartani yetkazib berish muddati 3 kalendar kunigacha bo‘lishi mumkin. Zarurat tug‘ilsa, abonent bilan qayta bog‘lanishadi va yetkazib berish muddatini xabar qilishadi.
  • Belgilangan raqamli SIM-kartani rasmiylashtirishda, raqam buyurtma qilinayotganida shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan abonentning shaxsan o‘zi, hujjatning asli bilan ishtirok etishi shart.
  • "Masofadan turib ulanish" xizmati doirasida raqamni yetkazib berishda faqatgina "Special", "Special+" tariflar tizimlari va "Istalgan raqam" aksiyasi bo‘yicha tariflarga ulanish mumkin.
  • Raqamning faollashtirilishi SIM-karta yetkazib berilganidan keyin ish kunining oxirigacha amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot
Ucell abonenti bo‘lish uchun abonent operatorga doimiy yoki vaqtinchalik propiskaga ega bo‘lgan amal qilish muddati tugamagan quyidagi hujjatlardan birining asl nusxasini shaxsan taqdim etishi lozim:
  • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti;
  • chet el fuqarosi pasporti;
  • ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma + № 33 shakl (shartnoma bo‘yicha xizmat o‘tayotgan shaxslar va harbiylar uchun);
  • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, chet el fuqarolarining O‘zbekistonda yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat;
  • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki xorijga chiquvchi hujjat;
  • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi ID-kartasi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.